Salomatlik Salomatlik Tishlar salomatligiga putur yetkazadigan kundalik odatlar

Tishlar salomatligiga putur yetkazadigan kundalik odatlar

O'qildi: 363


Tishlar salomatligiga putur yetkazadigan kundalik odatlar

Ba’zi oddiy odatlarni inson hatto o‘zi ham sezmaydi, ammo ular tishlarga katta zarar yetkazadi. Ulardan bir nechtasi sizda ham bo‘lishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Tishlarni kuniga ikki marta yuvish — bu hech qachon tark etmaslik kerak bo‘lgan eng yaxshi odatlardan biri, ammo juda qattiq va haddan tashqari bosimli cho‘tka tish emali butunligini buzadi. Shuning uchun yumshoq yoki o‘rtacha qattiqlikdagi cho‘tkani tanlash tavsiya etiladi.

Qalam yoki ko‘zoynakni tishlash

Stoldagi qalam va ruchkalarga qarang. Ularda tishlardan biror-bir iz bormi?Agar ularni doimo tishlash odati bo‘lsa, tishlarda mikro yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin, bundan tashqari, undagi barcha bakteriyalar og‘iz bo‘shlig‘iga kiradi. Agar biror narsa chaynash istagi tug‘ilsa, shakarsiz saqich oling.

Pista chaqish

Muntazam ravishda pista chaqadigan insonlar tishlarida bir qancha yemirilishlar yuzaga keladi. Ammo bu hammasi emas: pista po‘stining zarralari milkni shikastlashi va hatto og‘iz bo‘shlig‘ida infeksiyani keltirib chiqarishi mumkin. Agar pista chaqish odatidan voz kechish qiyin bo‘lsa, undan keyin, albatta, tishlarni yuvish kerak.

Har doim tish kovlagichdan foydalanish

Tish kovlagich ovqatdan keyin tishlarni tezda tozalash uchun mo‘ljallangan, ammo ular ko‘pincha milkni shikastlaydi, bu esa qon ketishiga olib kelishi mumkin. Stomatologlar ularni tishlarni tozalashning samarali vositasi deb hisoblamaydi va agar ular foydalanish paytida sinib qolsa, uning parchasi tish orasida qolishi mumkin.

Biror narsani tish yordamida ochish

Albatta, tishlar bilan iplarni uzish va tiqinlarni ochish qulay. Agar stomatolog qabuliga tashrif buyurishni yoqtirsangiz va davolanish uchun pulingizni ayamasangiz, unda davom etish mumkin. Ammo bunday harakatlar bilan birinchi navbatda tish emali zararlanadi, ikkinchidan, bir kun tishning sinish xavfi mavjud.

Og‘iz ochiq holda uxlash

Ha, u ham tishlarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Agar uxlayotgan vaqtda og‘iz ochiq bo‘lsa, bo‘shliqdagi kislotalilik buziladi. Og‘iz quriganida, so‘lakning himoya xususiyatlari pasayadi, kariyes paydo bo‘ladi va tish emalini asta-sekin yo‘q qiladi.

Tishlarni g‘ichirlatish

Bruksizm yoki uyqu paytida tishlarni g‘ichirlatish odatiy hodisa. Butun jarayon tushda sodir bo‘lganligi sababli uni nazorat qilish mumkin emas. Agar shu kabi odat bo‘lsa, shifokorga tashrif buyurishga arziydi, chunki buning ko‘p sabablari bo‘lishi mumkin. Tishlarning ishqalanishi tufayli tish emallari yediriladi va tishlarning o‘zi yuzasida mikro yoriqlar tufayli tezroq yo‘q qilinadi. Bundan tashqari, uyqu paytida tishlarning kuchli siqilishi tufayli odam bosh og‘rig‘i bilan uyg‘onishi va o‘zini yomon his qilishi mumkin. Og‘ir holatlarda shifokorlar kechalari tishlarni himoya qiladigan maxsus tish moslamalarini kiyishni maslahat beradi.

Tilga zirak taqish

Hozirda til yoki lablarga ham zirak taqish urfga kirgan, ammo stomatologlar buning muxlislari orasida tishlardagi kasallik muammosi, shuningdek, yuqumli asoratlarning rivojlanishi va hatto tishda bo‘shliqlarining ko‘payishi dolzarb muammo ekanligi haqida ogohlantirmoqda.

Tirnoqlarni tishlash

Tirnoq tishlash ko‘p sabablarga ko‘ra zararli. Birinchidan, bu qo‘llarda va, ayniqsa, tirnoq ostida to‘plangan bakteriyalar uchun. Ikkinchidan, bu tishlarda mikro yoriqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Yana bir noxush natija shundaki, odam tirnoqlarini tishlaganida, jag‘ini biroz oldinga suradi va keyinchalik shunga moslashib qoladi.

Mavzuga doir:

  • Tishlar va gaymorit: ularning qanday bog‘liqligi bor va birinchi navbatda nimani davolash kerak?
  • Sog‘lom tishlar va mustahkam suyaklar: kalsiyga boy 10 ta mahsulot
  • Faqat og‘riganda emas: tish shifokoriga darhol borish kerak bo‘lgan simptomlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.