Salomatlik Salomatlik 5 kun ichida vazn yo‘qotishga yordam beradigan 5 ta maslahat

5 kun ichida vazn yo‘qotishga yordam beradigan 5 ta maslahat

O'qildi: 268


5 kun ichida vazn yo‘qotishga yordam beradigan 5 ta maslahat

Bir haftadan kamroq vaqt ichida vazn kamaytirish imkonsiz bo‘lib tuyilsa-da, aslida 5-7 kun ichida ortiqcha 3-5 kilogrammni yo‘qotish mumkin. Marie Claire nashri tez vazn kamaytirishning sirlari bilan bo‘lishdi.

Foto: Marie Claire

Sport bilan shug‘ullanishdan avval qahva ichish

Albatta, sport murabbiylari imkon qadar foydali narsalarni maslahat beradi. Masalan, mashg‘ulot boshlanishidan bir soat oldin bir stakan qahva ichish. Ushbu tadbirdan maqsad mashqlar samaradorligini oshirishdir. Qahva organizmni energiya bilan ta’minlaydi. Shundan so‘ng har qanday inson odatdagidan ko‘proq harakat qiladi, natijada shunga yarasha kaloriya sarflaydi.

12 soat davomida ovqatlanmaslik

To‘g‘ri, bu unchalik oson emas, lekin haqiqatan ham ish beradi. Oziq-ovqatsiz 12 soat aslida unchalik ko‘p vaqt emas, ammo ta’sir juda sezilarli. Bundan tashqari, ochlik asosan uxlash paytiga to‘g‘ri keladi. Demak, kechki ovqat va nonushta orasida 12 soat ovqat yemaslik kifoya. Birinchi 6 soat hushyorlikni talab qiladi

Organizm dastlabki 8 soatni mavjud bo‘lgan ovqatni hazm qilishga, qolgan 4 soatni organizmni zararsizlantirishga sarflaydi, bu vaqtda yog‘ erishi ham sodir bo‘ladi. Yodda bo‘lsin, hatto yotishdan oldin kichik bir gazak ham natijani o‘zgartirib yuborishi, ya’ni bu ovqat hazm qilish uchun ko‘proq vaqt talab etishi va kerak bo‘lgan oxirgi bosqich sodir bo‘lmasligi mumkin.

Chuqur uyqu

Uzoq va chuqur uyqu organizmdagi gormonlar darajasini normallashtiradi va tabiiy ravishda ozishga yordam beradi. Buning siri shundaki, qorong‘i xonada soat 23:00 dan oldin uyquga yotish va yotishdan oldin kamida ikki soat davomida hech qanday elektron qurilmalardan foydalanmaslikdir. Bularning barchasi qarish jarayonini sekinlashtiradigan, antioksidant xususiyatlarga ega va ovqat hazm qilish traktining funksiyalarini tartibga soluvchi melatonin ishlab chiqarishga yordam beradi.

Smuzi iste’mol qilishni boshlash

Suyuq mahsulotlar favqulodda vazn yo‘qotish paytida mukammal tanlovdir. Agar tezda vazn yo‘qotish kerak bo‘lsa, darhol smuzi iste’molini boshlash zarur. U organizmning kaloriya va energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondira oladi va shu bilan birga metabolizm hamda yog‘ erishini tezlashtiradi. Bundan tashqari, to‘g‘ri tayyorlangan smuzi organizmdan toksinlarni chiqarib tashlashga, turli teri muammolari bilan kurashishga yordam beradi va immunitet tizimini mustahkamlaydi.

Muqobil mashqlar

Esda tutingki, yuqori intensiv mashg‘ulotlar tinchlantiruvchilari bilan almashtirilishi kerak. Bu nafaqat vazn kamaytirish, balki mushaklarni shikastlamaslik imkonini beradi. Kundalik intervalli mashqlar organizmdagi yog‘larni eritishga, balki mushaklarni yaxshilashga yordam beradi, bu esa yog‘ erishini sezilarli darajada tezlashtiradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.