Salomatlik Salomatlik Uyingizdagi mikroblar yashirinadigan joylar

Uyingizdagi mikroblar yashirinadigan joylar

O'qildi: 335


Uyingizdagi mikroblar yashirinadigan joylar

Hech kim kasal bo‘lishni yoqtirmaydi. Tumov yoki yo‘tal bo‘lganingizda jamoat joylari tozaligini ayblashdan oldin bu kasallik o‘z uyingizda yuqmaganligiga ishonch hosil qiling. Biz maqolamizda bu mikroblarning qayerda bo‘lishi va ularni qanday zararsizlantirish to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Foto: Shutterstock

Changyutkichni shoshmasdan ishlating

Gilamdagi changlarni yaxshiroq tozalash uchun changyutkichni shoshilmasdan ishlating. Uning xaltasi to‘lgandan so‘ng, tashqariga qoqib tashlang. Xalta bo‘shatilayotganda undan og‘ir kasalliklar qo‘zg‘atuvchi ichak tayoqchalari va salmonellalarning ko‘zga ko‘rinmas katta to‘dasi chiqadi.

Vannadagi havo tortuvchi qurilmani ishlating

Dush qabul qilayotganda vannaxonadagi bug‘ va namlikning devorda mog‘or hosil qilishiga yo‘l qo‘ymaydigan havo tortuvchi qurilmani ishlatishni unutmang. Mog‘or burun bitishi, nafas olishning qiyinlashishi va ko‘z qichishishini keltirib chiqarishi mumkin.

Zaharli tozalovchi vositalardan ehtiyot bo‘ling

Ko‘pchilik tozalovchi vositalar va uy havosini tozalovchilar tarkibi zaharli moddalardan tashkil topgan. Masalan, bu vositalar tarkibida ko‘p uchraydigan ftalatlar teriga salbiy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. Kimyoviy yuvish vositalarining o‘rnini bosadigan tabiiy vositalarni izlab toping.

Oshxonadagi kranni tozalang

Oshxonadagi suv krani ichidagi metall panjara — namlikni yaxshi ko‘ruvchi bakteriyalar uchun haqiqiy dam olish joyi. Ularning idish-tovoqlarga va oziq-ovqatlarga o‘tib olishi qiyin emas. Buning oldini olish uchun hech bo‘lmasa haftada bir marta bu panjarani oqartiruvchi vosita eritmasiga ivitib qo‘ying.

Manba: WorldHealth




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.