Quloqchin tufayli eshitish qobiliyatini yo‘qotish mumkinmi?
Eshitish qobiliyatini yo‘qotish faqatgina quloqchinlarga bog‘liq emas, balki juda kuchli ovozning bir marta ta’sir qilishi ham karlikka olib kelishi mumkin. Odatda muammo asta-sekin va jimgina, oqibatlari yaqqol sezilguncha rivojlanib bo‘ladi, deb yozadi Lifehacker.
Foto: PinterestNima uchun kar bo‘lib qolish mumkin?
Quloq suprasi to‘lqinlarini to‘playdi va tovush tufayli tebranadigan quloq pardasiga yo‘naltiradi. U tebranishlarni o‘rta quloqdagi mayda suyaklarga, ular esa oval oynaga, boshqa membranaga o‘tkazadi. Ichki quloqda maxsus sezgir hujayralar mavjud bo'lib, ular tuklar yordamida bu harakatlarni ushlaydi va miya tahlil qiladigan elektr impulslariga aylanadi.
Baland tovushlar bu hujayralarni ortiqcha zo‘riqtiradi. Shuning uchun masalan, konsertdan so‘ng odamda bir muncha vaqt o‘tgach shovqin eshitilishi mumkin. Uzoq muddatli juda kuchli ta’sir qilish hujayralarga doimiy zarar yetkazilishiga olib keladi va eshitish qobiliyatining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.
Quloqchin eshitish qobiliyatini yo‘qotishidan qanday saqlanish kerak?
Quloqlar eshitish vositasidan zarar ko‘rmasligi uchun oddiy ehtiyot choralarini ko‘rish kifoya:
- Qurilmadagi ovoz balandligi maksimal darajada 60 foizdan past bo‘lishi shart.
- Shovqinni bartaraf etadigan quloqchindan foydalanish, bu bilan metro ovozi yoki boshqa begona tovushlarni eshitmaslik uchun ovoz balandligini oshirish shart emas;
- Atrof juda shovqin yoki quloqchindagi ovoz juda baland bo‘lsa, bildirishnoma yuboradigan dasturni yuklab olish lozim. Turli xil telefonlarda bunday dasturlar mavjud.
- Xavfsiz tinglash xususiyati oldindan o‘rnatilgan smartfon va quloqchinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ular ovoz balandligini o‘lchaydi yoki cheklaydi. Masalan, aksariyat bolalar quloqchinlari 70-85 dB dan balandroq ovoz chiqarishga imkon bermaydi. Bolalarning eshitish qobiliyati shakllanayotgani sababli ularni doimiy ravishda kuzatish qiyin. Shuning uchun ularga ovoz balandligini maksimal darajaga ko‘tarish uchun jismoniy imkoniyat bermaslik qulayroq.
- Baland tovushlarni iloji boricha kamroq tinglashga harakat qilish tavsiya etiladi.
Mavzuga doir: Qandli diabet, dori vositalari va maishiy texnika: eshitish qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladigan 8 ta kutilmagan odat
Manba