Salomatlik Salomatlik Koronavirusdan tuzalgandan keyin eng ko‘p kuzatiladigan 5 ta asorat

Koronavirusdan tuzalgandan keyin eng ko‘p kuzatiladigan 5 ta asorat

O'qildi: 414


Koronavirusdan tuzalgandan keyin eng ko‘p kuzatiladigan 5 ta asorat

Koronavirus infeksiyasidan keyin organizm zaiflashadi — quvvatning umumiy pasayishi, ishtaha yo‘qolishi va uyqu sifati yomolashishi kuzatiladi. Marie Claire nashri koronavirusdan keyin qanday qilib faol hayotga qaytishni ma’lum qildi.

Foto: Marie Claire

Uyqusizlik, ishtahaning yetishmasligi, immunitetning zaiflashishi, tirnoqlarning mo‘rtligi va terining qurishi — koronavirusdan tuzalgandan keyin ko‘plab bemorlar to‘liq hayotga qaytishlariga to‘sqinlik qiladigan bir qator nojo‘ya ta’sirlarga duch kelishlarini ta’kidladi. Salomatlik va immunitetni tiklash uchun keng qamrovli reabilitatsiya, shuningdek, koronavirus infeksiyasidan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni batafsil o‘rganish kerak bo‘ladi.

Uyqusizlik

Avvalo uyg‘onish va uxlash rejimiga rioya qilish kerak. Chunki virus asab tizimining ishiga ta’sir qiladi, ko‘pincha bemorlarda uyqusizlik, kechalari uxlab qolish bilan bog‘liq muammolar kuzatiladi va kun davomida uyqu keladi. Biroq organizmni tiklashda muhim yordamchi bo‘lgan melatonin va somatrotopin gormoni faqat tunda ishlab chiqarilishini bilish kerak. Shuning uchun 23:00 dan oldin uyquga yotish, yotishdan bir necha soat oldin gadjetlardan foydalanishni to‘xtatish va doim bir vaqtda uyg‘onishga harakat qilish lozim.

Suvsizlanish

Koronavirus infeksiyasi ko‘pincha suvsizlanishga olib keladi va shuning uchun suv muvozanatini saqlash juda muhimdir. Toza suv salomatlikning asosiy manbai bo‘lib, u toksinlarni chiqarib tashlaydi va organizmdagi metabolik jarayonlarni boshlaydi. Kunni bir stakan iliq suv bilan boshlash kerak, shuningdek, ovqatlanish oralig‘ida ham suv ichib yurish tavsiya etiladi. Suvni kichik qultumlarda ichish lozim, har bir kishi o‘z suyuqlik tezligiga ega va vaznga qarab, har bir kilogramm uchun 30-40 ml miqdorda ichiladi.

Energiya va ishtahaning yo‘qolishi

Organizm kasallikdan qayta tiklangandan keyin ratsionni to‘g‘ri tuzib olish kerak. Oqsil, yog‘ va uglevodlarning asosiy manbalari to‘plangan taomlardan kuniga uch marta to‘liq va xilma-xil ovqatlanish lozim. Shuningdek, klechatkani o‘z ichiga olgan mahsulotlarga alohida e’tibor qaratish juda muhim. Chunki bunday mahsulotlar organizmdan zararli moddalarni tezda chiqarib tashlashga yordam beradi. Sabzavot va ko‘katlar esa ko‘proq kletchatkaga boy.

Soch to‘kilishi, tirnoqlar mo‘rtlashishi va teri qurishi

Quruq va zaif sochlar, mo‘rt tirnoqlar va suvsizlangan teri — bu kasallikning inson tashqi ko‘rinishida qoldiradigan umumiy asoratidir. Rux, temir, foydali omega-3 yog‘ kislotalariga boy mahsulotlar yordamida muammoni hal qilish va organizmdagi muvozanatni tiklash mumkin. Vitamin va minerallar yetishmasligini ham davolash zarur. Biroq o‘zboshimchalik bilan davolash ishlarini olib bormaslik kerak, har qanday vositalarni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Immunitetning zaiflashishi

Kuchli immunitet ham mikrobiomaga bog‘liq — dori-darmon va antibiotiklarni qabul qilgandan so‘ng ichak mikroflorasi ko‘proq ta’sirlanadi, bu ozuqa moddalarining so‘rilishi va vitaminlar sintezi uchun javobgardir. Natijada ushbu jarayon immunitetning zaiflashishiga olib keladi. Mutaxassis buyuradigan dori vositalari, shuningdek fermentlangan sut mahsulotlari(kefir, yogurt, yumshoq tuzsiz pishloqlar)yordamida kerakli bakteriyalarni tiklash mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.