5 kun ichida vazn yo‘qotishni istaganlar uchun 5 maslahat
Bir haftadan kamroq vaqt ichida ortiqcha vazndan xalos bo‘lish imkonsiz vazifadek tuyuladi, lekin aslida 5-7 kun ichida 3-5 kilogrammgacha og‘irlikni yo‘qotish mumkin. Tez vazn yo‘qotish bo‘yicha bir qancha maslahatlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Foto: Marie ClaireMashg‘ulotdan bir soat avval qahva iching
Murabbiylar odatda foydali narsalarni maslahat beradi. Masalan, mashg‘ulot boshlanishidan bir soat oldin bir stakan kuchli qahva ichish lozim. Bundan maqsad mashqlarning samaradorligini oshirishdir. Qahva organizmga energiya va tetiklik beradi. Shundan so‘ng inson o‘zini yaxshi his qiladi va odatdagidan ko‘ra ko‘proq kuch sarflaydi, natijada kaloriya ortig‘i bilan sarflanadi.
12 soat ochlik
Bu unchalik oson emas, lekin haqiqatan ham natija beradi. 12 soat davomida taom tanovul qilmaslik aslida uzoq tuyilishi mumkin. Ammo ushbu soatlar faqat uyqu vaqtiga to‘g‘ri keladi. Demak, kechki ovqat va nonushta oralig‘ida 12 soat ovqat yemaslik kifoya. Birinchi 6 soat hushyor bo‘lish tavsiya etiladi.
Tana dastlabki 8 soatni mavjud ovqatni hazm qilishga, qolgan 4 soatni tanani zararsizlantirishga sarflaydi, shu vaqt ichida boshqa narsalar qatorida yog‘ erishi ham sodir bo‘ladi. Shuni yodda tutish kerakki, hatto yotishdan oldin kichik bir gazak ham natijani o‘zgartirib yuboradi va ovqat hazm qilish uchun ko‘proq vaqt talab etiladi. Natijada oxirgi bosqich kutilganidek bo‘lmasligi mumkin.
Chuqur uyqu
Uzoq va chuqur uyqu tanadagi gormonlar darajasini me’yorga keltiradi va tabiiy ravishda vazn tashlashga yordam beradi. Buning siri shundaki, kechqurun soat 11:00 dan oldin uyquga yotish va yotishdan oldin kamida ikki soat davomida hech qanday elektron qurilmalardan foydalanmaslik kerak. Bularning barchasi qarish jarayonini sekinlashtiradigan, antioksidant xususiyatlarga ega va ayniqsa ovqat hazm qilish traktining funksiyalarini tartibga soluvchi melatonin ishlab chiqarishga yordam beradi.
Smuzi
Suyuqlik favqulodda vazn yo‘qotish uchun ideal parhez. Agar vaznni tezda yo‘qotish kerak bo‘lsa, darhol smuzi ichishni boshlash kerak. Ular tananing kaloriya va energiyaga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondira oladi va shu bilan birga metabolizm va yog‘ erishini tezlashtiradi. Bundan tashqari, to‘g‘ri tayyorlangan smuzi tanadan toksinlarni chiqarib tashlashga yordam beradi, turli teri muammolari bilan kurashadi va immunitet tizimini mustahkamlaydi.
Hech qachon suyuqlik bilan ozishni sinab ko‘rmaganlar uchun diyetologlar smuzi ichishni tavsiya qiladi. Buning uchun nonushta va kechki ovqat smuziga almashtiriladi. Garchi vazn tashlash ko‘p kilogrammni tashkil etmasa-da, jarayon unchalik ham qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Jismoniy mashg‘ulotlar
Yuqori intensiv mashqlarni tinchlantiruvchi mashqlar bilan almashtirish lozim. Bu nafaqat vazn yo‘qotishga, balki mushaklar vaznining saqlab turishga imkon beradi.
Birdaniga boshlangan mashqlar tufayli harakatlanishda biroz og‘riqlar yuzaga kelishi mumkin, lekin hammasi tezda o‘tib ketadi. Jismoniy mashqlar natijasida ortiqcha vazndan qutilish bilan birga, tetiklik ortadi.
Manba