Bolaning immunitetini mustahkamlashning siz bilmagan 7 usuli
O'qildi: 457
Agar farzandingizning vitaminlarga allergiyasi bo‘lsa, ular ta’sirida toshmalar toshib ketsa, suv quyish natijasida uzluksiz ravishda tumov bo‘lsa, dengizga borish esa qimmat va uzoq bo‘lsa, unda nima qilish kerak?
Foto: FlickrImmunitetni ko‘tarishning boshqa usullarini sinab ko‘ring: ular ham juda yaxshi natijalar berishi mumkin.
Massaj
Yaxshi massaj stress darajasini pasaytiradi va immunitetning shakllanishida muhim rol o‘ynaydigan “quvonch gormonlari” ishlab chiqilishiga yordam beradi. Mutaxassis chaqirish shart emas: bir nechta oson usullarini o‘rganib oling va kichkintoyni o‘zingizcha xursand qiling.Sokin musiqa
Ohangli musiqalarni har kuni eshitish qondagi A immunoglobulin miqdorini oshiradi. Aynan u bizning kasalliklarga qarshilik ko‘rsatishimiz uchun javob beradi!Har kuni kechqurun bola bilan “musiqali tanaffus” tashkil qiling – aynan klassik musiqalar bo‘lishi shart emas, asosiysi musiqa sokin bo‘lsin.Himolay tuzi
Uning tarkibida immun tizimi uchun zarur bo‘lgan minerallar mavjud. Tuzni ovqatga qo‘shing, vanna va ingalyatsiyalar qiling.Achitilgan sut mahsulotlari
Immunitetimizning 70% i ichaklarda “yashaydi” – millionlab mayda bakteriyalar uning uchun javob beradi. Va ular hammasidan ham tabiiy, yangi achitilgan sut mahsulotlarini yaxshi ko‘rishadi. Bola o‘ziga yoqqanini yesin – yogurt, tvorog, quyuq qatiq.O‘simliklardan tayyorlangan choy
Bola bilan birgalikda haqiqiy salomatlik damlamasini tayyorlang. Uning tarkibida zanjabil, limon, qalampirmunchoq va kashnich donlari – eng kuchli immun kuchaytiruvchilar bo‘lsin. Ichimlikka asal qo‘shing va kun davomida oz-ozdan ichiring.Raqslar
Har qanday musiqa ostida raqsga tushish butun organizmni davolaydi va asab tizimini kasalliklarga qarshi kurashishga “o‘rgatadi”. Bundan tashqari, bu bolaning ham, o‘zingizning ham kayfiyatingizni ko‘tarishning ajoyib usulidir.Yalang oyoqda yurish
Agar bola iliq pol ustida yalang oyoqda yursa ham immuniteti mustahkamlanadi: bunga oyoq kaftidagi biologik nuqtalarni kuchaytirish yordam beradi.Manba: “Detstrana.ru”
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.