Salomatlik Ayollar uchun Suratingiz chiroyli chiqishiga xalaqit beradigan 7 xato

Suratingiz chiroyli chiqishiga xalaqit beradigan 7 xato

O'qildi: 463


Suratingiz chiroyli chiqishiga xalaqit beradigan 7 xato

Suratning muvaffaqiyatli chiqishida bir qancha omillar muhim rol o‘ynaydi. Unda nafaqat suratchi mahoratli bo‘lishi, balki suratga tushishni istagan inson ham umumiy tushunchalarga ega bo‘lishi kerak. AdMe nashri, suratning omadsiz chiqishiga sababchi bo‘ladigan xatolar nimadan iborat ekaniga to‘xtaldi.

Notabiiy jilmayish

Foto: AdMe

Kadr o‘xshamasligining asosiy sabablaridan biri kamera qarshisida notabiiy kulish hisoblanadi. Bunda kulish uchun mimikalar majburlab ishlatilgani bilan, ko‘zlar aldamaydi va natijada surat tabiiy chiqmaydi. Kamera soxtalikni emas tabiiy emotsiyalarni sevadi. Shuni inobatga olgan holda, tabassum bilan suratga tushishni istasangiz, hayotingizdagi kulgili hodisalarni eslashga urinib ko‘ring.

Silliq sochlar

Foto: AdMe

Surat muvaffaqiyatli chiqishini istasangiz, suratga tushishdan avval sochingizni silliq qilib tekislash yoki turmaklashdan qoching. Chunki haddan ortiq silliq soch, kadrni tabiiy chiqmasligini ta’minlaydi. Yaxshisi, suratga tushishdan oldin, boshingizni egib, barmoqlar bilan sochingizni to‘g‘rilang keyin sochlarni yana orqaga tashlang. Bu harakat suratga tabiiy ko‘rinishda muhrlanishingizga yordam beradi.

Qo‘l harakatlariga e’tiborli bo‘ling

Foto: AdMe

Kadrda har bir detalning o‘z o‘rni bo‘lgani singari qo‘l harakatlari ham suratning omadli yoki omadsiz chiqishida muhim sanaladi. Suratga tushayotganda qo‘llaringizni yashirmang, yaxshisi tirsakdan bukib belingizga qo‘ying. Bu usul sizni ixchamroq ko‘rsatishga yordam beradi.

Suratga tushish vaqti va joyini ham inobatga oling

Foto: AdMe

Suratning muvaffaqiyatli chiqishida yorug‘likning o‘rni beqiyos. Shuning uchun ham professional suratchilar studiyalarda ko‘p miqdorda tabiiy va sun’iy yorug‘likdan foydalanadi. Ko‘chada suratga tushishni istasangiz, quyosh chiqayotgan yoki botayotgan vaqtni tanlang, bunda suratdagi fon juda ham chiroyli ko‘rinadi, yuzingizga esa soya tushmaydi. Qoq peshinda olingan suratda, quyosh nurlaridan ko‘zlaringiz yumilib omadsiz kadr chiqadi

Qizil lab bo‘yog‘i

Foto: AdMe

Kamera qarshisida uyaladigan va o‘zini noqulay his qiladigan qizlarga qizil lab bo‘yog‘i surtish tavsiya qilinmaydi. Chunki kuchli hayajondan lablar yopiladi va buning natijasida surat notabiiy chiqadi. Shuningdek, labi ingichka qizlar ham to‘q lab bo‘yog‘i surtmagani ma’qul, chunki kadrda yanada ingichka ko‘rinadi. Muvaffaqiyatli kadr uchun, lablarni tabiiy va chiroyli ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan, rangsiz blesk surtish tavsiya etiladi.

Noto‘g‘ri rakurs

Foto: AdMe

Suratga qayerdan, qanday tushirilayotgani ham muhim rol o‘ynaydi. Noto‘g‘ri tanlangan rakurs, yuz shaklini kengroq yoki kattaroq qilib ko‘rsatishi mumkin. Portret janrida suratga olinayotganda kamera ko‘zdan biroz teparoqda ushlanishi, suratga tushayotgan inson bo‘lsa, iyagini oz-moz pastga tushirishi kerak bo‘ladi.

Bosh va gavda holati

Foto: AdMe

Ko‘pchilik suratga tushayotgan vaqtida boshni burishga e’tibor berib, gavda holatini esdan chiqaradi. Natijada surat notabiiy chiqadi. Suratga tushayotganda yelkangizni bir tomonga burishni va qo‘llaringiz holati qanday ekaniga e’tibor berishni unutmang.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.