Salomatlik Bolalar Injiq bolani qanday ovqatlantirish kerak?

Injiq bolani qanday ovqatlantirish kerak?

O'qildi: 333


Injiq bolani qanday ovqatlantirish kerak?

Bola oldiga qo‘yilgan mazali taomni yeyish o‘rniga burnini jiyiradi: bu ko‘pchilik onalarga tanish bo‘lgan muammo.

Bola ovqat yemasa, ota-onalar odatdagidek ikki yo‘lni ishga solishadi: yoki unga ertaklar aytib va multfilmlar qo‘yib berib ovuntirishga harakat qilishadi, yoki – ko‘ndirish(“Bir qoshiqcha dadang uchun, bir qoshiqcha oying uchun”, “Ovqatni yemaguncha shokolad ololmaysan”)qabilida. Lekin bu har doim ham ish beravermaydi. Bola ovqat yeyishdan voz kechsa, nima qilish kerak?

Foto: Depositphotos

Yomon ishtahaning sabablari

Choralar qo‘llashdan oldin taomga bo‘lgan sovuq munosabatning sabablarini o‘rganish kerak.
  • Bolalarda ishtahaning yo‘qolishi yomon kayfiyat yoki oddiy shamollash kasalligining boshlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Organizm infeksiya bilan kurashish uchun kuch yig‘a boshlaydi va shuning uchun o‘z zaxiralarini ovqat hazm qilishga sarflab qo‘ymaslikka harakat qiladi. Bunday holatda bolani ovqat yeyishga majbur qilish nafaqat foydasiz, balki zararli hamdir. Yaxshisi ko‘proq suyuqlik ichgani ma’qul.
  • Ba’zan bola hazm qilish buzilishi tufayli yeyishni xohlamaydi: ich qotish, ko‘ngil aynish yoki qayt qilish, qorindagi og‘riq va boshqa belgilar ishtaha yaxshi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
  • Ba’zi bolalar ular haqiqatan ham och yoki to‘qligini va qanday ovqatni xush ko‘rishlarini hisobga olmasdan yeyishga majburlashgani uchun ovqatlanishdan voz kechishadi.

Xotirjamlikni saqlang

Onalar bolaning ovqatdan voz kechishini haddan tashqari og‘ir oladi va ovqat masalasida stressli holat yaratish bilan o‘zini haddan tashqari faol tutadi. Bu bola uchun kelajakda ruhiy va me’da-ichak yo‘llarining izdan chiqishi yoki anoreksiya kabi fiziologik muammolar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Ko‘pchilik ota-onalar bolaning oziqlantiruvchi moddalarni yetarlicha qabul qilmayotganidan vahimaga tushishadi. Bolaning qancha yeyishi nafaqat uning yoshiga, balki o‘ziga xos xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun xavotirlanmang  va sog‘lom fikrlashga harakat qiling: sog‘lom bola och qolganda albatta ovqat yeydi.

Injiq bolani ovqatlantirishning besh usuli

  1. Bolani ovqat tayyorlash jarayoniga jalb qiling. Balki bola o‘zi tayyorlagan salat yoki bo‘tqadan totib ko‘rishni xohlar.
  2. Eng avvalo – bolani yeyishga majburlash kerak emas. Ko‘ndirishlar ham, qo‘rqitishlar ham, ayniqsa jazolash foyda keltirmaydi – aksincha. Asosiysi ovqatlanish oralarida bolaga yeguliklar bermang va tezda ishtaha paydo bo‘ladi.
  3. Ovqatni qiziqarli qilib suzing. Fantaziyangizni ishga soling va oddiy ovqatni bayramona taomga aylantiring.
  4. O‘yin elementlarini qo‘shing. Likop ustida kartoshkadan qilingan tog‘lar, smetanadan oqayotgan daryolar, qirg‘oqlarida esa tikanli go‘shtli teftellar yasang.
  5. Bolaning fikri bilan qiziqing. Undan bugun qanday ovqat yeyishni xohlayotganini so‘rang va tanlash uchun bir necha variantlar taklif qiling. Mustaqilligini namoyish qilish bolaga yoqadi.
  6. Agar bola qaysidir mahsulotni yoqtirmasa, ovqat suzishda uni boshqa oziq-ovqatlar orasiga yashirishga harakat qiling.
Manba: “Deti.mail.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.