SSV: Odam papilloma virusini aniqlash uchun bepul skrining tekshiruvlari davom etmoqda
Bachadon bo‘yni saratoni — butunlay oldini olish mumkin bo‘lgan onkologik kasallik. Buning uchun uni erta aniqlash, tashxislash zarur. Bu esa kasallanish va o‘lim holatlarining oldini olishga yordam beradi.
Xo‘sh, xavotirlanishga qanday asos bor?
Gap shundaki, O‘zbekistonda bu xastalik barcha yoshdagi ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi saratonidan keyingi o‘rinni egallaydi. O‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha esa barcha yoshdagi ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi va oshqozon bezi saratonidan keyin uchinchi va tug‘ish yoshidagi ayollar orasida esa ikkinchi pog‘onada qayd etiladi.
Shu sababli ayni kunlarda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti hamda Janubiy Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi hamkorligida joylarda ijtimoiy aksiya o‘tkazilmoqda. Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi 5 ta, Andijon viloyatidagi 3 ta hamda Samarqand shahridagi 5 ta markaziy oilaviy poliklinikada bepul skrining tekshiruvlari tashkil etilgan.
Ular quyidagi manzillarda joylashgan:
Toshkent shahri bo‘yicha:
Yunusobod tumani markaziy poliklinikasi
Yunusobod tumani, 19-mavze, Yunus ota ko‘chasi, 2-uy.Chilonzor tumani markaziy poliklinikasi
Bunyodkor shohko‘chasi, 7-a uy.
Mirzo Ulug‘bek tumani markaziy poliklinikasi
TTZ-2 mavzesi, Ahillik mahallasi.
Yashnobod tumani markaziy poliklinikasi
Maxtumquli ko‘chasi, 2-uy.
Shayxontohur tumani markaziy poliklinikasi
Ko‘kcha darvoza ko‘chasi, 305-uy.
Andijon viloyati bo‘yicha:
Andijon shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi
Andijon shahri, Mashrab ko‘chasi, 39-uy.
Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 1-oilaviy poliklinikasi
Andijon shahri, Toshkent ko‘chasi, 50-uy.
Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 4-oilaviy poliklinikasi
Andijon shahri, “Yorboshi” MFY, Nayman ko‘chasi, 30-uy.
Samarqand viloyati bo‘yicha:
Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi
Samarqand shahri, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 1“A”-uy.
Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 1-oilaviy poliklinikasi
Samarqand shahri, Mulloqandova ko‘chasi, 4-uy.
Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 2-oilaviy poliklinikasi
Samarqand shahri, Orzu Mahmudov ko‘chasi, 1-uy.
Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 3-oilaviy poliklinikasi
Samarqand shahri, G‘iyosiddin Jamshid ko‘chasi 21-uy.
Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 9-oilaviy poliklinikasi
Samarqand shahri, Spitamen shohko‘chasi, 207-uy.
Bepul skrining tekshiruvlari tibbiy ro‘yxatda turuvchi 30 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar uchun mo‘ljallangan.
Manba