Shokolad haqida sizga manzur keladigan 8 ta fakt
Sport bilan shug‘ullanib, vazn tashlashga muvaffaq bo‘lganlar keyinchalik ham parhezga rioya qilishi kerak. Ammo bunga hamma ham amal qilmaydi, ba’zida shirinliklardan o‘zini inkor eta olmaydi. Go‘zallik o‘z yo‘liga, ammo shokoladdan voz kechish sog‘lom turmush tarzi uchun motivatsiyani jiddiy ravishda zaiflashtirishi mumkin. Deyarli hamma shokoladni yaxshi ko‘rishi shubhasiz, u haqidagi foydali ma’lumotlar esa buning yaqqol isbotidir, deb yozadi Marie Claire.
Foto: Marie ClaireQora shokolad foydali
Qora shokolad sutli shokoladga qaraganda ancha foydali. Buni birinchi navbatda inobatga olish kerak. Odatda iste’mol qilinadigan shirinlik va shokoladlarda kakao juda oz, ammo shakar ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun qora shokolad iste’mol qilish tavsiya etiladi. Taxminan 30 gramm qora shokolad kunlik me’yorni tashkil qiladi.
Shokolad qahva o‘rnini bosadi
Shokolad tarkibida teobromin deb ataladigan modda mavjud bo‘lib, uni kofeinning o‘rinbosari deb atash mumkin. Biroq uning ta’siri ancha zaif, u yurak-qon tomir va asab tizimini yengil va zararsiz ravishda rag‘batlantiradi. Olimlar teobrominning halokatli dozasini bir vaqtning o‘zida 30 kilogramm shokolad iste’mol qilish orqali olish mumkinligini hisoblab chiqdi.
Foto: PinterestSutli shokolad — energiya manbasi
Indiana universiteti tadqiqotchilari sutli shokolad haqida bir nechta faktlar taqdim etdi. Odatda velosipedchilar guruhini shokolad bilan boqishadi. Natijada sutli shokolad iste’mol qiladiganlar mashg‘ulotdan keyin ancha kam charchaydi. Shuning uchun sportchilarga sutli shokolad iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Meksika shokoladi: barcha kasalliklarga davo
Meksikaning ba’zi shtatlarida xalq tabiblari odamlarni shokolad bilan davolaydi. Dorivor moddalar arsenalida shokoladli ichimlik oxirgisi emas. Masalan, bronxit bilan kasallanganda shokolad ichish kerak. Bundan tashqari, bolalarga ertalab shokolad ichish tavsiya etiladi, chunki undan keyin hech qanday chayon, ari yoki boshqa hasharotlar ularga zarar bera olmaydi.
Foto: PinterestDunyo bo‘yicha eng ko‘p shveysariyaliklar shokolad iste’mol qiladi
Dunyoda shokolad iste’moli bo‘yicha birinchi o‘rinda Shveysariya turadi. Har bir shveysariyalikka yiliga 10 kilogramm shokolad to‘g‘ri keladi. Agar kuniga tavsiya etilgan 30 gramm shokolad iste’mol qilinsa ham, yiliga 9 kilogrammdan ko‘p bo‘lmaydi. Demak, shveysariyaliklar chindan ham shokoladni yaxshi ko‘radi.
Qora shokolad ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi
Qora shokolad qon bosimini pasaytiradi, miyaga qon oqimini oshirib, xotira, diqqat, reaksiya tezligi va muammolarni hal qilish qobiliyatini yaxshilaydi. Shokolad tadqiqotchilari ob-havo sharoiti yomon bo‘lgan mamlakatlarda bu shunchaki zarur ekanligini aniqladi, chunki u ko‘rish qobiliyatiga ta’sir o‘tkazadi.
Foto: PinterestShokolad terini quyosh nurlaridan himoya qiladi
Nemis olimlari, aftidan, chet ellik hamkasblarini ortda qoldirmoqchi bo‘lib, shokolad tarkibidagi flavonoidlar ultrabinafsha nurlarini o‘zlashtirib, terini himoya qilishga yordam berishini aniqladi. Aytgancha, ular shokolad iste’mol qilish va husnbuzar o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik topmadi. Ammo ba’zilarda shokoladga allergiya bo‘lishi mumkin.
Shokolad sanoatida butun dunyo bo‘ylab 50 milliondan ortiq odam ishlaydi
Dunyoda turli retseptlarga ko‘ra ko‘plab shokolad ishlab chiqaradi. Ushbu ulkan ishlab chiqarishda butun dunyo bo‘ylab 50 milliondan ortiq kishi ishtirok etadi. Tasavvur qiling-a, shokolad tufayli qancha odam ish, daromad va shokolad sotib olish imkoniyatiga ega!
Manba