Ayollar salomatligi uchun smorodinaning qanday foydalari bor?
Smorodina mevalari shamollashda hamda ayollar salomatligi va go‘zalligining ajralmas davosidir. Pektinlar organizmdan zahar, xolesterin va og‘ir metall ionlarini chiqarib tashlaydi, qo‘rg‘oshin, simob va stronsiyni bog‘laydi. Shuning uchun smorodina har qanday zaharlanishda juda foydali, deb yozadi “Noviy ochag”.
Foto: “Botanichka”Qora smorodina ko‘pchilik bog‘bonlar tomonidan yetishtiriladi. Mevalarda ko‘plab foydali modda va elementlari, jumladan, C vitamini va temir mavjud. Smorodina kurtaklari asosida tayyorlangan qaynatma va damlamalardan foydalanish organizmning immunitetini tiklashga yordam beradi.
Foydali xususiyatlari
Mazkur rezavorda ko‘p miqdorda C vitamini va temir mavjud bo‘lib, ular birgalikda immunitet tizimini yaxshilaydi, mavsumiy kasalliklarning oldini oladi va virusli infeksiyalarga qarshi kurashadi. Ma’lumki, C vitamini bo‘yicha limon chempion hisoblanadi. Ammo qora smorodina mevalari bu ko‘rsatkich bo‘yicha undan 4 baravar yuqori. Rezavor tarkibiga kiruvchi A vitamini ko‘z salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qora smorodina tarkibida kalsiy, efir moylari va ko‘plab foydali kislotalar, jumladan tartarik, fosforik, olma, askorbin va boshqalar mavjud. Mikroelementlar to‘plami suyak, bo‘g‘im, tish, soch va tirnoqlarning holatiga ijobiy ta’sir qiladi.
Shuningdek, mevalar marganes, fosfor, temir, magniy, kalsiyga boy. Smorodina barglarining dorivor xususiyatlari mevasidan kam emas. Ular ester, taninlarga boy, ular tarkibida ko‘p miqdorda C vitamini va boshqa foydali moddalar mavjud bo‘lib, asab va qon aylanish tizimlarining faoliyatini barqarorlashtiradi.
Dorivor xususiyatlari
Qolaversa, ushbu rezavor yurak-qon tomir tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: yurak faoliyatini faollashtiradi, qon bosimini pasaytiradi va qon tomirlarining elastikligini oshiradi. Shuningdek, u diuretik ta’sirga ega va organizmdan ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlaydi, bu esa shishni bartaraf etishga yordam beradi.
Meva tarkibidagi kislotalar tomirlarning tiqilib qolish xavfini kamaytiradi, stressni yengillashtiradi, saraton va yurak kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytiradi. Qora smorodina tarkibidagi gamma-linolenik kislota tufayli foydali xususiyatlar bo‘g‘imlarning holatiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi.
Shamollash uchun qora smorodinaning foydalari talaygina. U immunitet tizimini mustahkamlaydi, patogen bakteriyalarni yo‘q qiladi, isitma va og‘riqni bartaraf etadi.
Ayollar salomatligiga ta’siri
Qora smorodina kosmetologiyada ham keng qo‘llaniladi: uyda va sanoatda ham. U parvarishlash vositalariga qo‘shiladi: krem, svorotka, tonik va patchlar. Rezavorlar nafaqat ko‘z charchoqlari bilan, balki ko‘z ostida osilgan teri bilan ham kurashadi. Meva tarkibiga kiradigan antosiyaninlar teriga qon oqimini ta’minlaydi, buning natijasida shish kamayadi. Mahsulotga asoslangan krem va sivorotkalar epidermisda namlikni saqlaydi. Qora smorodinali niqoblar soch qurishi va sinishida kurashishga yordam beradi. Qora smorodina urug‘iga asoslangan krablar komedon va qora dog‘lar bilan faol kurashadi.
ushbu rezavor ayollarning reproduktiv tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadi, tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi. Gormonal muvozanatni me’yorga keltiradi, hayz oldi sindromni yumshatadi. Antioksidantlar mavjudligi tufayli u qarish jarayonini sekinlashtiradi, organizmni yoshartirishiga yordam beradi.
Smorodina sharbati ham menopauza paytida noqulaylikni kamaytiradi. Gamma-linolenik kislota tufayli ko‘krak sohasidagi og‘riq kamayadi, ayolning hissiy holati me’yorlashadi. Qora smorodina ham parhez, ovqatlanish uchun ideal mahsulot hisoblanadi. U organizmni foydali moddalar bilan to‘yintiradi va yog‘ zaxiralarini parchalaydi.
Manba