Salomatlik Salomatlik Bolaning aqliy salohiyatini oshirishga yordam beradigan 7 ta samarali usul

Bolaning aqliy salohiyatini oshirishga yordam beradigan 7 ta samarali usul

O'qildi: 368


Bolaning aqliy salohiyatini oshirishga yordam beradigan 7 ta samarali usul

“Lisa.ru” nashri taqdim etgan bir nechta oddiy maslahatlar bolaning miya faoliyatini yaxshilashga va akademik muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi.

Foto: “Lisa.ru”

Nonushtani to‘g‘ri tayyorlang

Bolani maktabga yuborishdan oldin ota-onalar odatda nonushta tayyorlaydi. Ammo o‘tkazib yuborilgan ertalabki ovqat fikrlash va o‘rganish qobiliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Maktablari nonushta beriladigan mamlakat o‘quvchilarida xotira, e’tibor, matematik va og‘zaki qobiliyatlar boshqalarnikiga qaraganda farq qiladi, bu esa akademik yutuqlarga ijobiy ta’sir qiladi.

Nonushta uchun eng foydali va ishtaha ochar mahsulotlarni tanlash tavisya etiladi. Bunday oziq-ovqatlar o‘sib borayotgan organizmni muhim vitamin va minerallar bilan ta’minlaydi, o‘quvchining aql-zakovati va tahlil qilish qobiliyatini charxlaydi, ularni quvvat bilan to‘ldiradi, ong faolligini oshiradi.

Bolaning ratsionini nazorat qiling

Oziqlanish miya faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ratsionga nima kiritish kerakligini bilish kerak.

Yog‘lar. Bu juda muhim, chunki miya 60 foizdan iborat. Omega-3 yog‘ kislotalari eng ko‘p miqdorda dengiz baliqlari, yong‘oq va urug‘larda mavjud. Omega-3 ni muntazam iste’mol qilish, ayniqsa, intellektual stress davrida miya faoliyatini yaxshilaydi va o‘rganish qobiliyatini oshiradi.

Hayvon oqsili. Ular go‘sht, baliq, tuxum va sut mahsulotlarida mavjud. Hayvon oqsillari bolani qimmatli aminokislotalar — triptofan va tirozin bilan ta’minlaydi. Ularsiz miyada hech qanday ma’lumot saqlanmaydi, tushkun kayfiyat va charchoq tark etmaydi.

Uglevodlar. Ular miyani glyukoza bilan ta’minlaydi. Ammo shirinliklardan olingan uglevodlarga e’tibor qaratmaslik kerak: ular energiyaning keskin ko‘tarilishi, keyin esa zaiflik, charchoq va konsentratsiyani qiyinlashtiradi. Don va sabzavotlardagi sekin uglevodlarga esa asta-sekin glyukoza bilan to‘yintiradi.

Antioksidantlar. Ushbu moddalar miya hujayralarini shikastlanishdan himoya qiladi. Mevalar antioksidantlarga boy bo‘lib, muntazam ravishda bolaning ratsioniga malina, klyukva, golubika va qorag‘at kiritish kerak.Shu bilan birga, bolaning ratsionidan konservantlar(ularning ko‘pi kolbasa, sosiska, dudlangan go‘sht), xushbo‘ylashtiruvchi moddalarni chiqarib tashlash lozim. Bu komponentlarning barchasi bolaning miyasida dopamin va serotonin almashinuviga yaxshi ta’sir ko'rsatmaydi.

Bolaning yetarlicha uxlayotganiga ishonch hosil qiling

Ma’lumotlarga ko‘ra, yaxshi uxlayotgan bolalarda uxlashda muammosi bo‘lgan tengdoshlariga qaraganda ortiqcha vazn va tushkunlikka tushish xavfi kamroq. Bundan tashqari, ular imtixonlarda yaxshi natijalarga erishadi va odatda faolroq hayot kechiradi. Yozgi ta’tildan so‘ng bola uchun kun tartibini o‘zgartirish qiyinmi, u yomon uyqu va dahshatli tushlardan shikoyat qiladimi?Stressni kamaytirish uchun maxsus uyqu tabletkalari yordam beradi. Shuningdek, yostiq ichiga tinchlantiruvchi giyohlardan ham solish mumkin, masalan, moychechak, yalpiz va limon.

Bola yetarlicha suv ichadimi?

Ko‘pgina bolalar oddiy suv ichishni xohlamaydi, ular gazli ichimliklar va xushbo‘y sharbatlarni afzal ko‘radi. Biroq olimlarning ta’kidlashicha, agar bola oddiy suv yoki mineral suvini yetarli darajada ichsa, uning diqqati, fikrlashi va xotirasi yaxshilanadi. Shu bilan birga, ozgina suvsizlanish ham kognitiv funksiyalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Faollik haqida unutmang

Foto: “Lisa.ru”

Bolaning hamma vaqti uyda o‘tmasligini nazorat qiling, ularning kun tartibida yurish, o‘yinlar, darsdan tashqari sevimli mashg‘ulotlar uchun vaqt bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, bola smartfonda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni tekshirish va o‘ziga yoqqan postlarni yoqtirish bilan emas, balki toza havoda faol rejimda dam olishi kerak. Sayrga chiqmaslik, kuni bilan televizor qarshisida o‘tirish natijasida dangasalik paydo bo‘ladi. Bunday turmush tarzi bolani kasal qiladi. Jismoniy faollik tufayli miya kislorod bilan yaxshiroq ta’minlanadi, ma’lumotni yanada samarali qabul qiladi va qayta ishlaydi.

Shu bilan birga, jang san’ati, tennis va raqs xotira hajmini va fikrlash tezligini oshirishi, aerobik mashqlar(suzish, yugurish, yurish)miyaning tuzilishini o‘zgartirishi mumkinligi aniqlandi.

Xushbo‘y hid taratuvchi chiroqlardan foydalaning

Aromaterapiya xotira va diqqatni yaxshilaydi. Xushbo‘y hid taralib turadigan xonada bola uy vazifasini tezroq va aniqroq bajaradi. Shuning uchun ba’zida bu kabi vositalarga ham murojaat qilish kerak.

Bolalar xonasini yorqin ranglarga bo‘yang

Rang diqqat, xotira va umuman, bolaning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar bola o‘ta sho‘x va faol bo‘lsa, nafis ranglarni tanlash lozim — pushti, och yashil, ko‘k. Ular asab tizimini tinchlantiradi va sokinlik hissini yaratadi. Shuning uchun bolalar xonasi derazasi quyoshli tomonga qaragan bo‘lsa, juda foydali bo‘ladi. Aytgancha, sariq rang bolalar xonasida og‘ir va uyatchan bolalarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.