Muammo uyingizda: aksirishning 11 sababi
Kuniga 1 yoki 2 marta aksirish tabiiy, ammo qayta va qayta takrorlanishi, shu bilan birga, nafas olishda qiyinchilik kuzatilishi hamda qichinish sizda allergiya borligidan darak berishi, uning qo‘zg‘atuvchisi esa uyingizda bo‘lishi mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Changyutgich
Changyutgichning NERA-fitlrlariga biror nima tiqilib qolganda yoki qopining 4 dan 3 qismi to‘lganda ham ishlataverish changning havoga ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Shu sabab ham filtrni har yarim yilda o‘zgartirish, qop va chang yig‘iladigan konteynerlarni esa to‘lishini kutmaslik kerak.
Yelvizak
Aksirish chang yoki namlik yoki sovuq havo burundagi nervlarga ta’sir qilganda yuz beradi. Shu sabab ham yelvizak bo‘lganda kishida aksirish kuzatilishi mumkin.
Gullar
Guldonga solingan gul kam allergik reaksiya keltirib chiqarishi, buning oqibatida esa aksirishingiz mumkin.
Xushbo‘y sham va havo tozalagichlar
Havo yangilaydigan, xushbo‘y ifor taralishiga sabab bo‘ladigan sprey va shamlar tarkibida aromat moddalar bisyor bo‘ladi. Bunday holatda o‘tkirini tanlamaslik yoki eskisini boshqasiga yangilash tavsiya qilinadi.
Yumshoq bolalar o‘yinchoqlari
Yumshoq o‘yinchoqlarda yashirinadigan kanalar, statistika ma’lumotiga qaraganda, 20 million amerikalikning allergiyadan aziyat chekishiga sababchi bo‘ladi. Shu sabab ham o‘yinchoqlarni oyiga kamida uch marta yuvish va muntazam ravishda changyutgichda tozalab turish kerak.
Quyosh nurlari
Mexanizmi aniq bo‘lmasa ham, havo toza yoki chang ekanidan qat’iy nazar, quyosh nurining aksirtirishi — bu fakt.
Fitnes
Allergiyadan aziyat chekadigan kishilarning aksirishi, qichinishiga jismoniy zo‘riqishlar ham sabab bo‘lishi mumkin.
Mebel qoplamalari
Yuqorida ta’kidlanganidek, kana va burgalar divan yoki kreslolarning orasiga kirib olishi mumkin. Ulardan qutulish uchun muntazam ravishda changyutgich bilan tozalab turish kerak.
Vannadagi gilamcha
Changlardan holi bo‘lishni istasangiz, vannadagi gilamchani haftada bir marta xlorli aralashma bilan yuvib turing.
Konditsioner
Uzoq vaqt ishlatilmagan konditsionerni yoqishdan avval changlardan tozalab turing. Setkasini kamida har 3 oyda tozalash kerak.
Havoni namlantiruvchi va qurituvchi vositalar
Turar joylarning havo namligi 40 foizni tashkil etishi kerak. Namlikning undan ko‘proq yoki kamroq bo‘lishi esa nafas bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Haddan ortiq quruq havo shilliq qavatlarni quritib yuboradi.
Manba