Salomatlik Salomatlik Bel shamollaganda tez tuzalishi uchun nima qilish kerak?

Bel shamollaganda tez tuzalishi uchun nima qilish kerak?

O'qildi: 324


Bel shamollaganda tez tuzalishi uchun nima qilish kerak?

Bel inson organizmining himoya qilinishi kerak bo‘lgan juda zaif qismidir. Uzoq yurish yoki hatto issiq ofisda o‘tirganda ham uni osongina shamollatish mumkin. Shuning uchun bunday vaziyatda nima qilish kerakligini bilish muhimdir. Wday nashri bel shamollaganda tezda tuzalish uchun amalga oshirish kerak bo‘lgan bir qancha tavsiyalar bilan bo‘lishdi.

Foto: Wday

Bel shamollashining asosiy belgisi o‘tkir va yoqimsiz og‘riqdir. Bemor kasallikdan tezroq tuzalishi uchun ma’lum bir holatda bo‘lishga majbur. Ya’ni to‘satdan harakatlar qilmasligi lozim. Chunki bu vaziyatda nafas olish ham og‘riqli bo‘ladi.

Kasallik bilan qanday kurashish kerak?

Vaziyatni yengillashtirish uchun faqat ikkita narsadan foydalanish mumkin:

  • Issiqlik: belni issiq ushlab turadigan narsa bilan o‘rash kerak. Bu borada maxsus belbog‘ va isituvchi malhamlardan foydalanish mumkin.
  • Dam olish: iloji boricha kamroq harakat qilish lozim. Hech bo‘lmaganda bir muddat yotoq holatda davolanish kerak. To‘shak yumshoq emas, balki o‘rtacha darajada qattiq bo‘lishi juda ham muhim.
  • Og‘riq kuzatilganda darhol yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qilinsa, u odatdagidan ko‘ra tezroq tiklanadi.
Bel shamollasa, qanday davolash kerak?

Afsuski, bu davolanishning yagona chorasi — dam olish va issiqlik. Xuddi birinchi yordam kabi. Iloji bo‘lsa, eng yaxshi yechim kasallik ta’tilini olish va belni zo‘riqtirmaslik uchun bir necha kun davomida hech narsa qilmaslikdir. Agar dam olish yordam bermasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Shuningdek, og‘riq uzoq vaqt davomida o‘tib ketmasa, shifokor samaraliroq dori-darmonlarni tavsiya qilishi mumkin.

Bel shamollaganda xalqona usullar bilan davolash

Bel shamollaganda, malham va boshqa kimyoviy moddalar o‘rniga bemor tasdiqlangan xalq tabobatidan foydalanishi mumkin. Ularning orasida har qanday, hatto eng kuchli malhamdan ham yaxshiroq qizdirishga qodir bo‘lganlari bor.

Birinchi navbatda, tuzli kompressga e’tibor berish kerak. Buning uchun dengiz tuzini pishirish varag‘iga solish va pechda isitish kerak. Shundan so‘ng isitilgan tuz xaltaga solinadi va bel sohasiga qo‘yiladi. Tuz sovishi bilanoq uni bel sohasidan olib tashlash kerak.

Massaj ham katta yordam beradi. Issiq hammom qabul qilingandan so‘ng darhol muolajaga o‘tish kerak. Ammo kuchli og‘riqlar bo‘lsa, massaj qilish mumkin emas.

Agar belda shamollash bo‘lsa, birinchi narsa tashvishlanishni to‘xtatishdir. Bu asosiy vazifa, chunki og‘riq to‘qimalarning shikastlanishiga yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jarohatga psixo-emotsional reaksiyadir. Miya markazi organizmga harakat qilish juda xavfli ekanligi haqida ogohlantirish yuboradi, lekin ko‘pincha signal noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Asosiysi, tashvishlanmaslik va esda tutish kerakki, ko‘pincha bel og‘rig‘i odamlarda mutaxassislarning aralashuvisiz o‘tib ketadi.

Agar og‘riq faqat belda bo‘lsa va organizmning boshqa qismlariga tarqalmasa, mashq qilish kerak: buning uchun oson va yengil harakatlarni amalga oshirish mumkin. Odatda, bunday treningdan so‘ng og‘riq o‘z-o‘zidan ketadi.

Bordi-yu, bel sohasidagi noqulaylik organizmning boshqa qismlariga tarqalsa, mutaxassis tomonidan tekshiruv zarur. Bundan tashqari, agar og‘riq noodatiy bo‘lsa, ya’ni kechasi simptomlar kuchaysa, noqulaylik joyida pulsatsiya bo‘lsa, dam olishning iloji bo‘lmasa, terapevt yoki nevrologga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Boshqa alomatlar ham bor, ular uchun, albatta, shifokor bilan uchrashish kerak. Agar bemorda bel og‘rig‘iga qo‘shimcha ravishda yuqori isitma, mushaklar kuchsizligi yoki oyoqlar uyushishi, peshob chiqarish bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, darhol mutaxassisga murojaat etish zarur. Bundan tashqari, tibbiy tarixda saraton kasalligi bo‘lsa, o‘tmishdagi jarohatlardan keyin bel og‘rig‘i kuchaysa, zudlik bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish lozim.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.