Salomatlik Salomatlik E’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan ko‘z bilan bog‘liq 5 ta muammo

E’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan ko‘z bilan bog‘liq 5 ta muammo

O'qildi: 428


E’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan ko‘z bilan bog‘liq 5 ta muammo

Ko‘rish qobiliyatining pasayishi, ko‘z atrofidagi dog‘lar yoki uning qizarishi — ko‘pincha organizmda biror muammo borligini ko‘rsatadi. Bir qarashda zararsiz belgilar jiddiy kasalliklarning ilk alomatlari bo‘lishi mumkin, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Ko‘z oldida dog‘ va chaqnashlar

Har bir inson vaqti-vaqti bilan ko‘z o‘ngida qora nuqta yoki rangli doiralarni ko‘radi, ayniqsa, ko‘z uzoq vaqt charchagandan yoki quyoshga qaragandan keyin. Ammo agar ko‘z oldidagi qora nuqta uzoq vaqt davomida yo‘qolmasa(yoki hech qanday sababsiz paydo bo‘lsa)shifokor bilan maslahatlashishni unutmaslik lozim, bu to‘rpardaning sinishi yoki shikastlanishining alomati bo‘lishi mumkin.

Xollar

Ko‘z atrofida yoki qovoqlarda atrofida kattalashgan xollar, odatdagidan yiriklashgan sepkillar — bularning barchasi shifokorga murojaat qilish uchun sababdir. Ayniqsa, so‘nggi paytlarda quyoshda ko‘p qolgan bo‘lsangiz, buni e’tiborsiz qoldirmaslik zarur, bu melanomaning boshlang‘ich alomatlari bo‘lishi mumkin.

Qizargan, yallig‘langan ko‘zlar

Ko‘z qovoqlarining qizarishi, qurishi va ko‘zlarning achishish hissi 24 soat ichida yo‘qolmasa, bu shifokor ko‘rigiga borish uchun sababdir. Bu infeksiya konyunktivit yoki qalqonsimon bez kabi ichki organlar jiddiy kasalliklarining belgilaridan biri bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda, albatta, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Ko‘rish qobiliyatining buzilishi

Bu juda jiddiy alomat bo‘lib, oxirgi paytlarda ko‘zni ortiqcha zo‘riqtirganlikni anglatibgina qolmay, ikkinchi toifa diabetning belgilaridan biri bo‘lishi ham mumkin. Ba’zi boshqa jiddiy kasalliklar, jumladan, saratonning ayrim turlari ham ko‘rishning to‘satdan pasayishi sifatida namoyon bo‘ladi. Ko‘rish qobiliyatida salbiy o‘zgarishlar yuz bersa, darhol shifokor ko‘rigidan o‘tish zarur.

Ko‘z shaklining o‘zgarishi

Agar ko‘zlar(ikkalasi yoki bittasi)katta yoki kichikroq bo‘lsa, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish kerak. Bu miya tomirlarida biror narsa noto‘g‘ri ekanligi haqida signal bo‘lishi mumkin. Shaklida farq qilayotgan ko‘z insult haqida ogohlantirishi yoki miya chayqalishi haqida xabar beradi. Qanday bo‘lmasin, bu alomatni e’tiborsiz qoldirmaslik kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.