Salomatlik Salomatlik O‘tirib ishlashning organizmga zararini qanday kamaytirish mumkin? Haqiqatan ham ish beradigan 5 usul

O‘tirib ishlashning organizmga zararini qanday kamaytirish mumkin? Haqiqatan ham ish beradigan 5 usul

O'qildi: 297


O‘tirib ishlashning organizmga zararini qanday kamaytirish mumkin? Haqiqatan ham ish beradigan 5 usul

Hozirda ko‘pchilik faol hayot tarzidan uzoqda. The Voice Mag nashri ish faoliyati harakatsiz tarzda kechadigan insonlar uchun zararni qanday kamaytirish bo‘yicha 5 ta layfxak bilan bo‘lishdi.

Foto: The Voice Mag

So‘nggi bir necha yil ichida masofaviy ish insonlar hayotining ajralmas qismiga aylandi va o‘zi bilan juda ko‘p afzalliklarni olib keladi. Biroq harakatsiz turmush tarzi salomatlikka salbiy ta’sir qiladi va buni esga olish kerak. Yaxshisi harakatsiz turmush tarzining zararini kamaytirish bo‘yicha maslahatlarga amal qilish qilish kerak.

Zinadan yuqoriga chiqish

Lift — bu insoniyatning ajoyib ixtirosi, ammo harakatsiz hayot tarziga ega insonlarga zinapoyadan chiqish tavsiya etiladi. 20-qavatda yashovchilar ham kamida 5-qavatgacha piyoda chiqishi kerak. Zinadan ko‘tarilish yurak-qon tomir tizimi uchun juda yaxshi, bundan tashqari, asosiy mushak guruhlari ham bu jarayonda ishtirok etadi.

Piyoda yurish

Transportda harakatlanuvchilarga ham xuddi shunday tavsiya berish mumkin. Iloji bo‘lsa, piyoda yurish kerak. Yurish — bu aerobik mashqlarning eng oson shakli. Muskullar mustahkamlanadi, yurak-qon tomir tizimi yaxshilanadi, kaloriyalar sarflanadi.

Tez-tez tik turish

Harakatsiz turmush tarzi odamni stul, kreslo va karavotga bog‘laydi. Lekin inson uchun turli xil narsalarni ixtiro qilib, iloji boricha ko‘proq harakat qilishga va tez-tez turishga harakat qilish lozim. Qo‘lni yuvish, suv ichish, derazadan tashqariga qarash orqali yengil harakat qilish tavsiya etiladi.

Fitnes-bilaguzukdan foydalanish

Harakatsiz turmush tarzida fitnes-bilaguzuk yordamga keladi. U bosgan qadamlar sonini kuzatib boradi, suv balansini vaqtida to‘ldirishni eslatadi, stress darajasini nazorat qiladi.

Mashqlar bajarish

Ertalab mashq qilishning foydalari haqida abadiy gapirish mumkin, lekin buning chindan ham foydalari bor. Hatto 10 daqiqa qizish, mushaklarni cho‘zish, eng oddiy mashqlarni bajarish ham kunni tetik boshlash uchun ajoyib tanlov hisoblanadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.