Salomatlik xavf ostida: kuzda organizmdagi suv balansini saqlash uchun 7 ta maslahat
Issiq mavsum va ochiq havoda yetarli miqdorda suv ichish barchaning yodida bo‘lishi tabiiy, ammo kuz kelishi bilan ko‘pincha organizmning yordamga muhtojligi unutiladi. Organizmni tinglash va o‘z vaqtida chanqoqni qondirish orqali uni suv bilan ta’minlash mumkin, ammo kuzda namlikni saqlab qolishning yana bir necha yo‘li mavjud. Marie Claire organizmda suv balansini saqlab qolishga yordam beradigan tavsiyalar bilan bo‘lishdi.
Foto: Marie ClaireNima uchun suv balansini kuzatish kerak?
Inson organizmi asosan suvdan iborat, shuning uchun u sifatli hayot, jismoniy va aqliy faoliyat uchun zarurdir. Organizmdagi suv balansining pastligi sog‘liq, bosh og‘rig‘i, charchoq va konsentratsiyani yo‘qotishiga olib kelishi mumkin. Suvsizlanish organizmni virus va mikroblarga nisbatan ko‘proq sezgir qiladi, shuning uchun yetarli miqdorda suv ichmaydiganlarda kasal bo‘lish ehtimoli ko‘proq. Agar kuzda kasal bo‘lmaslikni va immunitetni qo‘llab-quvvatlashni istasangiz, suv balansi va ratsionni kuzatib borish kerak.
Chanqashni kutmang
Chanqoq organizmdagi suv balansini saqlashning muhim mexanizmi bo‘lib, u suv kerak bo‘lganda nerv markazlarini qo‘zg‘atishga javoban paydo bo‘ladi. Suvga bo‘lgan talab ortib borishi bilan chanqoq hissi kuchayadi. Ya’ni, chanqoqlik his qilinganda, organizm allaqachon suvsizlangan bo‘ladi.
Kun davomida har soatda biroz suv ichishga harakat qilish lozim. Buni yodda tutish uchun stol yonida suv idishini saqlash yoki smartfonga eslatma o‘rnatish mumkin. Agar faqat chanqagandagina suv ichilsa, u holda organizmda suvsizlanish yuzaga kelishi mumkin.
Ko‘proq toza suv iching
Sovuq mavsumda bir chashka qahva yoki issiq choy yetarli bo‘lishi mumkin, lekin suvni bunday ichimliklar bilan almashtirish shart emas. Ularda mavjud bo‘lgan kofein diuretik sifatida harakat qilishi va suyuqlikni yo‘qotishiga olib kelishi mumkin. Oddiy ichimlik suvi chanqoqni qondirishning eng yaxshi variantidir.
Ratsionda meva va sabzavotlar miqdorini oshiring
Meva va sabzavotlar organizm uchun qo‘shimcha suv manbai bo‘lib, suyuqlik ichilmaganda qo‘l keladi. Bodring va salat bargi 96 foiz suvdan iborat bo‘lib, ular oziq modda va vitaminlar konidir.
Ratsionga ko‘proq sut mahsulotlarini kiriting
Sut va sut mahsulotlari gidratsiya uchun juda yaxshi, chunki ular 85-90 foiz suvdan iborat. Ularni ratsionga kiritish orqali ichak faoliyatini yaxshilash mumkin.
Dengiz tuzidan foydalaning
Kuzda ovqat pishirishda oshxona tuzini emas, balki dengiz tuzini qo‘llash yaxshiroq. Natriy xloriddan tashqari, uning tarkibi organizmning immunitet tizimini qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlaydigan ko‘plab elementlarini o‘z ichiga oladi.
Sovuq suv ichmang
Organizm sovuq suvni assimilyatsiya qilish uchun ko‘proq energiya sarflashi kerak. Shuningdek, sovuq suv iste’mol qilish oshqozon-ichak traktidagi tomirlarning siqilishiga olib keladi va ovqat hazm qilishni sekinlashtiradi. Shuning uchun xona haroratida suv ichish tavsiya etiladi.
Suvga limon yoki bodring qo‘shing
Oddiy suvning ta’mini hamma ham yoqtiravermaydi. Ammo unga bodring yoki limon qo‘shib ham ichish mumkin. Suvni nafaqat mazali qiladigan, balki uni rux va magniy kabi foydali elementlari bilan boyitadigan maxsus filtrlardan foydalanish yanada samaraliroqdir. Bu stressni yengishga, asabiy taranglikni kamaytirishga yordam beradi, qolaversa, salqin mavsumda organizm salomatligiga ham hissa qo‘shadi.
Manba