Ulg‘ayganda salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan bolalikdagi 8 ta odat
Hammaning bolalikdagi odatlari o‘xshash — shakar choy ichish, sportni yoqtirmaslik va nonushta uchun sendvich iste’mol qilish. Marie Claire nashri inson ulg‘ayganda tashqi ko‘rinishi hamda salomatligiga putur yetkazadigan bolalikdagi odatlar bilan bo‘lishdi.
Foto: “Noviy ochag”Qaynatilgan va qovurilgan kartoshka
Kartoshka barcha mamlakatda sevib iste’mol qilinadigan mahsulotdir. Bolalikdanoq ushbu foydali mahsulotni go‘sht bilan birga iste’mol qilish odat shakllangan. Ammo buni keyinchalik kamaytirish kerak. Gap kaloriyalarda emas — 100 gramm pishirilgan kartoshka atigi 82 kkalni o‘z ichiga oladi, bu aslida unchalik ko‘p emas, lekin kartoshka yog‘ to‘qimalarining shakllanishiga hissa qo‘shadigan oson hazm bo‘ladigan uglevodlar manbai hisoblanadi, shuning uchun kartoshkani salat yoki sabzavot bilan almashtirish tavsiya etiladi.
Shakar choy
Shakar choy badanga selyulit tushishi va yana o‘nlab muammolarga sabab bo‘ladi. Albatta, shirin choy ichish yoqimli odat, lekin esda tutish kerakki, shakar qo‘shilgan choy sport zalida sarflash kerak bo‘lgan qo‘shimcha kaloriya hamdir.
Shirinliklar
Bolalikda kechki ovqatdan keyin muzqaymoq yoki sevimli karamel iste’mol qilish odati mavjud. Ammo shirinliklarni me’yorida iste’mol qilish kerak, chunki ularda oson hazm bo‘ladigan uglevodlar bo‘lib, bu nafaqat vazn bilan bog‘liq muammolarga olib keladi, balki o‘ziga qaram ham qiladi.
Sariyog‘li sendvich
Sendvichlar ham fastfuddan farq qilmaydi. Chunki ular ham uglevod, yog‘ va xolesterindan iborat. Agar non va sariyog‘ga bir bo‘lak pishloq yoki kolbasa qo‘shilsa, bu organizmga qanday zarba berishini tasavvur qilish qiyin. Ha, sendvichlar tezda qorinni to‘ydiradi, ammo bunday mahsulotni uzoq vaqt davomida iste’mol qilish gastritning kuchayishi va vazn ortishiga olib keladi.
Gazli ichimliklar
Gazli ichimliklarsiz bolalar bayrami bayram emas. Kamalak rangidagi gazlangan shirin va salqin ichimliklarni barcha bolalar yaxshi ko‘radi, lekin bu vaqtda qomat, tish va oshqozon salomatligi haqda hech kim o‘ylamasligi aniq. Shakar, sun’iy qo‘shimchalar, konservantlar, kilogramm ortishiga hissa qo‘shib, organizmga faqat zarar keltiradi.
Ratsionda sabzavotlarning yetishmasligi
Salatni garnir sifatida iste’mol qilish bolalikda qiyinchilik tug‘dirgan. Brokkoli, bodringni esa imkon qadar iste’mol qilmasligi tabiiy holat. Ammo vaqt o‘tib, ovqatlanish odatlari biroz o‘zgardi, sabzavotlar esa kundalik ratsionga kiritildi. Axir ular vitamin, mikroelement va antioksidantlarning ajoyib manbaidir. Ular vaznga salbiy ta’sir o‘tkazmaydi, aksincha, organizmning tozalanishiga hissa qo‘shadi.
Sportsiz turmush tarzi
Kim jismoniy tarbiya darsiga qatnashmagan bo‘lsa, u maktabda o‘qigan hisoblanmaydi. Bolalik yillarda jismoniy tarbiya bilan bog‘liq turli o‘yinlardan zavqlanmaslik mumkin emas. Ammo vaqtida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmagan bolalar keyinchalik sport zalida yoshlikni yodga soluvchi barcha qurilmalar uchun pul sarflaydi.
Har qanday mahsulotni iste’mol qilish
Sho‘rva, konfet, chips, kotlet, sabzavot va nihoyat shokolad: har qanday inson yoshligidagi ovqatlanish tartibini yodga olib, hayratga tushishi mumkin. Bugungi kunda salomatlik hamda vazn uchun detoks, smuzi va parhezlar yordamida organizmni me’yorda ishlashiga imkon yaratilmoqda. Albatta, bularning barchasi muntazam mashg‘ulotlar va to‘g‘ri ovqatlanish natijasidir.
Manba