Tishlarni qahva dog‘laridan himoya qilishning 7 usuli
Qanchalik ko‘p qahva va choy ichilsa, tishlarning asl oq ko‘rinishi yo‘qolib boradi. Ammo “Noviy ochag” taqdim etgan oddiy maslahatlar muammoni yengishga yordam beradi.
Foto: “Noviy ochag”Kundalik bir chashka qahva ichish tishlarning emalida sariq dog‘lar paydo bo‘lishining eng keng tarqalgan sabablaridan biridir, bu bilan kurashish juda qiyin. Gap shundaki, tish emali mikroskopik yoriqlar bilan qoplangan bo‘lib, unda oziq-ovqat va ayniqsa ichimliklar zarralari to‘planadi. Agar ular o‘z vaqtida olib tashlanmasa, bu zarralar asta-sekin emalning chuqur qatlamlariga ta’sir qila boshlaydi va tishlarda dog‘lar paydo bo‘ladi.
Tishlarni muntazam yuvishni unutmang
Kuniga ikki marta, oqartuvchi tish pastasi bilan, to‘g‘ri texnikada va muntazam ravishda tishlarni yuvish kerak. Bu stomatologik salomatlik va parvarishning alfa va omegasidir, shuning uchun ushbu foydali odatni unutmaslik lozim.
Tish ipidan foydalaning
Ipni muntazam ravishda ishlatmaslik tish va milk bilan bog‘liq muammolarning eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biridir. Tish cho‘tkasi barcha bakteriyalarni og‘izdan olib tashlashga yordam bermaydi, ammo ip bilan tozalash bakteriyalardan mukammal qutulish imkonini beradi.
Naycha orqali iching
Tishlarga suyuqlik qancha kam tegsa, shunchalik kamroq dog‘lar hosil bo‘ladi. Qahvaning tishlarga tegishini kamaytirish uchun ichimlikni naycha orqali ichishga harakat qilish kerak. Aytgancha, bu ichimlikni juda issiq ichmaslikka ham yordam beradi va shu bilan tomoq saratoni xavfini kamaytiradi.
Qahvaga sut qo‘shing
Xalqaro og‘iz gigiyenasi jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, sutda mavjud bo‘lgan kazeyin oqsili choy va qahva tarkibidagi taninlarni(tishlarda qoldiq qoldiradigan achchiq ta’mli zarralar)tuzatib, ularning tishlarga joylashishining oldini oladi. Asosiysi, hayvon sutidan foydalanish — kazeyin faqat uning tarkibida mavjud.
Qahvani suv bilan iching
Agar qahvadan keyin bir qultum suv ichsangiz, u suyuqlikni tezda yuvishga yordam beradi va uning tishlarga cho‘kishining oldini oladi. Bundan tashqari, bir chashka qahvadan keyin bir stakan suv organizmdagi sog‘lom suyuqlik darajasini tiklashga yordam beradi.
Qahvani tezda iching
Agar qahva tezda ichilsa, tishlarga kamroq rang beruvchi moddalar tushadi va ularning rangi yomonlashmaydi. Ammo maslahat faqat qahvaning kuch kerak bo‘lganda ish beradi. Agar ta’mga qiziqsangiz, uni xotirjam ichgan ma’qul.
Saqich chaynang
Saqich chaynalganda, og‘izda ko‘proq so‘lak hosil bo‘ladi, bu tishlardan zararli dog‘larni yuvishga yordam beradi. Shunday qilib, qahva ichgandan so‘ng 15 daqiqa davomida saqich chaynash tishlar uchun foydali, faqatgina shakarsiz saqich tavsiya etiladi.
Manba