Salomatlik Salomatlik Nima uchun hammasi yaxshidek tuyulsa ham, qon bosimini muntazam ravishda kuzatib borish kerak?

Nima uchun hammasi yaxshidek tuyulsa ham, qon bosimini muntazam ravishda kuzatib borish kerak?

O'qildi: 309


Nima uchun hammasi yaxshidek tuyulsa ham, qon bosimini muntazam ravishda kuzatib borish kerak?

Yuqori qon bosimi yurak, miya va buyrak kasalliklarining rivojlanish xavfini oshiradi. Shu bilan birga, odam o‘z ahvolidan bexabar bo‘lishi mumkin, chunki gipertoniya odamlarda ko‘pincha alomatsiz kuzatiladi. Boshqa hollarda esa bosh og‘rig‘i, quloqda shovqin, burundan qon ketish va ko‘rish qobiliyati pasayishi mumkin, deb yozadi Lifehacker.

Foto: Pinterest

Optimal bosim 120/80 ni tashkil qiladi, bu yurak uchun me’yor hisoblanadi. Gipertoniya tashxisi qo‘yilgan odamning qon bosimi turli kunlarda ikki marta 140/90 yoki undan yuqori bo‘ladi. Bunday ko'rsatkichlar bilan u o‘sib boradi va  insult, yurak ishemik kasalligi, shuningdek, kognitiv buzilishlar, masalan, demensiya xavfi ortadi. Bosim darajasi hayot davomida o‘zgarishi mumkin, shuning uchun inson o‘zini yaxshi his qilsa ham, yiliga bir necha marta ko‘rsatkichlarni o‘lchab turishi kerak.

Yuqori qon bosimi infarkt, insult va boshqa jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, gipertoniya bilan yashovchi bemorlarning faqat yarmi kasal ekanini biladi. Shu sababli o‘z faoliyatini muntazam tekshirib turish va profilaktik tekshiruvlar hamda tibbiy ko‘riklardan o‘tish muhimdir. Agar bosim me’yordan chetga chiqsa, mutaxassis bilan bog‘lanish kerak.

Nima uchun qon bosimi me’yorda turmaydi? 

Yosh o‘tishi, irsiyat, qandli diabet va buyrak kasalliklari kabi ko‘plab xavf omillarini nazorat qilib bo‘lmaydi yoki buni amalga oshirish juda qiyin. Ammo insonda ba’zi sabablarga ko‘ra ham qon bosimi oshishi mumkin. Masalan, noto‘g‘ri ovqatlanish, spirtli ichimliklar va tuzni ko‘p iste’mol qilish qon bosimining oshishiga olib keladi. Gipertoniya rivojlanishi sho‘r va qizarib pishgan ovqatlar iste’moli va ratsionda sabzavot hamda mevalarning yetishmasligi bilan tezlashishi mumkin. Bundan tashqari, jismoniy mashqlarsiz o‘troq hayot va ortiqcha vazn yurak-qon tomir salomatligiga salbiy ta’sir qiladi — tana massasi indeksi 25 dan oshmasligi kerak.

Ba’zi odamlar past qon bosimiga duch kelishadi. Bunday holat haddan tashqari jismoniy zo‘riqish va ovqatlanishning buzilishi bilan, masalan, bitta mahsulotni o‘z ichiga olgan monoparhezlar tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, qondagi glyukoza darajasining keskin pasayishi tufayli qandli diabetda ham qon bosimi tushadi.

Ko‘rsatkichlarni qanday qilib to‘g‘ri o‘lchash kerak?

Gipertoniya tashxisi mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi. Ammo uy sharoitida ham qon bosimini muntazam o‘lchash mumkin. Ko‘rsatkichlar to‘g‘ri bo‘lishi uchun bir nechta oddiy qoidalarga rioya qilish kerak.

Bilak manjetli tanometrdan foydalaning. Bu barmoq ustidagi qurilmalarga qaraganda aniqroq. Manjet yurak qarshisiga o‘ralishi kerak.

Qon bosimi tinch holatda o‘lchanadi. Eng yaxshisi, ertalab, nonushta va mashq qilishdan oldin o‘lchash kerak. O‘lchashni boshlashdan oldin besh daqiqa o‘tirish tavsiya etiladi.

Qulay holatni tanlang. Bosimni o‘tirganda, qo‘lni stolga qo‘yib, kaftni ochgan holda o‘lchash kerak. Orqa mushaklar tarang bo‘lmasligi lozim. Oyoqlarni chalkashtirib o‘tirish yoki gaplashish mumkin emas.

Bosim dinamikasini kuzatish uchun kundalik yuritish juda muhim. Gipertoniya bilan og‘rigan odamlar har bir qo‘lda bir necha daqiqalik interval bilan ikki yoki uchta o‘lchovni olib, o‘rtacha ko‘rsatkichni qayd etishi kerak. Qo‘llardagi bosim 20 mm Hg dan ortiq farq qilsa, tomirlarning holatini tekshirish tavsiya etiladi.

Kasallikning oldini olish uchun nima qilish kerak?

Eng muhim qadam — turmush tarzini o‘zgartirish.

Ratsionni qayta ko‘rib chiqish. Kuniga 5 grammdan ko‘p bo‘lmagan tuz iste’mol qilish kerak, to‘yingan yog‘larga boy oziq-ovqatlardan qochib, menyuda sabzavot va mevalar sonini ko‘paytirish lozim.

Spirtli ichimliklar va tamakidan voz kechish. Chekish gipertoniya bilan og‘rigan odamlarda yurak ishemik kasalligi va insult rivojlanish xavfini bir necha barobar oshiradi. Shuningdek, spirtli ichimliklar ko‘pincha yuqori qon bosimi uchun mo‘ljallangan dorilarga mos kelmaydi.

Ko‘proq harakatlanish. Aerobik mashg‘ulotlar, masalan, tez yurish va suzish qon bosimini pasaytirishga yordam beradi. Ammo kompyuter yoki televizor ekrani qarshisida kamroq vaqt sarflash kerak.

Vaznni kuzatib borish. Ortiqcha vaznli odamlar gipertoniyaga ko‘proq chalinadi va og‘irligi me’yorida bo‘lganlarda bu holat kamroq kuzatiladi.

Stress darajasini nazorat qiling. Me’yorda uxlash, ish kunini rejalashtirish va ijobiy his-tuyg‘ularni keltiradigan mashg‘ulotlarga vaqt ajratish lozim. Masalan, do‘stlar bilan suhbatlashish, kitob o‘qish, tabiat qo‘ynida sayr qilish.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.