Bolalar o‘rtasida qizg‘anish hissini bartaraf etishda samara beruvchi tavsiyalar
Oilada yana bir kichik mehmonning kutilishi uning akasi yoki opasida rashkni keltirib chiqaradi. Mutaxassis yordami bilan bu kabi muammoni bartaraf etish yo‘llari mavjud.
Foto: Marie ClaireBunday vaziyatda qizg‘anishning namoyon bo‘lishi ajablanarli emas – ota-onaning barcha e’tibori kichkintoyga qaratiladi va katta farzandlar o‘zini keraksiz his etadi. Shuning uchun bolalikdagi rashkning sabablarini bolaning fe’l-atvori deb emas, balki birovga g‘amxo‘rlik qilish va muloqotda vaqtni oqilona taqsimlashni o‘rganish kerak.
Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash
Bunday vaziyatda birinchi maslahat ona ro‘zg‘or uchun ajratgan vaqtini biroz kamaytirishi kerak. Uy ishlarida turmush o‘rtoqning yordami yoki moliyaviy jihatdan yetarli bo‘lsa, yordamchi yollash mumkin. Shundagina katta farzand bilan muloqot qilish uchun ko‘proq vaqt topiladi.
Kundalik hayotni o‘zgartirish
Foto: Marie ClaireHamma narsa go‘dak atrofida aylanmasligi uchun kunlik ish rejasini tuzib chiqish kerak. Bolalarning yoshida farq bor ekan, demak, ular uchun ham alohida kun rejasi zarur. Buni avval kattarog‘ining yoshiga moslashtirgan ma’qul. Masalan, birgalikda sayr qilish yoki chaqaloq uxlayotgan vaqtdan foydalanib, katta farzand bilan muloqot qilish.
Bolalar bilan aloqa qilishda e’tiborli bo‘lish
Agar chaqaloqni kuni bilan ko‘tarib yurishga to‘g‘ri kelsa, bu katta farzandning rashkini keltirishi tabiiy. Yaxshisi chaqaloqni akasi yoki opasi yonida kamroq ko‘targan afzal. Garchi katta farzand bundan mahrum bo‘lsada, unda bolalarcha hasad paydo bo‘ladi. U e’tiborsizlikdan azob chekmasligi va yangi mehmon tufayli ota-ona mehridan mahrum bo‘lishi kerak emas.
O‘zgarishlarni muhokama qilish
Foto: Marie ClaireKatta farzand bilan kichkintoy haqida gaplashishga, undagi o‘zgarishlarni muhokama qilishga harakat qilish lozim. Bolani parvarishlashda undan yordam so‘rash ham mumkin. Albatta, buni butunlay katta farzandga yuklash to‘g‘ri kelmaydi, ammo har tomonlama e’tibor va rag‘batlantirish ham bo‘lishi kerak. Agar bola onasiga yordam bergan bo‘lsa, u, albatta, maqtalishi kerak. Nimanidir olib berdi, ushlab turdi va shunga o‘xshash holatlarda uni maqtovlarga ko‘mish asta-sekin rashk tuyg‘usini kamaytiradi.
Bolalarning barchasiga sovg‘a olish
Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa o‘yinchoq va kiyimlar olayotganda, kattasini ham unutmaslik lozim. Bittasiga nimadir xarid qilinganda, ikkinchisini unutish ota-ona uchun bir qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, qarindosh yoki do‘stlar tomonidan keltirilgan sovg‘alar ham xuddi shunday ahamiyatga ega.
Bolalarni uzoq vaqt yolg‘iz qoldirmaslik
Hech qachon chaqaloqni katta farzandga ishonib topshirib bo‘lmaydi, ayniqsa, uzoq vaqtga. Bolani ota-onasi katta deb bilgani bilan, u hali ham bola. Ikkala farzand uchun esa faqatgina kattalar javobgar bo‘ladi. Shuning uchun ikkisini iloji boricha yolg‘iz qoldirmaslikka harakat qilish zarur.
Har bir farzandga alohida vaqt ajratish
Foto: Marie ClaireKatta farzand bilan suhabtlashish, kitob o‘qish, multfilm tomosha qilishga vaqt ajratish lozim. Ba’zan chaqaloqni dadasi yoki buvisga qoldirib, katta farzand bilan sayrga chiqish tavsiya etiladi. Bu oilada muvozanatni ushlashga va bolani hammadan ajralib, bir chetda qolib ketmasligiga yordam beradi. Uyiga yangi mehmon kelganidan xavotirga tushgan bolakaylar ota-onasining mehrini ochiqchasiga his etsa, ulardagi qizg‘anish hissi o‘z-o‘zidan yo‘qolib boradi.
Manba