Deyarli hamma noto‘g‘ri qiladi: sut bilan aralashtirmaslik kerak bo‘lgan 5 xil oziq-ovqat
Sut murakkab ichimlik bo‘lib, uni ba’zi mahsulotlar bilan aralashtirib yubormaslik kerak.
Foto: PexelKofeKayfiyatni ko‘tarish uchun qahva ichasizmi?Unday bo‘lsa latte va kappuchinodan voz keching: oqsil kofeinni zararsizlantiradi. Shuning uchun ertalab espresso yoki amerikano iching, o‘zingizni xursand qilishni istasangiz, sut qo‘shilgan ichimliklarni oling.
Choy
Sut choyning ham tetiklantiruvchi ta’sirini pasaytiradi. Bundan tashqari, choyning antioksidant funksiyasini kamaytiradi.
Ponchik va bulochka
Non mahsulotlari tarkibida fitatlar — kalsiyning so‘rilishini buzadigan moddalar mavjud. Agar ularni sut bilan yesangiz, ichimlikda juda ko‘p bo‘lgan bu foydali moddani ololmaysiz.
Dengiz mahsulotlari
Ikki xil protein manbalari yaxshi aralashmaydi. Bu buyraklar va oshqozon uchun og‘irlik qiladi, shuning uchun qisqichbaqali salat buyurtma qilgan bo‘lsangiz, sutli ichimliklardan tiyilgan ma’qul.
Ikki xil turdagi oqsillarni birlashtirmaslik qoidasi go‘sht uchun ham amal qiladi. Agar tovuq pishirmoqchi bo‘lsangiz, unda qaymoqni chetga surib, smetanadan foydalangan ma’qul — nordon sut mahsulotlari bunday retseptga ko‘proq mos keladi.
Sabzavotlar
Katta yoshdagilarning har ikkitadan biri laktoza — sut shakarini parchalash uchun zarur bo‘lgan ferment yetishmovchiligidan aziyat chekadi. Odatda u hech qanday tarzda o‘zini namoyon qilmaydi, lekin sutni gaz hosil bo‘lishiga olib keladigan ovqat bilan ichsangiz, qorinni shishiradi va diareyani keltirib chiqaradi. Shuning uchun yangi sabzavotlarni hech qachon sut bilan aralashtrib iste’mol qilmang.
Sut haqida qiziqarli ma’lumotlar
- Bir sigirdan olingan sutning ta’mi har xil bo‘lishi mumkin, chunki sigir yelini bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan qismlardan iborat.
- Sigir suti tarkibida muhim aminokislotalarni o‘z ichiga olgan inson sutiga qaraganda 300 barobar ko‘proq murakkab kazein oqsili mavjud.
- Sutni eng ko‘p Finlyandiyada, eng kam esa Yaponiya va Xitoyda ichishadi.
- Irlandiyada ishlab chiqarilgan sutning deyarli yarmi Baileys likyorini tayyorlash uchun ishlatiladi.
Manba