Qandli diabetdan suvsizlanishgacha: bosh og‘rig‘ining 5 ta sababi
Yomon uxladingizmi?Ob-havo o‘zgaryaptimi?Atmosfera bosimi yana organizmga ta’sir qildimi?Yoki yoshingiz o‘tib boryaptimi? Bosh og‘rig‘ining ortida aslida nima yashiringan bo‘lishi mumkin? Elle nashri quyida ushbu savolga javob berdi.
Foto: PinterestSuvsizlanish
Bosh og‘rig‘ining eng keng tarqalgan sababi organizmda suyuqlik yetishmasligidir. Tomirlar orqali aylanib yuradigan qon hajmi kamayadi, bu esa qon bosimining pasayishiga olib keladi. Natijada boshda og‘riq, butun organizmda zaiflik paydo bo‘ladi. Organizmda suyuqlik darajasini diqqat bilan kuzatib borish kerak, ayniqsa intensiv mashg‘ulotlardan keyin suv ichishni odatga aylantirish lozim.
Kam harakatga asoslangan hayot tarzi
Uzoq vaqt davomida bir joyda o‘tirganda, qon oyoqlardan yurakka qaytib, avvalgidan kamroq hajmda aylanadi. Natijada qon bosimi pasayadi va qon aylanishining sekinlashishi bilan boshda og‘riq paydo bo‘ladi.
Issiq hammomda ko‘p vaqt o‘tkazish
Hech qachon dush yoki hammomni bir muncha vaqt o‘tgach paydo bo‘ladigan bosh og‘rig‘i bilan bog‘laganmisiz?Bug‘li hammom yoz kunida to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nuri kabi qon tomirlarining kengayishiga olib keladi. Tabiiy haroratni tiklash uchun organizm ortiqcha ishlay boshlaydi va zo‘riqish tufayli miyaga ko‘proq qon boradi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun issiq dushda o‘tkaziladigan vaqtni qisqartirish yoki suvning haroratini moslashtirish kerak.
Homiladorlik
Bosh og‘rig‘i homilador ayollar uchun odatiy hodisa bo‘lib, bu bo‘lajak onalarning 80 foizida kuzatiladi. Odatda to‘satdan harakat qilinganda, yurak bunga darhol javob berib, miyaga ko‘proq qon quyadi. Ammo homiladorlikda bu qon bachadonda majburiy pit-stopni keltirib chiqaradi, chunki u yerda homila o‘sadi, buning natijasida miya yarim korteksini rag‘batlantirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Mumkin bo‘lgan noqulaylikni kamaytirish uchun to‘satdan harakatlar qilmaslikka va umurtqa pog‘onasining kuchli burilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Qonda shakar miqdorining kamayishi
Miya energiya ishlab chiqarish uchun glyukozaga muhtoj va organizmning boshqa hujayralaridan farqli o‘laroq, u o‘z zahiralarini to‘play olmaydi. Agar og‘riq manbai peshona hududida bo‘lsa yoki u boshning butun yuzasiga tarqalsa, bu ovqatlanish vaqti kelganligi haqida signal bo‘lishi mumkin. Lekin shirinlik yordami bilan uni me’yordan oshirmaslik lozim. Har ikki-uch soatda murakkab uglevodlarni iste’mol qilish orqali qonda shakarni barqaror ushlab turish tavsiya etiladi.
Manba