Salomatlik Salomatlik Pulni behudaga sarflash: sog‘liqqa foyda keltirmaydigan 5 ta eng mashhur vitamin

Pulni behudaga sarflash: sog‘liqqa foyda keltirmaydigan 5 ta eng mashhur vitamin

O'qildi: 425


Pulni behudaga sarflash: sog‘liqqa foyda keltirmaydigan 5 ta eng mashhur vitamin

Ko‘pchilik retseptsiz sotiladigan vitaminlar va biologik faol qo‘shimchalarni so‘zsiz afzalliklarga ega deb o‘ylaydi. Ammo ulardan ba’zilarini xarid qilish pulni behuda sarflashdir, eng yomoni esa sog‘liq uchun zarar yetkazishi mumkin.

Multivitaminli komplekslar

Foto: Adobe Stock

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, multivitaminlarning samarasi monovitaminlarga qaraganda ancha kam. Bundan tashqari, multivitaminli komplekslar o‘rniga diyeta qilish ham mumkin. Doktor Devid Jenkinsning so‘zlariga ko‘ra agar multivitaminlardan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, u zarar qilmaydi, lekin u foyda keltirmasligi ham aniq. Kerakli vitamin va minerallarni olish uchun sog‘lom ovqatlanishga tayanish eng foydali hisoblanadi. sabzavotlar, mevalar va yong‘oqlar shular jumlasidan.

“Toksinlarni tozalash” uchun biologik faol qo‘shimchalar

Foto: Adobe Stock

“Detoks” deb ataladigan mahsulotlar bozori juda katta, ammo bu bekorchi narsalarga pul sarflashdir. Organizm(sog‘lom holatda)o‘zi toksinlarni filtrlash va to‘liq tozalashga qodir. “Tabiiy detoks uchun sizga kerak bo‘lgan yagona narsa bu jigar va buyraklardir. Va agar ular to‘g‘ri ishlamasa, tibbiy yordamga murojaat qilishingiz kerak”, — deydi toksikolog Rayan Marino.

D vitamini tabletkalari

Foto: Adobe Stock

Shifokor retseptisiz qo‘shimcha D vitamini qabul qilish nafaqat ma'nosiz, balki xavfli hamdir. D vitaminining haddan tashqari ko‘p dozasi organizmda intoksikatsiyaning og‘ir belgilarini keltirib chiqarishi mumkin.

Omega-3

Foto: Adobe Stock

Omega-3 kapsulalari hech qanday foyda keltirmaydi. “Bizda tabiiy omega-3 aminokislotalarini qo‘shimcha sifatidagi kapsula bilan almashtirish foydali ekanligi haqida hech qanday dalil yo‘q”,  — deydi Garvard maktabi dotsenti Piter Koen.

Omega-3 olish uchun yog‘li baliq, o‘simlik moylari va yong‘oqlarni muntazam ravishda iste'mol qilish kifoya.

Vitamin C tabletkalari

Foto: Adobe Stock

Tabletkalardan ko‘ra oziq-ovqatdan o‘zlashtiriladigan yana bir vitamin. “Haddan tashqari ko‘p iste’mol qilingan C vitamini antioksidantlarini prooksidantlarga aylantirishi mumkin(tana hujayralariga zarar yetkazadi), diareya haqida gapirmasa ham bo‘ladi”, — deydi diyetolog Beteni Tayer. C vitaminiga boy mahsulotlarga sitrus mevalar, karam, bulg‘or qalampir, pomidor va ko‘katlar kiradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.