Salomatlik Salomatlik Oq dog‘lar, mo‘rtlik va ko‘karish. Tirnoqlardagi o‘zgarish qanday kasalliklardan darak beradi?

Oq dog‘lar, mo‘rtlik va ko‘karish. Tirnoqlardagi o‘zgarish qanday kasalliklardan darak beradi?

O'qildi: 273


Oq dog‘lar, mo‘rtlik va ko‘karish. Tirnoqlardagi o‘zgarish qanday kasalliklardan darak beradi?

Tirnoqlar salomatlik haqida ko‘p narsa so‘zlaydi. Buning uchun ularning rangi va shakliga e’tibor berish kifoya. Tirnoqlardagi oq dog‘lar shifokorlar tomonidan leykoxiniya deb ataladi. Ko‘pchilik esa kosmetik kamchilik deb o‘ylab beparvo bo‘ladi.

Foto: Getty Images

Teri va tirnoq bir-biriga mustahkam birikkan bo‘ladi va shu sabab ham tirnoq bir xil och pushti rangda bo‘ladi. Ammo ba’zi hollarda tirnoq plastinkasi ostida bo‘sh joy hosil bo‘ladi va u oq dog‘ yoki chiziqqa o‘xshab ko‘rinadi.

Leykoxiniya quyidagi vaziyatlarda yuzaga keladi:

  • tirnoq jarohatlanganda;
  • ba’zi antibiotiklarni iste’mol qilgandan keyin;
  • rux, temir va kalsiy mikroelementlari yetishmaganda;
Tirnoq plastinkasining mo‘rtligi ham bekorga bo‘lmaydi va bu tirnoq egasiga yog‘da eriydigan A va E vitaminlari yetishmayotganidan darak beradi. Tirnoqlardagi ukoldan keyin qolgan izga o‘xshagan nuqtachalar esa yuqumli bo‘lmagan teri kasalligi — psoriaz va terining allergik kasalligi bo‘lgan ekzemadan darak berishi mumkin.

Barmoq uchlari yo‘g‘onlashgan bo‘lsa, “baraban barmoqlar” yoki “Gippokrat barmoqlari” deb ataladi. Bunga bemorlar barmog‘i uchining shishiga birinchi marta Gippokrat e’tibor bergani sabab bo‘lgan.

Mazkur simptom tirnoqlar oldinga egiluvchan bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi va ayrim hollarda endokardit(yurak qon-tomir kasalligi)yoki o‘pka saraton va sil kasalliklariga xos bo‘ladi.

Tirnoqlarning ko‘kimtir bo‘lishi qonda kislorod kamligini bildiradi va o‘pka hamda yurak qon-tomir kasalliklari hamda anemiyada kuzatiladi.

Shunga qaramasdan internetdagi ma’lumotlar asosida o‘zboshimcha tashxis qo‘yish va vahimaga tushish yaramaydi. Sizda yuqoridagi alomatlar mavjud bo‘lsa, terapevt shifokorga murojaat qiling.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.