Shifokorlar tavsiya qiladi: klyukva — immunitet uchun eng yaxshi vosita
Olimlar, shifokorlar, parhezshunoslar bir ovozdan klyukva eng yaxshi antioksidantlardan biri ekanini ta’kidlaydi. Mazkur rezavorni iste’mol qilishning bitta sharti bor, uni boshqa mevalar bilan aralashtirmaslik lozim, deb yozadi Elle.
Foto: PinterestShifokor va parhezshunoslar klyukva vitamin, mineral, antioksidant va kletchatkaning haqiqiy ombori ekanini tasdiqlaydi. O‘ziga xos nordon bo‘lgan to‘q qizil mevalar pektin, antosiyanin, fenolik kislota, leykoantosianin, katexin, betain, makro va mikroelementlarga, B, PP, K1, C guruhi vitaminlariga boy, shuningdek, uning tarkibida kaliy, fosfor, temir, marganets, mis, kalsiy, yod va rux ham mavjud.
Shuni ta’kidlash kerakki, klyukvani boshqa rezavor va mevalar bilan aralashtirish kerak emas. Ayniqsa, yangi klyukvani, mavsumdan qat’i nazar, do‘konlardan topish qiyin emas. Bundan tashqari, noyob rezavor muzlatilgan holatda ham foydali xususiyatlarini yo‘qotmaydi.
Klyukva eng yaxshi antioksidantlardan biri
Ehtimol, ko‘pchilik klyukvani eng samarali antioksidantlardan biriligini bilmas, chunki ular erkin radikallarning oksidlovchi ta’sirini boshqa rezavorlarga, xususan, qorag‘atlarga qaraganda samaraliroq zararsizlantiradi. Har kunlik ratsionga klyukva qo‘shilsa, qarish haqda unutib, ajoyib ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin.
Klyukva yallig‘lanishga qarshi kurashadi
Klyukva tarkibidagi fitonutrientlar(sog‘liqqa ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan bioaktiv komponentlar)mavjud va surunkali yallig‘lanishni muvaffaqiyatli yengib, yallig‘lanishning oldini olishga xizmat qiladi. Xalq tabobatida klyukva qadim zamonlardan beri og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanishga qarshi terapiyasi uchun ishlatilgan va infektsiyalarga qarshi kurashda oddiygina ajralmas vosita hisoblanadi.
Klyukva immunitetni mustahkamlaydi
Klyukvaning bu borada mashhurligi barcha rekordlarni ortda qoldiradi, chunki u tom ma’noda C va B vitaminlarini o‘z ichiga oladi va sovuq mavsumda organizmni zarur yordam bilan ta’minlaydi. Qolaversa, shamollash va grippdan tezroq qutulishga yordam berishi isbotlangan.
Klyukva jigar va tomirlarni tozalaydi
Super mahsulotning antibakterial va antivirus xususiyatlari jigarni va umuman organizmni zararsizlantirishga yordam beradi. Klyukva qon tomir tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, xolesterin blyashkalarining o‘sishini oldini oladi, qon oqimining faolligini saqlaydi va qon ivishidan himoya qiladi. Bu organizmdagi barcha tizimlarning yanada kuchli va bir maromda ishlashiga imkon beradi. Lekin buning uchun boshqa rezavor va quritilgan mevalarni qo‘shmasdan, sof klyukva sharbatini ichish lozim.
Klyukva qonda shakar darajasini nazorat qilishga yordam beradi
Parhezshunoslar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, u ko‘pincha yuqori kaloriyali ovqatlar tufayli yuzaga keladigan qonda shakarning keskin ko‘tarilishining oldini oladi. Yog‘li ovqatlarga rezavorni qo‘shish, hech bo‘lmaganda klyukva sousi shaklida — glyukoza va insulin darajasini kuzatadigan har bir kishi uchun foydalidir.
Klyukva ovqat hazm qilish tizimini rag‘batlantiradi
Vitaminga boy rezavor ishtahani va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Bundan tashqari, klyukva juda ko‘p kletchatkaga ega — bir hovuch mevada taxminan besh gramm mavjud. Kletchatka ovqat hazm qilish traktining ishlashi uchun muhim, ichakning muntazam harakatlanishini rag‘batlantiradi va vaznni nazorat qilish uchun foydalidir. Chunki to‘qlik hissini uzoqroq saqlaydi, shuning uchun ortiqcha ovqatlanish ehtimolini kamaytiradi.
Klyukva — kam kaloriyali rezavor
Klyukvada haqiqatan ham juda kam kaloriya bor. Vazn kamaytirishni istaganlar rezavorni ratsionga kiritishi yanada foydalidir. Bundan tashqari, o‘zining ajoyib nordonligi tufayli uni bo‘tqa, yogurt, salat, smuzi, turli xil pishiriqlarga qo‘shish mumkin.
Manba