Vannaxonadagi o‘yinchoqlar bolalar salomatligi uchun xavfli
Cho‘milish paytida bolalar o‘ynaydigan o‘yinchoq o‘rdakchalar va kemachalarning ichida mog‘or paydo bo‘ladi. Internet foydalanuvchilari bolalar vannada cho‘milish paytida ovunadigan rezina va plastik o‘yinchoqlarning ichida nimalar paydo bo‘lishiga bir necha marta guvoh bo‘lgan.
Foto: “Detstrana.ru”Amerikalik Jek Tepfer o‘z bolalarining cho‘milish vaqtida vannada sevib o‘ynaydigan plastmassadan yasalgan qaroqchi haykalchasini o‘rganib, iliq nam muhit mog‘orning paydo bo‘lishi uchun ajoyib manba bo‘lib hisoblanishini namoyish qildi.
Jek Tepfer o‘yichoqning ustidan bosganida u yerdan juda yoqimsiz hidli qoramtir massa chiqqanini tasvirga tushirgan.
Amerikalik bolalar shifokori Lyuba Konopasek o‘zining Care.com saytidagi intervyusida o‘yinchoqlar ichiga yashirinib olgan mog‘or bolalar sog‘lig‘i uchun qanday xavf tug‘dirishi haqida gapirib berdi.
Shifokorning fikriga ko‘ra, agar bola o‘zining kuchli immuniteti bilan ajralib tursa, u holda uning mog‘or bilan bo‘lgan kontakti natijasida, masalan vannadagi suvni ichishdan kasallanish ehtimoli nulga yaqin.
Lekin, agar bola allergik reaksiyalarga moyil bo‘lsa, yaxshisi vannaxonadagi o‘yinchoqlarni olib qo‘yish, ularni ichida mog‘or paydo bo‘lmaydigan o‘yinchoqlar bilan almashtirish kerak.
Agar har bir cho‘milish – bola uchun va uning ota-onasi asab tizimi uchun sinov bo‘ladigan bo‘lsa, majburiy suv amallarini quvnoq o‘yinga aylantirish kerak.
Manba: “Detstrana.ru”
Manba