Salomatlik Salomatlik Haftasiga yetti kun ishlab, dam olmaslik natijasida organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

Haftasiga yetti kun ishlab, dam olmaslik natijasida organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

O'qildi: 253


Haftasiga yetti kun ishlab, dam olmaslik natijasida organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

Mehnat insonni toblaydi, tajribasini orttiradi. Ammo muntazam ishlash va vaqtida dam olmaslik organizmda jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: Pinterest

Dam olmasdan ishlash natijasida nimalar yuz beradi?

Zamonaviy insonning muammolaridan biri bu vaqtning yetmasligidir. Har doim biror narsa qilishga vaqt yo‘qligidan qo‘rquv yuzaga keladi, dangasalik esa yomon ekani bolalikdan o‘rgatilgan. Natijada aksariyat insonlar jismoniy jihatdan dam olish nima ekanini bilmay o‘sib ulg‘aygan. Quyida dam olmasdan muntazam ishlash qanday oqibatlarga olib kelishini bilib olish mumkin.

Ish samaradorligi pasayadi

Surunkali charchagan odam sekin ishlay boshlaydi. E’tiborsizlik kuchayadi. Yarim soat davomida ekranga tikilib, qandaydir arzimas narsalarni ham tushunishi qiyinlashadi. Yoki miya umuman fikrlashni xohlamaydi. O‘z-o‘zini nazorat qilmaslik, miyaning dam olishiga yo‘l qo‘ymaslik insondagi mehnat samaradorligini pasaytiradi.

Shuningdek, qo‘shimcha ish soatlari ham mehnat unumdorligini pasaytirishi isbotlangan. Bundan tashqari, har kuni muntazam ravishda ishga berilish natijasida kasb kasalligi paydo bo‘ladi.

Xatolar soni ortadi

Charchoq va ish konsentratsiyaning pasayishiga olib keladi. Bu qayta ko‘rib chiqish, yaxshilab tekshirish va diqqat bilan hisoblashdan keyin ham xatolar ortishiga sabab bo‘ladi. Tizimli ravishda haddan tashqari ko‘p ishlagan odamlar muqarrar ravishda ko‘proq xato qiladi.

Uyqu rejimi buziladi

Ko‘p ishlagan aksariyat odamlar uyqusizlikka duch keladi. Aslida charchagan odamning uxlab qolishi osonroq bo‘lib tuyiladi, lekin bunday emas. Chunki organizm tom ma’noda holsizlikdan qiynaladi. Miya esa me’yordan ortiq ishlaganligi sababli uyqu vaqtida ham ayrim masalalarni hal qilish, yechim topish bilan band  bo‘ladi. Bu esa kerakli gormonlarning ishlab chiqarilishi, organizmning dam olishi va insonni uyquga ketishiga to‘sqinlik qiladi.

Surunkali stress va ortiqcha vazn

Kuniga 24 soat ishlash bo‘yicha doimiy fikr-mulohazalar rejimi, istalgan vaqtda kompyuterda o‘tirish va ishlashga tayyorlik surunkali stressga olib keladi. Natijada gormonal fon azoblanadi, biz yaxshi kayfiyat, hayotdan zavqlanish qobiliyati, zavqlanish holati va boshqa narsalar uchun javobgar bo‘lgan gormonlarning tezda yo‘qolishiga olib keladi. Metabolizm tezligi pasayadi va bu tana vazniga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, inson qancha kam uxlasa, vazn ortishi xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi.

Dam olishni bilmaslikni qanday tushunish mumkin?

Buni sizga hech kim o‘rgatmagan

Hech kimga bolalikdan dam olish qobiliyatini o‘rgatmaydi,  lekin bolalar buni tabiiy ravishda juda yaxshi amalga oshiradi. Ammo hozir psixologlar dangasalik va bekorchilik ham mehnatkashlik kabi muhim ekanini ta’kidlaydi. Chunki dangasalik ortiqcha ishdan va resurslar tugab qolganidan darak beradi. Aytgancha, hech narsa qilmaslik lahzalarida inson miyasiga qiziqarli g‘oyalar keladi.

Juda ko‘p xavotirlanish

Ko‘pincha uyidan uzoqqa ketayotganlarda xavotir va kuchli tashvishlanish kuzatiladi. Eshikning qulflanganligi, dazmolni o‘chirganligi va shunga o‘xshash narsalar inson miyasini tinch qo‘ymaydi. Ammo uzoqda turib, tashvishlanish bilan hech narsa o‘zgarmaydi. Shuning uchun hammasini unutish, erkin bo‘lish, sayr qilish va dam olishdan zavqlanish lozim.

O‘zingizga pul sarflashni yomon ko‘rasizmi?

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hamma narsa o‘zini past baholashdan kelib chiqadi. Bu esa vijdoni toza odamning o‘ziga pul sarflashiga yo‘l qo‘ymaydi. O‘ziga pul sarflamaslik va dam olishga vaqt ajratmaslik deyarli bir xil natijani ko‘rsatadi.

Hamma narsani rejaga muvofiq qilasiz

Bunday insonlar oddiy dam olishni ham murakkab vazifaga aylantirib yuboradi. Dam olish uchun bir qancha rejalar tuzish, dam olishni qayerda, qachon va qay tarzda o‘tkazish haqda tinimsiz o‘ylaydi. Afsuski, bu bilan dam olish xuddi vaqtni ish joyida o‘tkazish bilan barobar bo‘lib qoladi.

Shuningdek, bu kabi insonlar oila, bolalar yoki katta kompaniya bilan ta’tilga chiqsa, vaziyat yanada og‘irlashishi mumkin. Axir hammaning manfaatini hisobga olish kerak. Sayohatning har bir ishtirokchisiga g‘amxo‘rlik qilib, o‘zi haqida butunlay unutadi. Dam olishdan olingan zavqni gapirmasa ham bo‘ladi.

Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham, dam olishga vaqt ajratish lozim. Bu nafaqat insonning bir o‘zi, balki jamiyat rivoji uchun ham bog‘liq holat. Mutaxassislar o‘z vaqtida ishlab, dam olsa, shundagina samaradorlik va yangi g‘oyalar tug‘iladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.