Buyraklar og‘riganda shifokorga murojaat qilgunga qadar qanday yo‘l tutish kerak?
Buyrak kasalligi ko‘pincha kuchli og‘riq bilan birga kuzatiladi. Buyrak og‘rig‘ida shifoxonaga tashrif buyurish yoki tez yordam kelishidan oldin holatni yengillashtirishning bir necha yo‘li mavjud, deb yozadi Wday.
Foto: WdayNima uchun buyraklarda og‘riq paydo bo‘ladi?
Buyraklarning vazifasi qonni tozalash va toksinlarni organizmdan chiqarib tashlashdir. Turli kasalliklar tufayli bu juftlashgan organ samaradorligini yo‘qotishi mumkin. Bundan tashqari, kasallik kuchli o‘tkir og‘riq bilan birga kuzatiladi, bu butun inson organizmiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Eng ko‘p uchraydigan buyrak kasalliklari:
- piyelonefrit — buyraklar va tashqi qobiq yuqumli genezasining o‘tkir yoki surunkali yallig‘lanish jarayoni;
- urolitiyoz — buyraklar, peshob va o‘t pufagida tosh shakllanishining patologik jarayoni, metabolik kasalliklar, autoimmun yoki orttirilgan kasalliklar tufayli kelib chiqadi;
- gidronefroz — buyrakda(buyraklar) peshob chiqishining buzilishi;
- buyrak kolikasi — bir yoki bir nechta kasalliklar tomonidan qo‘zg‘atilgan sindrom, bunda bemor bel va bevosita buyrakda kuchli o‘tkir og‘riqni his qiladi.
Ammo bemorning ahvolini yengillashtirishning bir necha xavfsiz usullari mavjud.
Alomatlarni yo‘qotish uchun uyda tavsiya etilishi mumkin bo‘lgan yagona narsa — shifokor tashrifidan oldin bir necha kichik qultum suv ichish. Kasalxonada buyrak og‘rig‘i uchun ichiladigan vosita nefrolog yoki terapevt tomonidan qat’iy nazorat qilinadi.
Odatda buyrak kasalliklari uchun gormonal dorilar, og‘riq qoldiruvchi vositalar, mushaklar spazmini yengillashtiradigan antibiotiklarni o‘z ichiga olgan kompleks terapiya qo‘llaniladi.
Agar og‘riq chidab bo‘lmas darajada bo‘lsa, buyurilgan og‘riq qoldiruvchi vositalarni qabul qilish mumkin. Qanday dorilarni, qancha va qachon ichilganini yozib qo‘yish va bu yozuvlarni shifokorga berish tavsiya etiladi.
Ba’zida buyraklardagi og‘riq surunkali sistit tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Agar shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng nima ichish mumkinligi haqida savollar bo‘lsa, unda quyidagi ma’lumotlar yordam beradi:
- ratsiondan barcha o‘tkir, nordon va spirtli ichimliklarni chiqarib tashlash;
- yengil mevali kompotlar, mevali ichimliklar ichish;
- organizmni toksinlardan tozalash uchun moychechak choyi ichish.
Buyraklardagi og‘riqlar uchun suv, mevali ichimliklar va o‘simlik choylarini ichish mumkin. Dori-darmonlarni o‘zboshimchalik bilan qabul qilish jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun bu masalani shifokorga qoldirish lozim.
Agar buyraklar tez-tez og‘riydigan bo‘lsa, ratsionga klyukva qo‘shish tavsiya etiladi. Bu xavfli buyrak kasalligi va yallig‘lanishni keltirib chiqaradigan kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarga qarshi kurashish uchun samarali mahsulot. Tarvuz yoki tarvuz sharbati ham buyraklar faoliyatini yaxshilaydi.
Agar to‘satdan yon, bel va pastki qovurg‘alarda o‘tkir og‘riq paydo bo‘lsa, kechiktirmasdan tez yordam chaqirish kerak. Bu buyrak kolikasi alomati bo‘lishi mumkin. Ushbu vaziyatda og‘riq qoldiruvchi vositalarni qabul qilmaslik kerak: o‘tkir jarrohlik patologiyasi, masalan, appenditsit yoki pankreatit kolik xuruji ortida niqoblanishi mumkin. Vaziyatni yengillashtirish uchun issiq hammomda 10-15 daqiqa davomida o‘tirish, termal muolajalar bir muddat og‘riqni yengillashtiradi.
Buyraklarning me’yorda ishlashi uchun shartlardan biri to‘g‘ri ichish rejimidir. Kuniga kamida 1-2 litr toza suv ichish kerak, bu ayniqsa infeksiyalarga moyil bo‘lgan odamlar, shuningdek, urolitiyoz uchun ham zarurdir.
Buyrak funksiyasining buzilishida oqsil iste’molini cheklash kerak: zaiflashgan buyraklar oqsil mahsulotlarini kerakli miqdorda chiqara olmaydi va azotli toksinlar qonda to‘planadi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, oqsilni butunlay rad etib bo‘lmaydi, chunki organizm mushak to‘qimasidan kerakli aminokislotalarni olishni boshlaydi.
Manba