Iste’mol qiling va tuzaling: bosh og‘rig‘ida yordam beradigan tabiiy mahsulotlar
Yana bosh og‘rig‘imi?Og‘riq qoldiruvchi va spazmolitik dorilarning yana bir qismini ichishdan oldin oshxonaga borib, u yerda nima borligini ko‘rish tavsiya etiladi. Oziq-ovqat nafaqat organizm uchun yoqilg‘i, balki har bir mahsulot kimyoviy laboratoriya hisoblanadi. Marie Claire nashri bosh og‘rig‘ini bartaraf etishda yordam beradigan mahsulotlar ketma-ketligini taqdim etdi.
Foto: Marie ClaireAvvalo qanday bosh og‘rig‘i bezovta qilayotganini hal qilish kerak. Uning juda ko‘p sabablari bor va ularning hammasi ham zararsiz emas. Ko‘pincha miya hujayralarida kislorod yetishmasligi, suvsizlanish, miya tomirlari va bosh atrofidagi mushaklarning spazmlari tufayli og‘riq kelib chiqadi. Faqat bu holatlarda vaziyatni dorilar bilan emas, balki yanada zararsiz vositalar yordamida tuzatish mumkin.
Magniyga boy mahsulotlar
Foto: Marie ClaireMagniy qon tomirlarining siqilishi bilan bog‘liq bosh og‘rig‘ini yengillashtirishi isbotlangan. U qon tomirlariga taskin beruvchi ta’sir ko‘rsatadi, bu miyada qon aylanishini yaxshilaydi va natijada miya hujayralarini kislorod bilan to‘yintiradi. Agar no-shpa kabi dorilar odatda bosh og‘rig‘iga yaxshi ta’sir qilsa, magniyga boy narsalarni iste’mol qilish mumkin.
Bularga keshyu yong‘oqlari, grechka, qarag‘ay yong‘oqlari, bodom, quritilgan o‘rik, banan, avokado, kungaboqar urug‘lari va jigarrang guruch kabi mahsulotlar kiradi.
Kaliyga boy mahsulotlar
Foto: Marie ClaireAgar organizm suvsizlansa, birinchi navbatda kaliy tanqisligi vujudga keladi. Bundan tashqari, agar oz suv ichish odati bo‘lsa, unda organizm va miya surunkali suvsizlanishdan aziyat chekadi, natijada qon va limfada kaliy yetishmasligi mumkin. Agar kuniga bir yarim litrdan kamroq suv ichilsa va tez-tez bosh og‘risa, sababni suvdan izlash lozim. Aniqrog‘i, uning organizmda yetishmasligidan. Shuningdek, kaliyga boy ovqatlar ham bu masalada yordamga kelishi mumkin.
Ko‘pincha bosh og‘rig‘ida pishirilgan kartoshka(po‘stlog‘i bilan birga)tavsiya etiladi. Bosh og‘rig‘ini yengillashtirish uchun ikkita o‘rtacha kartoshka yetarli bo‘ladi. Suv ichish bilan bog‘liq bosh og‘rig‘i uchun apelsin yeyish va bir stakan suv ichish kifoya.
Qora choy bilan shakar
Foto: Marie ClaireShakarli qora choy bosh og‘rig‘i uchun universal vositadir. Umuman olganda, bu ajoyib ichimlik shakar bilan ichilmasa ham, bosh og‘rig‘ini bartaraf etadi. Gap shundaki, choy barglariga shakar qo‘shilishi undan katexinlarning — analgetik va mikroblarga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan moddalarning chiqarilishiga yordam beradi. Agar bosh og‘rig‘i suvsizlanish tufayli bo‘lsa, shakar qo‘shilgan choy ikki baravar yaxshi tanlovdir.
Kalsiyga boy mahsulotlar
Foto: Marie ClaireBosh og‘rig‘ining manbai bosh suyagi ichidagi jarayon emas, balki uni o‘rab turgan mushaklarda bo‘lishi ham mumkin. Go‘yoki butun bosh og‘riyotgandek tuyiladi, lekin aslida mushaklarda spazm yuz beradi. Bunday og‘riqlar odatda organizmdagi kalsiy yetishmasligi bilan bog‘liq. Ushbu elementning yetishmasligi nerv-mushaklarning qo‘zg‘aluvchanligining buzilishiga va natijada mushaklarning spazmiga olib keladi. Aytgancha, qondagi kalsiy darajasining pasayishi hayz boshlanishidan oldin ayollarda bosh og‘rig‘ining sabablaridan biridir.
Bunday bosh og‘rig‘ini yengillashtirish uchun birinchi navbatda sut, kam yog‘li tvorog, tabiiy yogurt, fermentlangan sut yordam beradi. Bir nechta kalsiy tabletkalari ham og‘riqni qoldirishi mumkin. Lekin dori vositalari o‘rniga ularning tabiiy muqobili tavsiya etiladi.
Ayollarga eslatma
Foto: Marie ClaireTez-tez bosh og‘rig‘i va migren ayollarda estrogen gormoni darajasining pasayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Albatta, bu endokrinologga borish uchun sababdir. Ammo og‘riqni yengillashtiradigan tezkor vosita sifatida estrogenlarga yog‘ kislotalari va E vitaminiga boy mahsulot mos keladi. Birinchi navbatda, bular zig‘ir, kunjut urug‘lari, soya, loviya, qizil ikra, zaytun moyidir. Fito-estrogenlarning yaxshi manbai olma hisoblanadi. Shuning uchun bu mahsulotlarni yetarli darajada muntazam iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Manba