Salomatlik Salomatlik Kuzgi sabzavotlar bakteriya va viruslardan qanday himoya qiladi?

Kuzgi sabzavotlar bakteriya va viruslardan qanday himoya qiladi?

O'qildi: 317


Kuzgi sabzavotlar bakteriya va viruslardan qanday himoya qiladi?

Sabzavotlar sog‘lom oziq-ovqat ekanligi barchaga ma’lum. Ular organizm uchun zarur bo‘lgan kletchatka, kraxmal, mineral va biologik faol moddalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, sabzavotlar inson immunitetini mustahkamlash, organizmni turli kasalliklardan himoya qilish qobiliyatiga ega, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Immunitetni qanday mustahkamlash mumkin?

Mavsumiy infeksiyalarni yengish uchun yaxshi ovqatlanish kerak. Ratsionda oqsillarning bo‘lishi organizm uchun muhim bo‘lib, ular mushak, organlar va teri holatini yaxshilashda ishtirok etadi. Shuningdek, fermentlar, gormonlar ishlab chiqarish, organizmning funksional faolligini ta’minlash, immunitet tizimini mustahkamlash uchun zarurdir.

Yog‘lar esa yallig‘lanishga qarshi himoyani ta’minlaydi va virus tarqalishiga qarshi turadi.

Uglevodlar organizm uchun asosiy yoqilg‘i bo‘lib, u insonda sodir bo‘ladigan barcha jarayonlar uchun energiya beradi. Uglevodlar sabzavotlardagi asosiy oziq moddalardir.

A vitamini immunitet tizimini mikrob va viruslarni o‘ldiradigan hujayralar ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, E vitamini esa kuchli antioksidantdir. C vitamini antitolalarni ishlab chiqarishda muhim rol o‘ynaydi, immunitet uchun javobgar bo‘lgan oq qon hujayralari sonining ko‘payishiga yordam beradi.

Kletchatka ichak mikroflorasini qo‘llab-quvvatlaydi, ovqat hazm qilish traktini yaxshilaydi va organizmni toksinlardan tozalashga yordam beradi.

Antioksidantlar — oksidlanish jarayonlariga qarshi kurashadi va natijada hujayralarni tiklashga, organizmdagi metabolik jarayonlarni optimallashtirishga va immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi.

Ferment va fitonsidlar patogen bakteriya, viruslarni bostiradigan tabiiy antibiotiklar bo‘lib, ular immunitet tizimini iloji boricha mustahkamlashga yordam beradi.

Minerallar(kalsiy, fosfor, magniy, natriy, kaliy, xlor, oltingugurt, temir, rux, mis, yod, ftor va boshqalar)barcha hujayralar, to‘qimalar, suyaklarning bir qismidir; ular organizmdagi kislota muvozanatini saqlaydi va metabolizmga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Sabzavot kletchatkasi — organizmning tabiiy detoksifikatsiyasini ta’minlaydi, toksik metabolitlarni chiqarib tashlaydi va shu bilan immunitetni himoya qiladi. Organizmda toksinlar kamroq to‘planganligi sababli, immunitet tizimi shunga yarasha zo‘riqadi.

Kuzgi sabzavotlar tarkibida nimalar mavjud?

Karam

Karam eng foydali kuzgi sabzavotlardan biri bo‘lib, uni doimiy iste’mol qilish immunitet tizimini mustahkamlaydi, chunki karamda A, C, E, B vitaminlari, kalsiy, kaliy, fosfor mavjud. Bundan tashqari, C vitamini xom va tuzlangan karamda saqlanadi. Karam tolaga boy manba bo‘lib, ichak faoliyatini faollashtiradi. Qolaversa, fransuz olimlari tuzlangan karam koronavirusning organizmga kirishi natijasida uning ta’sirini kamaytirishi mumkin, degan xulosaga keldi.

Qovoq

Qovoqning asosiy afzalligi minerallarning yuqori miqdorida: kaliy, kalsiy, magniy, mis, fosfor va temir. Qovoqda ko‘p miqdorda vitaminlar ham mavjud: C, E, B guruhi. Kletchatkaning yuqori miqdori tufayli qovoq ichak faoliyatini rag‘batlantiradi. Qovoq sabzi yoki mol go‘shti jigariga qaraganda bir necha baravar ko‘p karotinni o‘z ichiga oladi va bu qizil-to‘q sariq mahsulot pigmenti aniq antioksidant xususiyatlarga ega. Qovoq tarkibida ko‘p miqdorda rux, uning urug‘larida esa qimmatbaho o‘simlik moylari mavjud.

Sabzi

Sabzi juda ko‘p karotinni o‘z ichiga oladi, bu modda inson organizmida retinol(A vitamini)ga aylanadi va virusli va bakterial kasalliklarning oldini olishga yordam beradigan ajoyib antioksidantdir. Ilmiy tadqiqotlar shuni isbotladiki, qaynatilgan sabzi xomga qaraganda ko‘proq antioksidant xususiyatlarga ega. Pishirilganda antioksidantlar darajasi deyarli 34 foizga oshadi. Sabzi tarkibida ko‘plab C, B, E vitaminlari va minerallar mavjud: kaliy, fosfor, temir, mis, yod, rux.

Lavlagi

Noyob mahsulot o‘z tarkibida inson organizmining ko‘plab ichki organlari va tizimlarining to‘g‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lgan juda ko‘p miqdorda foydali moddalarni o‘z ichiga oladi. Lavlagi ichaklarni tozalaydi metabolizmni yaxshilaydi, A, C, E, B vitaminlari, minerallar: kaliy, natriy, fosfor, magniy, kalsiy, temir, rux, marganets, mis va selen mavjud. Bundan tashqari, lavlagi tarkibiga kiradigan moddalar oqsillarni so‘rilishini va qondagi gemoglobinni tashishni yaxshilaydi. Ildiz hosilida ko‘p miqdorda tabiiy antioksidantlar mavjud.

Piyoz va sarimsoq

Ushbu sabzavotlarning o‘tkir hidi kuchli antivirus va antibakterial ta’sirga ega bo‘lgan faol moddalar — fitontsidlar mavjudligini ko‘rsatadi. A, E vitaminlari, organik kislotalar, minerallar va efir moylari bilan to‘yingan tarkibi tufayli piyoz va sarimsoq virusli va shamollashning oldini olish va davolash uchun foydalidir. Organizmdagi fitonsidlar, immunostimulyatorlar va efir moylari mavjudligi sababli viruslarning rivojlanishi uchun mos bo‘lmagan muhit yaratiladi. C vitamini shilliq pardalarni himoya qiladi. Rux, temir va B vitamini gemoglobinni oshiradi va organizmning tabiiy resurslarini faollashtiradi.

Achchiq qalampir

Uning tarkibidagi kapsaitsin qon aylanishini faollashtiradi, balg‘amni ko‘chiradi, uni o‘pkadan chiqishini osonlashtiradi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri antibakterial va antivirus ta’sirga ega. Bu sabzavot tomoq shishini va burun tiqilishini bartaraf etishga qodir.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.