Salomatlik Salomatlik Kam harakat qiluvchilar uchun 3 ta mashq (foto)

Kam harakat qiluvchilar uchun 3 ta mashq (foto)

O'qildi: 398


Kam harakat qiluvchilar uchun 3 ta mashq (foto)

Hozirgi kunda ko‘pchilik ertadan kechgacha qimirlamasdan o‘tirib ishlaydi. Uzoq vaqt o‘tirish natijasida umurtqa bukchaya boshlaydi. Ichki a’zolar bir joyda to‘da bo‘lib qoladi, tanglik esa ularning yaxshi ishlashiga xalal beradi. Ya’ni qancha uzoq o‘tirsangiz, sog‘lig‘ingiz shuncha yomonlashadi.

Foto: “Zdorovie.com”Lekin siz uyingizda bemalol bajara oladigan oddiy mashqlar tanangiz tiklanishiga yordam beradi. Sizdan sport g‘ildirakchasi va 15 daqiqa vaqt talab qilinadi.

Diqqat markazida: dumba

Kam harakat qiluvchilar uchun 3 ta mashq (foto)

Foto: “Zdorovie.com”

Birinchi navbatda siz kuni bilan ustida o‘tiradigan dumbalarga e’tibor berishingiz kerak. Bu soha uchun bajariladigan mashqlar nafaqat dumbaga, balki beldagi zo‘riqishlarni kamaytirishga ham yordam beradi.

Nima qilish kerak: Oyoqlaringizni tizzadan bukib va qo‘llaringizni polga tirab g‘ildirakcha ustiga o‘tiring.  Tayanchni dumbalarning bittasiga o‘tkazing. Eng og‘riydigan nuqtasini topib g‘ildirakni dumalating. 2 daqiqa davomida mushaklarni siqing va bo‘shashtiring.

Diqqat markazida: sonlar

Foto: “Zdorovie.com”

Uzoq vaqt o‘tirish natijasida sonning bukiladigan mushaklari kichraya boshlaydi va siqilib qoladi. Shuning uchun to‘g‘ri holatda turish qiyinlashib qoladi.

Nima qilish kerak: Yonboshga yoting, g‘ildirakchani sonlarning yuqori tashqi qismi tagiga qo‘ying. Diqqatingizni og‘riydigan nuqtalarga qarating va g‘ildirakchalarni dumalating.

Diqqat markazida: umurtqaning ko‘krak qismi

Foto: “Zdorovie.com”

Umurtqaning ko‘krak qismi uchun bajariladigan mashqlar — ko‘pchilik ofis xodimlariga xos bo‘lgan “bukchayish alomatlari” dan aziyat chekayotganlar uchun.

Nima qilish kerak: Chalqancha yoting, tizzalarni buking, tovonlaringizni dumbalar tomon torting. G‘ildirakchalarni kuraklar chizig‘idan sal yuqoriroqqa joylashtiring. Yuqoriga qarang va o‘zingizni quchoqlang. Diqqatingizni orqangizga qarating, holatingizni saqlab turing va g‘ildirakchalarni umurtqa bo‘ylab pastdan yuqoriga tomon dumalating.

Manba: “Zdorovie.com”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.