Salomatlik Salomatlik Yod tanqisligi: paydo bo‘lish sabablari, xavfli tomonlari va unga qarshi qanday kurashish kerak?

Yod tanqisligi: paydo bo‘lish sabablari, xavfli tomonlari va unga qarshi qanday kurashish kerak?

O'qildi: 353


Yod tanqisligi: paydo bo‘lish sabablari, xavfli tomonlari va unga qarshi qanday kurashish kerak?

Yod tanqisligi bugungi kunda har bir insonning haqiqiy muammosi bo‘lib, u ko‘pincha sog‘liq va hayot sifatining yomonlashishiga olib keladi. Marie Claire nashri bunga nima sabab bo‘lishini va u bilan qanday kurashish kerakligini ma’lum qildi.

Foto: Marie Claire

Yod nima uchun kerak?

Yod organizm uchun muhim element hisoblanadi. U qalqonsimon bez gormoni bo‘lgan tiroksin ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Ushbu gormon metabolizm, immunitet, aqliy va jismoniy rivojlanish, ko‘plab ichki organlar va yurak-qon tomir tizimining ishiga ta’sir qiladi. Tiroksin hujayralar o‘sishi va bo‘linishida ham ishtirok etadi, psixologik va hissiy salomatlik, asab tizimining holati ham unga bog‘liq.

Qanday mahsulotlarda yod mavjud?

Organizm o‘z-o‘zidan yod ishlab chiqara olmaydi, shuning uchun uning darajasi tashqi manbalar va hayot davomida to‘ldirilishi kerak. Aqlga kelgan birinchi narsa — bu yodlangan tuz. Bu organizmdagi yod darajasini to‘ldirish va ushlab turishning eng yaxshi usuli. Tuzni boshqa yodni o‘z ichiga olgan mahsulotlar bilan birgalikda ishlatish yaxshidir:

  • Dengiz o‘tlari — ko‘p yodni o‘z ichiga oladi(300 dan 3000 mkg gacha);
  • Dengiz mahsulotlari va dengiz baliqlari — zarur mikroelementga qo‘shimcha ravishda ular Omega 3 va 6 ga boy, ammo bu mahsulotlarni juda uzoq vaqt davomida pishirmaslik kerak;
  • Rezavorlar va mevalar, ya’ni xurmo, uzum, qulupnay, chernika, klyukva — ko‘p yodni o‘z ichiga oladi;
  • Yong‘oq, quritilgan mevalar, qora olxo‘ri kabilar ko‘p miqdorda yodni o‘z ichiga oladi.
Kurka go‘shti, tuxum, grechka, qo‘ziqorin, suli yormasi, kartoshka, lavlagi, turp va kefirda yod nisbatan kamroq.

Yodning kunlik iste’moli qancha?

Inson torganizmining to‘liq rivojlanishi va uning normal ishlashi uchun quyidagi dozalari talab qilinadi:

  • 12 oygacha bo‘lgan chaqaloqlar — kuniga 60 mkg;
  • 1-3 yoshli bolalar — kuniga 70 mkg;
  • 3-7 yoshdagi bolalar — kuniga 100 mkg;
  • 11-18 yoshli o‘smirlar va kattalar — kuniga 150 mkg;
  • Homilador va emizikli ayollar — 250 mkg.
Shuni yodda tutish kerakki, bu o‘rtacha hisobda olingan ma’lumotlardir — aniq doza mutaxassis tomonidan individual tekshiruv davomida aniqlanadi. Agar inson o‘zida yod yetishmasligidan shubha qilsa, o‘z-o‘zini davolamasligi kerak, chunki yodning ortiqcha miqdori uning yetishmasligidan kamroq xavfli emas.

Yod tanqisligidan kelib chiqadigan kasalliklar

Yod tanqisligida tiroksin gormoni ishlab chiqarilishi buziladi, natijada rivojlanish sekinlashadi.

Homiladorlik davrida yod tanqisligi homila o‘limiga, miya tuzilmalarida qaytarilmas o‘zgarishlarga, asab tizimining muammolariga olib kelishi mumkin. Bolalarda aqliy, kognitiv qobiliyatlar buziladi, endemik bo‘qoq, gipotireoz shakllanishi mumkin.

Voyaga yetgan odamlarda uzoq muddatli yod tanqisligi tufayli qalqonsimon bez holatni yaxshilashga harakat qiladi — u to‘qimalarning o‘z hujayralarini ko‘paytirish orqali tiroksin ishlab chiqarish uchun hajmni oshiradi. Bo‘qoq esa shuning natijasida paydo bo‘ladi.

Ammo yod tanqisligining dastlabki bosqichlarida tashqi belgilar bo‘lmasligi mumkin. Bu boshqa alomatlar bilan namoyon bo‘ladi: doimiy charchoq, xotira buzilishi, beparvolik, zaiflik, atrofga befarqlik, soch to‘kilishi, sababsiz kilogramm ortishi, nafas qisilishi, ayollarda hayz davrining buzilishi.

Tanadagi yod yetishmasligiga qarshi qanday kurashish mumkin?

Odatiy ratsionni kerakli mikroelementni o‘z ichiga olgan mahsulotlar bilan boyitish orqali organizmdagi yod tanqisligini bartaraf etish mumkin. Tarkibida yod mavjud bo‘lgan mahsulotlardan ovqat tayyorlaganda yuqori haroratlarda uzoq vaqt davomida qaynatish yoki qovurish tavsiya etilmaydi.

Dori vositalari yod zahiralarini to‘ldirish uchun ham qo‘llaniladi. Biroq ular zarur diagnostika va tadqiqotlarni o‘tkazgandan so‘ng shifokor tomonidan qat’iy ravishda belgilanishi kerak. Yodning ortiqcha miqdori ham xavfli ekanligini unutmaslik lozim. Shuning uchun, agar yod tanqisligi belgilari kuzatilsa, endokrinolog bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.