Salomatlik Salomatlik Nima uchun inson to‘satdan o‘rnidan turganda, ko‘z oldi qorong‘ilashib, bosh aylanadi?

Nima uchun inson to‘satdan o‘rnidan turganda, ko‘z oldi qorong‘ilashib, bosh aylanadi?

O'qildi: 277


Nima uchun inson to‘satdan o‘rnidan turganda, ko‘z oldi qorong‘ilashib, bosh aylanadi?

Vaziyatni tasavvur qilish qiyin emas: stolda o‘tirib, kompyuterda uzoq vaqt davomida hamda katta kuch sarflab ishlaysiz. Keyin ish yakunlanadi yoki tanaffus qilish vaqtida sayr qilishga qaror qilasiz. To‘satdan o‘rningizdan turasiz-u, keyin g‘ayrioddiy bir narsa sodir bo‘ladi: bosh aylana boshlaydi, ko‘z oldi qorong‘ilashib, hatto yiqilib tushadigandek tuyilishi mumkin. Bunday vaziyatda ko‘z pirpirab, qo‘l bilan duch kelgan joyni ushlaysiz. Bir necha daqiqadan so‘ng paydo bo‘lgan alomatlar tezda yo‘qoladi. Wday nashri quyida buning sababini ma’lum qildi.

Foto: Wday

Ko‘z oldi qorong‘ilashishi va bosh aylanishidan tashqari odam boshqa bir qator alomatlarga duch kelishi mumkin. Masalan:

  • zaiflik;
  • quloqda shovqin paydo bo‘lishi;
  • terlashning ko‘payishi(sovuq ter);
  • rangparlik;
  • oyoqda tura olmaslik;
  • boshdagi og‘irlik;
  • vaqt va makonni unutish;
  • aqliy faoliyatning pasayishi;
  • ko‘ngil aynishi.
Odatda bunday holat taxminan 3-4 soniya davom etadi, lekin ba’zi hollarda qisqa muddat davomida ongni ham yo‘qotish mumkin.

Ko‘z oldining keskin qorayishi va bosh aylanishi sabablari

“Bosh aylanishi va ko‘z o‘ngi qorayishi miyada anoksiya paydo bo‘lishi bilan bog‘liq, ya’ni kislorod miyaga yetib bormaydi, — deydi Natalya Axtyamova. — Bu organizmning pozitsiyasi va tomirlardagi bosim keskin o‘zgarganligi sababli sodir bo‘ladi, natijada qon bosimining pasayishiga olib keladi”.

Shuning uchun qon miyaga yetib bormaydi. Juda sezgir joylar optik nervlar va miyaning ko‘rish uchun mas’ul bo‘lgan qismidir. Shuning uchun ko‘z oldi qorong‘ulashadi va hatto qisqa muddat davomida ong funksiyasi to‘xtatishi ham kuzatiladi. Buning sababi bosim bilan bog‘liq muammo ham bo‘lishi mumkin, chunki yuqori bosimda ham ko‘z oldi qorayadi.

Boshqa sabablarga quyidagilar kiradi:

  • hissiy yoki doimiy stress;
  • kuchli jismoniy faollik;
  • vitamin va ozuqa moddalarining yetishmasligi;
  • qondagi gemoglobin darajasining ko‘tarilishi;
  • endokrin tizim kasalliklari(masalan, qandli diabet);
  • homiladorlik;
  • suvsizlanish;
  • ortiqcha ishlash;
  • miyadagi yallig‘lanish jarayonlari;
  • balandlikka chiqish.
E’tibor bering, faqat shifokor bir qator tekshiruvlardan so‘ng sababni aniqlab, tashxis qo‘yishi mumkin. Shuning uchun, ta’riflangan belgilarning tez-tez paydo bo‘lganda jiddiy kasalliklar ehtimolini istisno qilish uchun malakali mutaxassisga murojaat qilish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.