Yaqinlashib kelayotgan infarktning xurujdan bir oy avval paydo bo‘ladigan tungi alomati
Ushbu alomat xurujdan bir oy oldin yaqinlashib kelayotgan infarkt haqida ogohlantirishi mumkin. Tadqiqotlar shuni tasdiqladiki, bu kabi alomatlar ko‘pincha ayollarda kuzatiladi, deb yozadi Marie Claire.
Foto: Marie ClaireYurak xurujining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu holat kamdan-kam hollarda erta ogohlantirish belgilari bilan namoyon bo‘ladi, bu esa kasallikning oldini olishni qiyinlashtiradi. Biroq ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ayollarning deyarli yarmi infarktga qadar bo‘lgan oyda bitta aniq alomatdan azob chekadi.
Potentsial yurak xuruji qurboni organizmdagi o‘zgarishlarni qanchalik oldindan seza boshlashi muhokama qilinadi. Ba’zi tadqiqotchilar buning barchada bir xil kuzatilmasligiga ishonadi, chunki ularning ayrimlari erkaklarnikiga qaraganda ayollarda ko‘proq uchraydi. Buning sababi shundaki, erkaklar odatda katta koronar arteriyalarning tiqilib qolishdan aziyat chekishadi, ayollar esa mikrosirkulyator deb nomlanuvchi kichik arteriyalarning tiqilib qolishiga ko‘proq moyil.
Circulation jurnalida chop etilgan hisobotda tadqiqotchilar suhbatlashgan ayollarning 48 foizi yurak xurujidan bir oy oldin uyqu buzilishidan aziyat chekkan. Bu ayollarning yana bir keng tarqalgan shikoyati noodatiy charchoq edi, bu respondentlarning 71 foizigacha ta’sir ko‘rsatdi.
Heart and Lung: The Journal of Cardiopulmonary and Acute Care jurnalida chop etilgan hisobotda kuzatilgan uyqu buzilishining ba’zi potentsial sabablari muhokama qilingan. Tadqiqotchilar shunday ta’kidlaydi: “Ayollarda miyokard infarkti ko‘pincha tan olinmaydi, chunki ularda uyqu buzilishi kabi noaniq alomatlar bo‘lishi mumkin. MI oldidan uyqu buzilishining o‘zaro bog‘liqligini kuzatish koronar arter kasalligi xavfi ostida bo‘lgan ayollarni aniqlashga yordam beradi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, miyokard infarktigacha bo‘lgan uyqu buzilishi haqidagi subyektiv xabarlar barcha ayollar orasida keng tarqalgan.
Tadqiqot natijasida shunisi aniq bo‘ldiki, ayollarda uyqu buzilishi tashvish, charchoq va og‘riq, shuningdek, fikrlash va xotiradagi o‘zgarishlar bilan kuchli bog‘liq. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, birgalikda bu alomatlar yaqinlashib kelayotgan infarktning muhim ogohlantiruvchi belgisi bo‘lishi mumkin. Biroq cheklangan ma’lumotlar tufayli ular ayollarda uyqu buzilishining sababini aniq tasdiqlay olmadi. Ular yurak xuruji va uyqu buzilishi bir nechta umumiy xususiyatlarga ega ekanligini aniqladi, masalan, yallig‘lanish.
Bundan tashqari, yurak-qon tomir tizimi zaif bo‘lgan ayol va erkaklar muntazam ravishda qisqa uyqu, uyqu buzilishlardan aziyat chekishi ma’lum.Yuqorida tavsiflangan mexanizmlarning ba’zilari yurak xurujidan oldin nima uchun ko‘p sonli ayollar g‘ayrioddiy charchoqni boshdan kechirishini ham tushuntirishi mumkin. Xulosaga ko‘ra: “MAPMISS tadqiqotida ayollar tomonidan tasvirlangan charchoq haddan tashqari ko‘p edi va ularning kundalik faoliyatiga xalaqit berdi. Darhaqiqat, ba’zi ayollar shunchalik charchaganliklarini aytganki, hattoki ular dam olmasdan yotoq o‘rnini ham tartibga keltira olmagan”.
Uyquning asoratlari va yurak-qon tomir muammolari o‘rtasidagi bog‘liqlik tufayli g‘ayrioddiy uyqu buzilishi bo‘lgan ayollarga tekshiruv uchun shifokor huzuriga tashrif buyurish tavsiya etiladi. Bu, ayniqsa, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, erta yurak xurujlari va insultning 80 foiz oldini olish mumkinligi nuqtai nazaridan juda muhimdir.
Manba