Salomatlik Salomatlik Qorinda og‘riq: Tez yordamga murojaat qilish zarurligini bildiruvchi 11 alomat

Qorinda og‘riq: Tez yordamga murojaat qilish zarurligini bildiruvchi 11 alomat

O'qildi: 343


Qorinda og‘riq: Tez yordamga murojaat qilish zarurligini bildiruvchi 11 alomat

Qorinda og‘riq tez-tez kuzatilishi mumkin. Shifokorlar bunday vaqtda turli og‘riq qoldiruvchi preparatlar qabul qilmaslikni tavsiya qiladi. Agar og‘riq qayt qilish yoki quyida keltirilgan boshqa simptomlar bilan birga kuzatiladigan bo‘lsa, shifokorga borish yoki tez yordam chaqirishni ortga surmaslik kerak.

Foto: “Domashniy ochag”

Kuchli og‘riqdan ter bosadi

Agar sizdagi og‘riq shunchalik kuchliligidan ter bosishi kuzatiladigan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilishingiz kerak. Terlash organizm stressni boshdan kechirayotganidan darak beradi.

Qayt qilish va qon aralash diareya

Yan bir yomon belgi bu qayt qilish va qon aralash diareya hisoblanadi. Bunda qon qizil yoki qora bo‘lishidan qat’i nazar, yordam kerakligini bildiradi.

Og‘riq tananing boshqa qismida ham kuzatiladi

Tananing yuqori qismiga ham beradigan qorindagi og‘riq — yurak xurujidan darak beradigan yana bir alomat. Agar og‘riq umurtqa pog‘onasiga beradigan bo‘lsa, muammo oshqozon osti bezida yallig‘lanish borligi va yaradan dalolat bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lgan taqdirda ham, og‘riq boshqa tana sohasida aks etadigan bo‘lsa, shifokorga borishni ortga surmaslik kerak.

Yuqori harorat

Harorat ko‘tarilishi infeksiya rivojlanayotganidan darak beradi. Bu viruslar xavfsiz bo‘lishi ham mumkindir, ammo qanchalik xavfli yoki yo‘qligini faqat shifokor aniqlay oladi. Shu sabab qorinda og‘riq bilan birga harorat ko‘tarilishi kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.

Og‘riqning rostdan ham kuchli ekani

Kuchli og‘riq kuzatiladigan, xususan, asta-sekin umurtqaga beradigan bo‘lsa, darhol shifokorni chaqiring. Bunday og‘riq qonni tananing yuqori qismiga yetkazib beradigan aortada muammo borligini bildiradi. Agar zarur choralar ko‘rilmasa, bu nogironlik yoki o‘limga ham olib kelishi mumkin.

Og‘riqning nafas olishga xalal berishi

Agar og‘riq nafas qisishi bilan kuzatilsa yoki nafas yetmay qolsa, bu holat ham shifokorga murojaat qilish kerakligini bildiradi. Chunki nafas qisishi yurak xuruji rivojlanayotganining belgisi bo‘lishi ham mumkin va bunda har bir daqiqa hisobli bo‘lishi mumkin.

Og‘riq doimiy qayt qilish bilan birga kuzatilsa

Ba’zi vaqtda qayt qilgandan keyin inson o‘zini yengil his qilishi mumkin, ammo bu muntazam yoki tez-tez kuzatilsa, jiddiy kasallikdan darak beradi. Bundan tashqari, doimiy yoki tez-tez kuzatiladigan qayt qilish organizmni suvsizlanishga olib kelishi mumkin va bu salbiy oqibatlarga yetaklashi mumkin.

Teri rangi sarg‘ayadi

Teri rangi sarg‘ayishi kuzatiladigan bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling, chunki bu jigar yoki o‘t pufakdagi muammo bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Zudlik bilan zarur choralarni ko‘rish kerak.

Og‘riqning sababini bilmaslik

Aksari hollarda og‘riq ovqatlanishning me’yorda bo‘lmasligi, parhezning buzilishi va boshqalar kuzatilishi mumkin. Ammo og‘riq yo‘q joydan kuzatilsa, darhol mutaxassis qabuliga yoziling.

Qandli diabet

Qandli diabet insult yoki yurak qon-tomir kasalliklarining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Agar sizga diabet tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa va qorinning yuqori qismida og‘riq his qiladigan bo‘lsangiz, shifokorga borishni kechga surmang. Chunki bu hali simptomlari namoyon bo‘lmagan yurak xurujidan darak berishi mumkin.

Ovqatlanishdan va spirtli ichimliklar iste’molidan keyin og‘riq paydo bo‘lishi

Qorinning yuqori sohasida ovqatlangandan keyin darhol namoyon bo‘ladigan og‘riq oshqozon osti bezining yallig‘lanishi oqibatida kelib chiqadigan jiddiy kasallik – pankreatitga xos simptomlardan biri. Agar vaqtida uni davolash ishlari boshlanmasa, bu nogironlik, hatto o‘limga olib kelishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.