Salomatlik Salomatlik Nima uchun burun bitadi va bunday vaqtda qanday uxlash mumkin?

Nima uchun burun bitadi va bunday vaqtda qanday uxlash mumkin?

O'qildi: 343


Nima uchun burun bitadi va bunday vaqtda qanday uxlash mumkin?

Burun bitishi, nafas olishning qiyinlashishi buning natijasida esa miyaga yaxshi kislorod yetib bormasligiga olib keladi. Kun davomida qiyinchilik keltirib chiqargani yetmagandek, uxlashga ham sezilarli xalaqit berishi mumkin.

Foto: Freepik

Nimaga burun bitib qoladi?

Virus va allergenlar organizmda bir xil reaksiya mahalliy yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi. Shuning hisobiga yumshoq to‘qima va qon tomirlar shishadi, natijada nafas olish butunlay yoki qisman cheklanadi. Har ikki burun teshigining birdaniga bitishi kamdan kam hollarda kuzatiladi. Aksariyat hollarda chap va o‘ng teshikning bitishi har 4—6 soatda o‘zgarib turadi.

Buning sababi nimada?

Hammaga yaxshi ma’lum bo‘lgan sabablar: yuqori nafas yo‘llari infeksiyasi, O‘RVI, gripp va sinusit hamda allergenlar ta’siridan tashqari burunning bitishi haddan ortiq quruq havo, namlikning keskin kamayishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, shishlar paydo bo‘lishiga sigaret tutunlari va boshqa havoni zararlaydigan moddalar, shuningdek, homiladorlik, klimaks bilan bog‘liq gormonal o‘zgarishlar ham sabab bo‘ladi.

Qanday davolash mumkin?

Eng avvalo allergenlarni cheklash kerak. Qolaversa, quyidagi tavsiyalarga amal qilish ham yaxshi samara beradi.

Suv ichishni kanda qilmaslik

Suyuqlik qanchalik ko‘p ichilsa, shilliq qavat shunchalik yaxshi namlanib, burun bitirishi kamayadi.

Osmonga qarab uxlash

Yon bosh bilan yotganda qon ko‘p quyiladi va qon tomirlar kengayib, shish ko‘payadi. Osmonga qarab yotganda shish kamayadi va nafas olish oson bo‘ladi. Tuz eritmali spreylar ham burun bitishi va tumovni kamaytiradi.

Bitgan burun bilan qanday uxlash mumkin?

Kunduzi amallaganingiz bilan kechasi bitgan burun uxlash haqiqiy muammo. Uni butunlay yechim topib bo‘lmagani bilan mavjud simptomlarni kamaytirish mumkin. Uyquga yotishdan avval burunni tuzli eritma bilan yuvish kerak. Imkoni bo‘ladigan bo‘lsa, xonaga namlantiruvchi vosita o‘rnating. Yo bo‘lmasa, suv solingan stakan qo‘yib qo‘ying va burun teshiklarini namlab turing. Shilliq qavat qancha yaxshi namlansa, nafas olish shuncha yaxshi bo‘ladi. Boshingizni baland qilib uxlang. Bu nafas olishning qiyinlashishida yaxshi samara beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.