Salomatlik Ayollar uchun Ish samaradorligi oshishida yordam beradigan 6 tavsiya

Ish samaradorligi oshishida yordam beradigan 6 tavsiya

O'qildi: 402


Ish samaradorligi oshishida yordam beradigan 6 tavsiya

Siz qaysi sohada faoliyat yuritishingizdan qat’i nazar, quyidagi omillar ishingizda samara bo‘lishiga yordam berishi aniq.

Foto: New York Post

Uyqu

Uyqusiz hayotini tasavvur qila olmaydiganlarni quvontiradigan fakt — ish jarayonida sizning qanchalik faol ekaningiz to‘yib uxlash yoki uxlamaslik bilan bog‘liq. Tiniqib uxlagandan keyin organizm kuchga to‘ladi va bu bevosita sizning kuningiz, hattoki haftalaringiz qanday o‘tishiga ta’sir o‘tkazadi. Aytilaverib siyqasi chiqib ketgan bo‘lsa ham muhimligi uchun yana bir bor takrorlaymiz — 7 soatdan kam uxlamang va uyquga tungi soat 22:00 ga qadar yotishga harakat qiling.

Qilinishi kerak bo‘lgan muhim vazifalarni kunning ikkinchi qismiga qoldirmang

Qiyin va murakkab bo‘lgan vazifalarni kunning birinchi qismida, kechi bilan esa soat 12:00 ga qadar bajaring. Albatta, tushlikdan keyin ham bajarishingiz mumkin, faqat bunda odatdagidan ko‘proq vaqt va energiya sarflashingizga to‘g‘ri keladi.

Foto: Working SolutionsKatta hajmdagi ishlarni qismlarga bo‘lib bajaring

Ertalabdan kechgacha kursiga qadalib, asabiy ish bajarish ruhiyatingizga ta’sir ko‘rsatadi. Deylik, katta loyiha ustida ishlayapsiz va buning uchun sizga 10 kun berilgan. Siz 3 kunni zaxiraga olib, yetti kunda ish bitirishga, shu bilan birga o‘zingizga vaqt ajratishga harakat qiling. Erta uyquga yotib, tongda barvaqt turing, to‘yimli nonushta qilib uch soat davomida ishingizni bajaring, vaqt o‘tgach toza havo olgani hovli yoki ko‘chaga chiqing, qahva iching, 5 daqiqa o‘zingizga kelib, tushlikka qadar yana ishlang. Qarabsizki, o‘zingizni qiynab qo‘ymaganingiz uchun ham ishni tezroq bitirishga kuchingiz ham, vaqtingiz ham bemalol yetadi.

Ovqatlanishga e’tibor bering

Siz iste’mol qilgan taom hazm bo‘lishi uchun ortiqcha kuch talab qilishi emas, sizga energiya berishi kerak. Ovqatlanishda mavsumni, haroratni ham inobatga oling. Vitaminlarga boy meva va sabzavotlarni kanda qilmang. Shokolad, kofe bilan o‘zingizni rag‘batlantirib turing, faqat me’yorni unutmang.

Foto: Airkeep BlogDam oling, o‘zingizga vaqt ajratishni ham biling

Ish hech qachon tugamaydi, lekin siz tiniqib dam olgan bo‘lsangiz, ishingizda samara bo‘ladi. Energiyangiz tugagunicha o‘zingizni zo‘riqtirib ishlasangiz, miya sizga quloq solmasdan o‘zicha yechimlar topadi. Bunda na ishingizda unum bo‘ladi, na sog‘lig‘ingizda. Tinimsiz ishlagan miyaning dam olishiga ham sharoit yaratib berish kerak. Buning uchun yo‘q deganda haftaning bir kunini o‘zingiz uchun ajrating — sevimli taomingizni o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlang, mevalardan smuzi tayyorlab, sevimli insoningiz bilan birgalikda film tomosha qiling, telefon va internetni unutib, oilangiz yoki do‘stlaringiz bilan tabiat qo‘ynida piknik uyushtiring. Ishlash, pul topish kerak deb hayotingizning, umringizning eng go‘zal chog‘larini o‘tkazib yubormang.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.