Haqiqatmi yoki yanglish fikr: ko‘k choy yordamida vazn kamaytirish mumkinmi?
Ko‘k choyning sog‘liq uchun juda ko‘p foydalari bor, lekin ushbu ichimlik vazn yo‘qotishga yordam beradimi yoki yo‘qligi haqda hanuzgacha bahslar olib boriladi. Bir nechta kichik, ammo ishonchli klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ko‘k choy ichgan ortiqcha vaznli odamlar ichmaganlarga qaraganda ko‘proq vazn yo‘qotdi, deb yozadi “Noviy ochag”.
Foto: “Noviy ochag”Ko‘k choy vaznga qanday ta’sir qiladi?
O‘z-o‘zidan ko‘k choy ortiqcha vaznni yo‘qotmaydi, lekin to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilishga yordam beradi va vazn yo‘qotishni biroz tezlashtiradi. Agar aniq raqamlar haqida gapiriladigan bo‘lsa, ko‘k choy ichuvchilar suv ichganlarga qaraganda o‘rtacha 600 gramm ko‘proq vazn yo‘qotadi.
Yana bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, to‘g‘ri ovqatlanganlar va haftasiga uch soat mashq qilganlar ko‘k choyning foydali komponentlari — katexinlarni iste’mol qilganlar, boshqalarga qaraganda ko‘proq qorin sohasida yog‘ yo‘qotgan.
Nima uchun ko‘k choy vazn kamayatirishga yordam beradi?
Olimlarning fikrichia, katexinlar organizmdagi uglevodlarni saqlashga xalaqit beradi. Bundan tashqari, ko‘k choy ichak mikroflorasiga ta’sir qiladi va bu o‘zgarishlar vazn kamaytishga yordam beradi. Ammo ko‘k choy nafaqat bu xususiyati bilan mashhur. Uning ba’zi saraton turlarining oldini olishda yordam berishi, yurak va immunitet uchun foydali ekani haqida ham dalillar mavjud.
Vazn kamaytirish uchun ko‘k choyni qanday ichish kerak?
Uning foydali ta’sirini maksimal darajada oshirish uchun shakarsiz ko‘k choy ichish tavsiya etiladi. Qolaversa, kuniga bir piyola ko‘k choy ichish birdaniga vaznning kamaytiradi, deb o‘ylamaslik zarur.
Manba