Qanday oziq-ovqat mahsulotlari to‘satdan charchoq paydo bo‘lishiga olib keladi?
To‘satdan charchash, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, nafaqat jismoniy mashqlardan so‘ng, balki ovqatlanish natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, organizmni energiyadan mahrum qiladigan bir nechta mahsulotlar mavjud. Harper’s Bazaar Kazakhstan nashri ularning nomini ma’lum qildi.
Foto: Harper’s Bazaar KazakhstanRo‘yxatning birinchi qatoridan qahva o‘rin olgan, u aslida organizmni tetiklantirish uchun mo‘ljallangan. Biroq ushbu ichimlikni ortiqcha iste’mol qilish teskari ta’sir ko‘rsatadi. Parhezshunoslar kuniga qahvani 1-2 stakandan oshirmaslikni tavsiya qiladi.
Antireytingga fastfudlar ham kiradi. Gamburger va xot-doglarning yuqori kaloriyali tarkibi hazm qilish uchun juda ko‘p vaqt talab qiladi, bu esa organizmning tezda energiya yo‘qotishiga va to‘satdan charchashiga olib keladi.
Qisqa muddatli tetiklik shakarga boy mahsulotlar bilan ta’minlanishi mumkin. Bu gazli ichimlik, tort va boshqa qandolat mahsulotlarini o‘z ichiga oladi. Biroq oradan bir soat o‘tgach, odam uyquga intilishi va hatto holsizlikni his qilishi mumkin. Shuning uchun mutaxassislar qora shokoladga e’tibor qaratishni tavsiya qiladi.
Aytgancha, haddan tashqari yuqoridagi mahsulotlardan tiyilish, uglevod va yog‘lardan butunlay voz kechish shart emas, aks holda yana energiya tanqisligi yuzaga keladi. Har qanday oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishda me’yor unutilmasa, ular organizmdagi barcha tizimga ijobiy ta’sir o‘tkazadi.
Manba