Salomatlik Salomatlik Faqat xollar emas: teri saratoni kasalligining kosmetolog ham sezishi mumkin bo‘lgan 5 ta alomati

Faqat xollar emas: teri saratoni kasalligining kosmetolog ham sezishi mumkin bo‘lgan 5 ta alomati

O'qildi: 344


Faqat xollar emas: teri saratoni kasalligining kosmetolog ham sezishi mumkin bo‘lgan 5 ta alomati

Teri saratonining eng keng tarqalgan alomati bu shakli hamda rangini o‘zgartirgan xollardir. Ammo bu xavfli kasallikning boshqa belgilari ham bor. Ular oddiy teri muammolari sifatida ham yashiringan bo‘lishi mumkin. Kasallikni o‘z vaqtida payqab olish uchun quyidagi alomatlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Foto: “Virmed”

Yo‘qolmaydigan husnbuzarlar

Uzoq vaqt davomida yo‘qolmaydigan, ayniqsa, qonashni boshlaydigan husnbuzarlar — shoshilinch ravishda shifokorga murojaat qilish uchun sababdir. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu belgi ham teri saratonining eng keng tarqalgan shakli — bazal hujayrali karsinoma namoyoni bo‘lishi mumkin.

Terining muntazam sho‘ralashi

Kuz va qish mavsumida teri yuzasida ko‘proq sho‘ralash va ko‘chish holatlari yuz beradi. Bunda terini yumshatish, himoya qilish va namlik muvozanatini tiklash uchun maxsus vositalardan foydalanish zarur. Ammo teri ko‘chishi ma’lum bir hududda qayta-qayta kuzatilsa va uzoq vaqtgacha yo‘q bo‘lib ketmasa, iloji boricha tezroq shifokor bilan maslahatlashish kerak. Sababi bu ultrabinafsha nurlari keltirib chiqaradigan teri saratoni kasalligining ilk belgilari bo‘lishi mumkin.

Tirnoqda qizil chiziqlarning paydo bo‘lishi

Ko‘pgina hollarda bir yoki bir necha tirnoqlarda qizil chiziq paydo bo‘lishi mumkin. Kalsiy yetishmovchiligi tufayli yuzaga keluvchi bu jarayon tirnoq plastinkasining ingichkalashib borayotganligidan ogohlantiradi. Bunday vaqtda dermatolog bilan maslahatlashish zarur. Chunki ba’zida tirnoqlardagi qizil chiziq psoriaz yoki tanada paydo bo‘lgan yangi o‘simta alomati bo‘lishi ham mumkin.

Sepkil va dog‘lar

Bahor va yoz oylari sepkillarning ko‘payish mavsumi hisoblanadi. Dog‘lar esa yoshga bog‘liq holda rangi biroz qorayib ham qolishi mumkin. Ammo tanadagi har bir yangi dog‘ni kuzatib borish kerak va iloji boricha o‘zgarishlar haqida shifokorga ma’lumot berish zarur. Agar ularning kattalligi, kengligi va rangi o‘zgarsa, teri yuzasidan bo‘rtib chiqsa, bu, albatta, xavfli kasallik alomati bo‘lishi mumkin.

Lablarning yorilishi

Har qanday mavsumda lablarni namlantiruvchi maxsus balzamlardan foydalanish kerak. Lablarning qurib qolishi nafaqat yoqimsiz, balki xavfli hamdir. Ob-havodan qat’i nazar lablar qurib qolsa va yorilib ketsa, dermatolog-onkolog bilan bog‘lanish zarur. Sababi bunday vaqtda lab terisida melanoma rivojlanib borishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.