Salomatlik Salomatlik Surunkali charchoqdan xalos etib energiya bilan ta’minlaydigan 13 mahsulot

Surunkali charchoqdan xalos etib energiya bilan ta’minlaydigan 13 mahsulot

O'qildi: 312


Surunkali charchoqdan xalos etib energiya bilan ta’minlaydigan 13 mahsulot

Kundalik yumushlar, jismoniy faollikning yetishmasligi kishi o‘zini lohas hiq qilishi, bo‘shashishiga sabab bo‘ladi. Qishdagi  sovuq haroratda esa inson organizmiga energiya har qachongidan ham zarurroq bo‘ladi.

Foto: Freepik

Anor

Tarkibida A, B, C, E va P vitaminlari, kalsiy, magniy, kaliy, shuningdek, marganets mavjud bo‘lgan anor, energiyani ko‘paytiradi, organizmni turli bakteriyalarga qarshi kurasha olishiga hissa qo‘shadi, Ishtahani yaxshilaydi. Uning yarmini yeyish yoki bir stakan anor sharbatini iste’mol qilish kunlik me’yor hisoblanadi. Shuningdek, undan sous tayyorlash va donalarini salat va desertga qo‘shsa ham bo‘ladi.

Yog‘siz sut

Riboflavin ( B2 vitamini), kalsiy, fosfor, A, B, C, D vitaminlari hamda bir qancha mikroelementlarni o‘z ichiga olgan sut organizmni jismoniy faoliyati uchun muhim bo‘lgan energiya manbayi hisoblanadi. Bir stakan sut kunlik me’yor sanalanadi. Uni shundoq iste’mol qilishdan tashqari smuzi yoki myusliga qo‘shish, suli yormasi yoki boshqa yormalar bilan qo‘shib bo‘tqa holida iste’mol qilish mumkin.

Zanjabil, yalpiz, na’matak, limonlardan tayyorlanadigan o‘tli choylar

С, Р, В1, В2, А, К, Е vitaminlari, organik kislota, natriy, kalsiy, marganets va temir moddasining manbayi hisoblangan bunday o‘tli choyni iste’mol qilgandan keyin kishi o‘zini yaxshi his qiladi. Kuniga 2 litrdan ichish kunlik me’yor hisoblanadi.

Greypfrut

С, Е, В1, B2, B3, B6 vitaminlari, karotinoidlar, makro va mikroelementlar, shuningdek, meva kislotalari hamda pektinga boy bo‘lgan grerpfrutlar, energiya manbayi bo‘lish bilan birga, aqliy mehnat va kasallikdan keyin kuch to‘plashga yordam beradi. Ushbu mevalarni kuniga 1-2 dona barra holida yeyish yoki sharbat va sutli kokteyllarga qo‘shib iste’mol qilish mumkin.

Bug‘doy boshoqlari

E va B vitaminlari, kalsiy, fosfor va magniyni o‘z ichiga olgan ushbu mahsulot qondagi qand miqdorini me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi, asab tizimi uchun muhim bo‘lgan letitsin ishlab chiqarishga yordam beradi. 100 grammi kunlik me’yor hisoblanadigan mahsulni sho‘rva yoki ikkinchi taomlarga qo‘shish tavsiya qilinadi.

Ismaloq

Latein, ziksantin, karotinidlar hamda B1, B2, C, Р, РР, К, Е, vitaminlari, oqsil va aminokislotalarga boy bo‘lgan ismaloq, erta qarishni oldini oladi, tetiklashtiradi va xotirani mustahkamlaydi. Uni kuniga 100 grammdan salatlarga qo‘shish yoki zaytun yog‘i, Smetana bilan qo‘shib biroz olov ustida ushlab taomlarga qo‘shish maslahat beriladi.

Mol go‘shti

Oqsil, В, А, С, РР guruhi vitaminlari, kaliy, temir va rux moddasining koni hisoblangan mol go‘shti qon-tomirlar ahvolini yaxshilaydi, diqqatni oshiradi va baquvvat bo‘lishga sababchi bo‘ladi. Ushbu go‘sht mahsulotini kuniga 100 grammdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, qaynatilgan holda iste’mol qilgan yaxshi.

Bodom

B2, E vitamini, magniy, kalsiy va rux moddasining manbayi bo‘lgan bodomda yurak kasalliklari, saraton va insultni oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan antioksidantlar ham mo‘l bo‘ladi. Kaloriyaga boy ekaniga qaramay energiyaga boy bo‘lishda muhim rol o‘ynaydigan ushbu mahsulotning kunlik me’yori 30 gr hisoblanadi. Uni maydalab, yogurt va suli yormasiga qo‘shib yesa ham bo‘ladi.

Dengiz o‘tlari

Magniy, temir, yod, kaliy, kalsiy, marganets, fosfor, ftor va В2, РР, Н, С vitaminlarini o‘z ichiga oladigan dengiz o‘tlari infeksiya va turli kasalliklarga qarshi samara beradi. Uni kuniga 100 grammdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda salatlarga qo‘shib iste’mol qilish kerak.

Suli yormasi

Suli yormasida B guruhi vitaminlari, kaliy, magniy, fosfor, temir, shuningdek, marganets va yod bo‘ladi. Uning iste’molidan keyin vazn ko‘paymasa ham kishi kun davomida o‘zini energiyaga to‘la his qiladi. Kunlik me’yori 60 gramm bo‘lgan ushbu yormani nonushtaga bo‘tqa holida iste’mol qilish kerak.

Gulkaram

С, В1, В2, РР vitaminlari, kaliy, fosfor, magniy, kalsiy va temirni ichiga oladigan karamning ushbu turi jizzakilikka qarshi samarali kurashadi, energiya bilan ta’minlaydi. Uni kuniga 100 grammdan qovurish va parda tayyorlangan pishloqli sous bilan qo‘shib yegan yaxshi.

Lavlagi

Betain, foli kislotasi, B guruhi vitaminlari, qolaversa beta-karotin, vitamin C va boshqa foydali mikroelementlarni o‘zida mujassam qilgan lavlagi qon aylanishishini yaxshilaydi, hujayralarni kislorod bilan ta’minlaydi. Undagi kletchatka, uglevod va tabiiy shakar organizmni uzoq vaqt energiyaga boy bo‘lishiga hissa qo‘shadi. Kunlik me’yori 100-150 gr bo‘lgan ushbu mahsulotni qaynatib yeyish va salatlarga qo‘shish mumkin.

Suv

Suv organizmni energiya bilan ta’minlaydi. Suvsizlanish esa inson tanasidagi barcha jarayonlarni sekinlashtiradi va shuning hisobiga kishi o‘zini holsiz his qiladi. Qon aylanishi yomonlashadi, tromblar paydo bo‘lishi, infeksiya yuqish xavfi yuqori bo‘lgani sabab ham mutaxassislar kun davomida oz-ozdan suv ichishni kanda qilmaslik kerakligini ta’kidlaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.