Nima uchun tirnoqlarda oq dog‘lar paydo bo‘ladi? Tirnoqlarning salomatlik bilan qanday aloqasi bor?
Tirnoqlar egasining salomatligi haqida ko‘p narsalarni ma’lum qilishi mumkin. Faqat uning shakli va rangiga qarash lozim, deb yozadi “Noviy ochag”.
Foto: “Noviy ochag”Leykonixiya nima?
Shifokorlar tirnoqlardagi oq dog‘larni leykonixiya deb ataydi va ko‘pchilik hayotida kamida bir marta bo‘lsa ham bu hodisaga duch keladi. Aslida bu faqat kichik kosmetik nuqson, ammo ular paydo bo‘lganda shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Odatda, sog‘lom, sinmagan tirnoq tirnoq teriga mahkam yopishadi, shaffof tuzilishga va bir xil pushti rangga ega bo‘ladi. Ammo ba’zida tirnoq plastinkasi ostida havo pufagi kiradigan bo‘sh joy yuzaga keladi. Ushbu oq nuqtlar yoki chiziq leykonixiya deb ataladi. Leykonixiya quyidagi hollarda namoyon bo‘ladi:
Tirnoq jarohati
Buning sababi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- tirnoqni urish, tasodifan u og‘ir narsa bilan urilsa yoki biror narsa orasida qolsa;
- manikyurni noto‘g‘ri amalga oshirish;
- kimyoviy moddalarining salbiy ta’siri;
- tirnoqlarni tishlash odati
- oyoqlarda leykonixiya noqulay, qattiq poyabzal tufayli paydo bo‘lishi mumkin.
Ba’zi dori va mikroelementlarning yetishmasligi
Bunda tirnoqlarda oq dog‘lar paydo bo‘lishining sabablari quyidagilar bo‘ishi mumkin.
- muayyan antibiotiklarni qabul qilish;
- rux, temir, kalsiy kabi mikroelementlarning yetishmasligi;
- qo‘rg‘oshin yoki mishyak bilan zaharlanish;
- kimyoterapiya.
Leykonixiyaning sababi organnizmdagi tizimli nosozliklar bo‘lishi mumkin:
- temir tanqisligi kamqonligi;
- rux yoki kalsiy yetishmovchiligi;
- buyrak kasalligi;
- jigar kasalligi;
- yurak yetishmovchiligi;
- qalqonsimon bez muammolar;
- ekzema yoki poriaz kasalligi kabi teri kasalliklari;
- tirnoqlarda zamburug‘ paydo bo‘lishi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, bir yoki ikki kun ichida qo‘l va oyoqlarning tirnoqlaridagi oq dog‘lardan qutulish mumkin emas, har qanday holatda ham vaqt kerak bo‘ladi.
Agar leykonixiyaning sababi jarohat bo‘lsa, ko‘proq vaqt talab etiladi. Tirnoq yana o‘sadi va u bilan oq dog‘ va chiziqlar yo‘qoladi. Ammo oq nuqta va ko‘ndalang chiziqlar qayta-qayta paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Terapevt oq dog‘lar paydo bo‘lishining sababini aniqlaydi, tashxis qo‘yadi va asosiy kasallikni davolashni boshlaydi. Ba’zida leykonixiya paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan dori-darmonlarni o‘zgartirish kifoya qiladi va tirnoqlarda oq dog‘lar yo‘qoladi.
Tirnoqlarning holatidan yana qanday muammolarni bilib olish mumkin?
- Diqqatli mutaxassis, masalan, tirnoq plastinkasining o‘sib chiqqan chetining mo‘rtligi kuchayganini sezadi. Bu odamda yog‘da eriydigan A va E vitaminlari yo‘q degan xulosani beradi.
- Ammo butun tirnoq plastinkasi bo‘ylab joylashgan kichik ineksiya belgilariga o‘xshash nuqtali chuqurchalar ko‘pincha psoriaz yoki ekzemadan darak beradi.
- Tirnoqlarning rangi qondagi kislorod miqdorini ko‘rsatadi. Bu o‘pka va yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, shuningdek, temir tanqisligi anemiyasids sodir bo‘ladi.
- Qanday bo‘lmasin, vaqti bilan tirnoqlar yuzasidan oq dog‘lar yo‘qolib ketmasa, shifokor ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi.
Manba