O‘pkaning tibbiy yordamga muhtojligini bildiruvchi 8 ta belgi

O‘pkaning tibbiy yordamga muhtojligini bildiruvchi 8 ta belgi



Yildan yilga o‘pka kasalligiga uchrayotgan odamlar soni ko‘paymoqda va bularning hammasi ham xavfsiz emas. Bundan tashqari, hatto erta bosqichlarda osonlik bilan davolanadigan kasalliklar agar juda kech aniqlansa, haqiqatan ham jiddiy muammoga aylanishi mumkin. O‘pka kasalliklarining bir nechta dastlabki belgilarini e’tiborsiz qoldirmaslik kerak, ular sezilishi bilan darhol shifokorga murojaat qilish lozim, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Oyoqlarda shish, og‘riq yoki zaiflik

O‘pka va oyoqlarni bog‘laydigan qanday narsa bo‘lishi mumkin? Ammo haqiqat shundaki, bir yoki ikkala oyoqning og‘rig‘i, shishi, zaifligi yoki uvishishi chuqur tomir trombozining alomati bo‘lishi mumkin. Agar biror muammo bo‘lsa, ivigan qon o‘pkaga o‘tib, o‘pka emboliyasini keltirib chiqaradi. Bordiyu, oyoqlarda g‘ayrioddiy hislar sezilsa va ayniqsa ular nafas qisilishi, ko‘krak qafasidagi og‘riqlar yoki nafas olish qiyinlashuvi bilan birga kuzatilsa, darhol shifokor bilan maslahatlashish kerak. Bu o‘pka kasalligining birinchi belgisi bo‘lishi mumkin.

Qiynalib nafas olish

Stress, gripp va yuqori nafas yo‘llarining virusli kasalliklari nafas olish qiyinlishuvi bilan birga kuzatilishi mumkin. Ammo agar bu holat uzoq vaqt davomida o‘tib ketmasa va ayniqsa yuqori yoki past harorat bilan birga kuzatilsa, shoshilinch ravishda shifokorga murojaat qilish kerak: kasallik o‘pkaga o‘tishi pnevmoniyaga sabab bo‘ladi. Esingizda bo‘lsin: nafas olish muammolari o‘pka kasalligining belgisidir.

Liftdan foydalanishni afzal ko‘rasizmi?

Ikkinchi yoki uchinchi qavatga chiqish kerak, lekin zinadan ko‘tarilish o‘rniga liftdan foydalanasizmi? Agar bu charchoq yoki dangasalik emas, balki havo yetishmovchiligidan bo‘lsa, darhol shifokor bilan maslahatlashish lozim. Sababsiz nafas qisilishi dunyodagi eng xavfli kasalliklardan biri bo‘lgan surunkali obstruktiv o‘pka kasalligining eng keng tarqalgan ko‘rinishlaridan biridir. Nafas qisilishi juda jiddiy bo‘lib, o‘pka kasalligining bu alomatini hech qachon e’tiborsiz qoldirmaslik lozim.

Chuqur nafas ololmaslik

Astma har qanday yoshda rivojlanishi mumkin va surunkali sinusit yoki boshqa virusli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab katta yoshli bemorlar mutaxassis bilan bog‘lanishdan oldin ularda astma rivojlanayotganini xayoliga ham keltirmagan. Shu bilan birga, bu bemorning hayotiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan jiddiy kasallikdir. Agar xirillash sezilsa yoki chuqur nafas olishda qiyinchilik bo‘lsa, imkon qadar tezroq shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Ovozning o‘zgarishi

Bu o‘pka muammolarining juda muhim alomatidir va agar kimdir ovozingiz boshqacha eshitila boshlaganini sezsa, sog‘liqqa e’tibor berish kerak. Albatta, sabab bir-ikki hafta ichida o‘tib ketadigan shamollash bo‘lishi mumkin, ammo agar tovush o‘zgarishi uzoq vaqt davom etsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Yelkada og‘riq

Bir qarashda yelkaning o‘pka bilan hech qanday aloqasi yo‘q, lekin u e’tiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan yana bir alomatdir. O‘pkada rivojlanadigan o‘smalarning ayrim turlari yelka yaqinida joylashgan nervlarga ta’sir qilishi mumkin. Agar mushaklar shikastlamagan yoki qisilib qolmagan bo‘lsa iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish lozim. Yelka og‘rig‘i o‘pka saratonining dastlabki belgisi bo‘lishi mumkin.

Tirnoqlar rangining o‘zgarishi

Tirnoqlarning qorayishi yoki ularda ko‘k rang paydo bo‘lishi shifokorga borish uchun sababdir, chunki bu o‘pka va bronx kasalligining belgisi bo‘lishi mumkin. Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligida ko‘pincha to‘qimalarga yetarlicha qon bormaydi va lab, tirnoq va hatto terida qoraygan rang paydo bo‘ladi. Bunday vaqtda iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish lozim.

Vazn kamayishi

Hech qanday sababsiz vazn yo‘qotish har doim shifokorga murojaat qilish uchun sababdir. Bu saratonning ayrim turlarining eng keng tarqalgan belgilaridan biri bo'lib, u surunkali obstruktiv o‘pka kasalligining namoyon bo‘lishi va boshqa o‘pka kasalliklarining alomati bo‘lishi mumkin. Agar buning uchun hech qanday harakat qilinmagan, ratsion va turmush tarzi o‘zgarmagan bo‘lsa ham sababsiz vazn kamayib borsa, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish lozim.


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.