Insultning oldini olish uchun amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalar
Insult – xavfli kasalliklar orasida uchinchi o‘rinni egallaydi. Afsuski, ushbu kasallikdan tuzalgan bemorlar oradan besh-olti yil o‘tib, yana qayta kasallikka chalinish holati kuzatiladi.
Foto: “Domashniy ochag”Insult kasalligi to‘satdan sodir bo‘lmaydi
Balki bu yoshda insult haqida o‘ylamaslik mumkindir, ammo 35-64 yoshdagi ayollar erkaklarga nisbatan 3 marta ko‘proq ushbu kasallikka duch keladi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 60 foiz insultga chalingan ayol bemorlarning hayoti o‘lim bilan yakun topadi.
Aslida insultga chalingan organizmda nimalar sodir bo‘ladi?Avvalo, miyaning ma’lum bir qismida qon aylanishi kamayadi yoki umuman to‘xtaydi. Bu qonda hosil bo‘lgan tromblar miyada arteriya yoki kapillyarni to‘sib qo‘yadi yoki qon tomirlari miyada yorilib ketishi oqibatida kelib chiqadi. Ikkala holatda ham miyaning zararlangan qismidagi hujayralar kislorod olishni to‘xtatadi va o‘lishni boshlaydi. Ko‘pchilikda savol tug‘iladi, nima uchun ayollarda kasal bo‘lish xavfi yuqori?Buning asosiy sabablaridan biri asosan, ortiqcha vazn. Ortiqcha vazn egalari uchun har qanday kasallikning xavfi bir necha bora oshadi. Shuning uchun ham har kim qon bosimi, xolesterin, qondagi qand miqdori va yurak urish tezligini kuzatib borishi juda muhimdir. Agar inson vaznining odatdagidan ortiqcha ekanligini sezsa, darhol shifokor bilan maslahatlashishi zarur. Agar ko‘rik natijalari insult xavfini tasdiqlasa, zudlik bilan turmush tarzini o‘zgartirish va davolanishni boshlash kerak. Darhaqiqat, insult belgilari bir necha yillar davomida shakllanishi mumkin. Bu davr mobaynida bemorlar salomatlikni tiklash uchun, albatta, ulgurishi kerak.
Miya uchun foydali mahsulotlarni iste’mol qilish kerak
Insultning oldini olishda har qanday oziq-ovqat do‘konida hamyonbop narxda sotiladigan lavlagi eng samarali mahsulotlardan biri sanaladi. Ushbu sabzavot nitrit, qon bosimini pasaytiradigan moddalarga boy. Ba’zi mutaxassislar lavlagi miyada qon aylanishini yaxshilashi va qon tomirlarining o‘sishini rag‘batlantirishi mumkin, deb hisoblaydi. Shuning uchun ratsionga lavlagini kiritish va sog‘lom ovqatlanish qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, ko‘proq sabzavot, meva baliq, yog‘siz go‘sht, donli mahsulotlar iste’mol qilish kerak. Tez ovqatlanish va shakar tanovul qilishni iloji boricha kamaytirgan ma’qul.
Tuz iste’molini me’yordan oshirmaslik zarur
Tayyor bo‘lgan taom ustidan yana tuz sepib tanovul qilish juda xavfli hisoblanadi. Tanada tuzning ko‘pligi qon bosimining ko‘tarilishiga olib keladi, bu esa insult kasalligini keltirib chiqaradi. Bugungi bemorlarning aksariyati qondagi shakar miqdoriga e’tibor beradi-yu, ammo ularning oz qismi esa tanadagi tuz haqida o‘ylaydi. Bugungi kunda tezpishar taomlar, fastfud va konservalar tom ma’noda tuz bilan to‘ldirilgan. Kolbasa mahsulotlari, dudlangan go‘sht, pitssa va lazanya – har qanday yoshdan qat’i nazar barcha rad etishi kerak bo‘lgan ovqatlardir. Tavsiya etilgan miqdorga ko‘ra har kuni 5-6 gramm tuz iste’mol qilish yetarli.
Insultning asosiy belgilari
Insultning asosiy alomatlaridan biri bu qo‘l va oyoqlarda ko‘pincha, bir tomonida sezgirlikni yo‘qotishdir. Ammo bu bilan bemor insultni boshdan kechirganmi yoki boshqa bir kasallik tufayli ushbu holat kuzatilayotganiga aniqlik kiritib olishi kerak. Buning uchun yana 4 asosiy belgiga e’tiborli bo‘lish lozim.
Tabassum. Insult yuz bergan insonda tabassum paytida og‘izning bir burchagi ko‘tariladi, ikkinchisi pastga tushadi.
Nutq. Duduqlanib, sekin gapirish kuzatiladi.
Qo‘llar. Bemor ikki qo‘lini bir tekisda ko‘tara olmaydi, chap tomoni pastroq turadi.
Til. Odatda til bir tomonga osilgandek ko‘rinadi.
Agar ushbu belgilarning hech bo‘lmasa bir donasi kuzatilsa ham, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Bemor tinchlanishga harakat qilishi kerak
Qon bosimi ko‘tarilishiga olib keladigan surunkali stress sog‘liq uchun xavfli hisoblanadi. Ish yoki yoki uydagi asabiylik infarktga chalinish ehtimolini yanada oshiradi. Sababi surunkali stress kundan kunga tanani zaiflashtirib boradi, tana a’zolarida yallig‘lanishni keltirib chiqaradi, kortizol gormonining sekretsiyasini kuchaytiradi, bu esa hujayralarning shikastlanishiga olib keladi. Insonning ruhiy holatiga e’tibori jismonan sog‘lom bo‘lishning garovidir.
Manba