Salomatlik Salomatlik Tabiiy antidepressantlar: stressni yengishga yordam beruvchi mahsulotlar

Tabiiy antidepressantlar: stressni yengishga yordam beruvchi mahsulotlar

O'qildi: 436


Tabiiy antidepressantlar: stressni yengishga yordam beruvchi mahsulotlar

Zamonaviy dunyoning zamonaviy odamlari doimiy tarzda stressga duch kelmoqda — hayotning tez sur’ati, o‘ziga bo‘lgan haddan ortiq talablar, katta axborot oqimi, pandemiya. Ko‘pchilik bunday muammolarga dosh berolmay, antidepressantlar qabul qilishni boshlagani ajablanarli emas. Biroq psixiatrlar fikriga ko‘ra, bunday dorilar sog‘liqqa jiddiy ta’sir ko‘rsatadi

Foto: Elle

Antidepressantlar nima uchun kerak?

Bu savolga javob berishdan oldin ular qanday ishlashini tushunib olish lozim. Odamlarda tushkunlik miyadagi baxt gormonlari — serotonin, endorfin, dofamin va oksitotsin darajasining pasayishi tufayli yuzaga keladi. Antidepressantlar ushbu moddalarning normal darajasini tiklashga xizmat qiladi.

Agar siz vaqti-vaqti bilan charchoq, befarqlik yoki bezovtalikni his qilsangiz, dorixonaga shoshilmang. Buning o‘rniga foydali mahsulotlar — tabiiy antidepressantlardan foydalaning.

Baliq va zig'ir moyi

Foto: Elle

So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, tarkibida omega-3 bo‘lgan mahsulotlar eng yaxshi tabiiy antidepressantlardan biri hisoblanadi. Haftada kamida ikki marta baliqdan taom tayyorlashga harakat qiling. Agar baliqni yoqtirmasangiz, kungaboqar yog‘i o‘rniga foydali yog‘ning muqobil manbai bo‘lgan zaytun yoki zig‘ir moyidan foydalaning.

Go‘sht, grechka, suli yormasi

Foto: Elle

Tarkibida B vitamini ko‘p bo‘lgan moddalar metabolizmni tartibga soladi va immunitetni kuchaytiradi, lekin eng muhimi, bunday mahsulotlar stress ta’sirini kamaytiradi. Bundan tashqari, ular kayfiyatni yaxshilaydi va asab tizimini mustahkamlaydi. Ko‘katlar ko‘p miqdordagi B9 vitamini yoki foliy kislotasini o‘z ichiga oladi. B1 vitamini yoki tiamin grechka va suli yormasi, B12 vitamini esa go‘sht va tuxum kabi mahsulotlar tarkibida bo‘ladi.

Sut mahsulotlari va mevalar

Foto: Elle

Shuni ham ta'kidlash joizki, baxt gormoni bo‘lgan serotonin triptofan va glyukoza aminokislotalaridan ajralib chiqadi. Triptofan sut mahsulotlari(ayniqsa pishloq), xurmo, olxo‘ri, anjir, pomidor va qora shokoladda mavjud. Meva, sabzavot, rezavorlar va asal tarkibida glyukoza juda ko‘p. Shuningdek, go‘sht, parranda go‘shti(ayniqsa, kurka)va soya iste’mol qilish orqali tanaga o‘z triptofanini yaratishda yordam berish mumkin.

Dengiz mahsulotlari va karam

Murakkab uglevodlarni o‘z ichiga olgan dengiz mahsulotlari va karam asabni tinchlantirishga yordam beruvchi tarkibga ega. Ratsioningizga qisqichbaqa, rangli karam, brokkoli va suli yormasini kiritishga harakat qiling.

Foto: Elle

Shuni unutmangki, nafaqat to‘g‘ri ovqatlanish, balki jismoniy faollik, ijobiy turmush tarzi ham hissiyotlaringizga ta’sir qiladi. Muammolarga ko‘milib ketmang, har kuni yangi narsalarni kashf qiling va yaqinlaringizni tez-tez quchoqlang —  bu sog‘liq uchun tabiiy va xavfsiz tarzda baxt gormonlari darajasini oshirish va stressni yengishning eng yaxshi usuli.

Mavzuga doir: 

  • Stress, charchoq va hamisha ochlik hissini keltirib chiqaruvchi boshqa sabablar
  • Oq “qotil” — shakardan 10 kunda butunlay voz kechish bo‘yicha foydali maslahatlar
  • Behuda xavotir va tashvishlardan qanday qutulish mumkin?
  • Stress tufayli shirinlikka moyillik kuzatilsa: Uning o‘rniga iste’mol qilish tavsiya qilinadigan 3 yegulik
  • Magniy yetishmasligi: Koronavirus asoratlari yuzaga kelish xavfi mavjudligining 7 alomati


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.