Faqat yurak emas. Ko‘krak qafasidagi og‘riqning boshqa sabablari
Yurak xuruji kuzatilgan bemorlarning uchdan bir qismi ko‘krak qafasidagi og‘riqdan shikoyat qiladi. Shunga qaramasdan bunday og‘riq boshqa, ammo xavf darajasidan yurak xurujidan kam bo‘lmagan kasalliklarga ham xos sanaladi.
Foto: FreepikJig‘ildon qaynashi
Ayrim vaqtlarda jig‘ildon qaynashi yurak xuruji simptomlariga o‘xshab ketgani tufayli ularni adashtirib yuborish mumkin. Ammo shunga qaramasdan bu xavfli yurak kasalliklarining alomati bo‘lishi ham mumkin. Shu sabab ham lovullash ko‘krak sohasida to‘satdan paydo bo‘ladigan bo‘lsa va bu ovqat iste’moli hamda hazm a’zolari bilan bog‘liq bo‘lmasa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilishni unutmang.
Bog‘laydigan temiratki
Ko‘krak sohasida paydo bo‘ladigan og‘riqning yana bir sababi infeksion kasallik, ya’ni Varicella Zoster keltirib chiqaradigan bog‘laydigan temiratki bo‘lishi mumkin. Odatda, ushbu kasallik toshmalar bilan namoyon bo‘ladi, lekin ayrim hollarda ko‘zga tashlanmasligi va bilinmasligi mumkin. Ammo og‘riq qovurg‘a bo‘ylab tarqaladigan bo‘lsa, bu yurak kasalligidan dalolat beradi.
Pankreatit
Oshqozon osti bezi yallig‘lanishi kasalligida og‘riq, asosan, qorin ba’zan esa ko‘krak sohasida, yurak xurujini esga soladigan tarzda ham kuzatiladi. Qanday kasallik bo‘lgan taqdirda ham shifokor ko‘rigiga borishni ortga surmagan ma’qul.
Kostoxondrit
Qovurg‘alarni ko‘krak bilan biriktirib turuvchi tog‘ayning yallig‘lanishi to‘satdan paydo bo‘ladigan, ayniqsa, nafas olganda kuchayadigan og‘riq bilan kechishi ham mumkin. Og‘riqning sababi kostoxondrit yoki yo‘qligini bilish uchun bosh tepasiga ko‘tarish kerak. Agar muammo yurakda bo‘ladigan bo‘lsa, og‘riq intensivligi o‘zgarmaydi, tog‘ayda bo‘lsa, kamayishi mumkin.
Pnevmoniya
Yurak xuruji pnevmoniya asorati bo‘lishi yoki o‘pkalar yallig‘lanishi infarktni esga soladigan simptomlar bilan kechishi mumkin. O‘pkaga yig‘ilgan suyuqlik yurak xuruji singari ko‘krak sohasida og‘riq keltirib chiqaradi. Nima bo‘lgan taqdirda ham shifokorga murojaat qilishni ortga qoldirmaslik kerak.
Oshqozon yarasi
Istalgan hazm a’zolari ko‘krak sohasidagi og‘riqqa sabab bo‘lishi mumkin. Ammo sizga oshqozon yarasi tashxisi qo‘yiladigan bo‘lsa, og‘riq shu bilan bog‘liqligi ehtimoli katta. Shu sabab ham zudlik bilan mutaxassisga murojaat qiling.
Manba