Salomatlik Salomatlik Qandli diabet, dori vositalari va maishiy texnika: eshitish qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladigan 8 ta kutilmagan odat

Qandli diabet, dori vositalari va maishiy texnika: eshitish qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladigan 8 ta kutilmagan odat

O'qildi: 361


Qandli diabet, dori vositalari va maishiy texnika: eshitish qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladigan 8 ta kutilmagan odat

Eshitish qobiliyatini yo‘qotish sog‘liq uchun katta qo‘rquvlardan biridir. Ammo shu bilan birga, juda kam odam karlikning oldini olish bilan jiddiy shug‘ullanadi. Aksariyat insonlargina muntazam ravishda shifokorga tashrif buyuradi, eshitish darajasini nazorat qiladi va uni yo‘qotishning birinchi belgilariga e’tibor beradi. Keksayguncha eshitish qobiliyatini yaxshi saqlab qolish uchun unga salbiy ta’sir o‘tkazadigan, hatto uning butunlay yo‘qolishiga olib keladigan bir nechta omillardan qochish tavsiya etiladi, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: Pinterest

Qandli diabet, gipertoniya va yuqori xolesterin

Haqiqatan ham sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qiluvchilar uchta muhim omilni nazorat qilish muhimdir: xolesterin darajasi, qon bosimi va qonda shakar darajasi. Gap shundaki, ushbu parametrlarning buzilishi organizmning deyarli barcha tizimlariga, shu jumladan eshitish qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Qon aylanishi qanchalik yomon bo‘lsa, quloqlardagi mayda tuk hujayralari shunchalik sezgir bo‘lib qoladi va eshitish qobiliyati yomonlashadi.

Fen va boshqa soch quritish vositalari

Agar muntazam ravishda sochlarni fen bilan quritsangiz, eshitish qobiliyati xavf ostida bo‘lishi mumkin. Kuniga 10-15 daqiqa davomida fendan foydalanish oxir-oqibat qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Afsuski, doimiy shovqin eshitish organlariga zarar yetkazadi.

Baland musiqa

Doimiy ravishda maksimal ovoz balandligida musiqa tinglash odati organizmga qimmatga tushishi mumkin. Xavfsiz ovoz darajasi quloqchinlar quvvatining 60 foizini tashkil qiladi va mutaxassislar musiqani undan ham pastroq tinglashni tavsiya qiladi.

Dori vositalari

Qabul qilinadigan ba’zi tabletkalar qisman eshitish qobiliyatini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin: yurak kasalliklari uchun dorilar, kimyoterapiya va antibiotiklar ayniqsa xavflidir. Albatta, kasalliklarni nazorat qilish ustuvor ahamiyatga ega bo‘lishi kerak, ammo dori vositalarining mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirini unutmaslik lozim. Shuning uchun har qanday dori vositalarini qabul qilishda shifokor bilan maslahatlashishni unutmaslik muhim.

Og‘riq qoldiruvchi vositalar

Aspirin, ibuprofen va boshqa retseptsiz sotiladigan og‘riq qoldiruvchi vositalar eshitish qobiliyatiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Quloqda shovqinning paydo bo‘lishi — bu dorilarning keng tarqalgan nojo‘ya ta’siri bo‘lib, vaqtinchalik davom etadi. Ammo ba’zi hollarda og‘riq qoldiruvchi vositalardan muntazam foydalanish eshitish qobiliyatini asta-sekin yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.

Yuqori tana harorati

Yuqori tana haroratida yallig‘lanish yoki kislorod yetishmasligidan ichki quloqning nerv uchlari shikastlanishi mumkin. Zarar ham vaqtinchalik, ham doimiy bo‘lishi mumkin.

Jamoat transporti

Ishga metroda borasizmi?Bu qulay, ammo xavfli bo‘lishi mumkin. Agar har kuni metro yoki poyezdda bir soat yoki undan ko‘proq vaqt sarflansa, afsuski, eshitish qobiliyati xavf ostida qoladi. Shuning uchun buni muntazam tekshirib turishni unutmaslik lozim, shunda u yomonlasha boshlasa, chora ko‘rish mumkin.

Maishiy texnika va elektr asboblari

Blender, qahva maydalagich, drel va boshqa texnikalar foydali bo‘lishiga qaramay, quloqlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Shifokorlar ularni imkon qadar kamdan-kam hollarda va qisqa muddatda — 10 soniyadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda foydalanishni tavsiya etadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.