Nima uchun ertalab ishtaha yo‘qolib, kechki payt ovqatlanishga bo‘lgan istak kuchayadi?
Nega ertalab ishtaha bo‘lmay, kechki payt ovqatlanishga bo‘lgan istak kuchayib boradi?Barcha kashfiyot va tadqiqotlarga qaramay, fiziologik vazifalar anatomiyadan farqli o‘laroq faraziy bo‘lib qolmoqda. Ertalab ishtahasizlik va tushdan keyin uning mavjudligi juda keng tarqalgan hodisa bo‘lib, bu vazni yoshiga nisbatan ortiqcha yoki semirib ketgan odamlarda ko‘p uchraydi, deb yozadi Wday.
Foto: Pinterest“Kechki ishtaha”ning sabablari:
Qonda shakar miqdori
Ishtahaning yo‘qligi yoki paydo bo‘lishining sababi nima? To‘qlik mexanizmlaridan biri shakar darajasidir: u me’yorda yoki biroz ko‘tarilgan qiymatga ega bo‘lsa, u holda organizm va miya to‘q bo‘ladi. Qiymat pasayishi bilan miya organizmga signal yuboradi va ochlik hissi paydo bo‘ladi.
Nega tuni bilan ovqat iste’mol qilinmasa ham qonda shakar miqdori tushib ketmaydi? Bu ertalab stress gormonlari darajasi oshgani uchun. Shuningdek, glyukoneogenez qondagi qand miqdorini saqlab turadi. Natijada nonushta qilmaslik kuzatiladi.
Qolaversa, organizm ertangi kunga tayyorgarlik ko‘radi va uni yengishga yordam beradigan zahiralarni ishlab chiqarishni boshlaydi. Shu jumladan, glyukoza haqida ham g‘amxo‘rlik qiladi, uni qonga biroz ko‘proq chiqaradi. Bu o‘ziga xos tayyorgarlik hisoblanadi.
Kechqurun esa vaziyat butunlay boshqacha. Kun bo‘yi tinimsiz ishlash va to‘g‘ri ovqatlanish natijasida kechga yaqin organizmda kuchli ochlik hissi paydo bo‘ladi. Qonda shakar darajasi keskin tushib ketadi, oshqozonning bo‘shligi ham bunga qo‘shimcha bo‘ladi va bu kuchli ochlik hissini keltirib chiqaradi.
Inson qancha uzoq ovqatlanmasa, ishtahasi ham shuncha kamayadi
Ikkinchi sabab yana gormonaldir: grelin va leptin ochlik va to‘qlik hissini keltirib chiqaradi. Masalan, kechgacha ovqatlanmay, keyin biroz taom tanovul qilish va uyquga ketish natijasida ertalab ochlik gormoni ovqatlanish vaqti kelganligini ko‘rsatadi. Ammo inson uzoq vaqt ovqatlanmasa, ochlik hissi ham kamroq paydo bo‘ladi. Bunga ro‘za tutadiganlarni misol qilish mumkin.
To‘g‘ri har qanday gazak iste’mol qilish kuchli ochlikni faollashtiradi, shuning uchun bu ortiqcha vaznli odamlarda ko‘proq ovqatlanish istagini qo‘zg‘atishi mumkin. Oziq-ovqat yetishmasligi grelinni bostiradi va ochlikni hissini yo‘qotadi. O‘z navbatida, ertalab leptin(to‘qlik gormoni)darajasi biroz ko‘tariladi. Bunday vaziyatda nonushta qilishni xohlamaslik mantiqan to‘g‘ri.
Odat
Har kuni takrorlanadigan ovqatlanish xatti-harakati turmush tarzi, oiladagi ovqatlanish madaniyati, ish yoki maktabda ovqatlanish zarurati bilan shakllanadi. Kundalik harakatlar natijasida ma’lum bir odat paydo bo‘ladi va organizm o‘zini saqlab qolish uchun tashqi sharoitlarga moslasha boshlaydi.
Agar ertalab nonushta va kechki ovqatni o‘tkazib yuborish uzoq vaqt davomida takrorlansa, unda organizm barcha fiziologik jarayonlarning yangi ish rejimini yaratadi. Ya’ni inson mazkur odati bilan organizmni ertalab ovqat so‘ramasligi va kechqurun ovqat talab qilishiga moslashtiradi.
“Nonushta qilish uchun o‘zimni majburlashim kerakmi?”
“Doimiy ravishda nonushta qilmaslik salomatlik va umr ko‘rish davomiyligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini isbotlovchi tadqiqotlar mavjud. Biroq men sog‘lom odam faqat och qolganda ovqatlanishi kerak, deb hisoblayman. Ertangi yoki bir necha keyingi soat uchun ovqat yemang, buni odatga aylantirmang. O‘zingizni tinglang”, — deydi mutaxassis Tatyana Demyanenko.
Manba